4. Avtomobillarning texnik holatiga bo’lgan texnika xavfsizligi talablari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə1/6
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128702
  1   2   3   4   5   6


4.Avtomobillarning texnik holatiga bo’lgan texnika xavfsizligi talablari
Avtomobillarning texnik holati “Yo’l harakati” qoidalariga, avtomobil transporti harakatidagi tarkibni texnik ekspluatastiyasi qoidalariga va “Avtomobil transporti mehnatni muhofaza qilish qoidalariga” mos kelishi lozim. Bu talablar “Avtomobil transporti to’g’risida”gi qonunda ham ta’kidlab o’tilgan. Ma’lumki, avtomobil transportida baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar asosan xaydovchilar orasida ko’proq uchraydi. Chunki avtomobil nosoz holatda yo’nashilga chiqarilsa yoki xaydovchi yo’l varaqasida belgilangan yo’nalishni o’z manfaati yo’lida o’zgartirsa, yo’l transport xodisalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun texnik holati nosoz avtomobillarni ishlash yo’nalishlariga chiqarish man etiladi.
Avtomobillar amaldagi qoidalar asosida butlangan bo’lishi kerak, ya’ni butlikka soz asbob-uskunalar, domkratlar, klinlar va bashmaklar (g’ildiraklarning old yoki ketiga qo’yiladi), tayanchlar (kozeleklar) kiradi , katta avtobuslarda 2tadan dub daraxtidan tayyorlangan yumaloq tayanchlar zavoddan avtobuslar bilan yuboriladi. Agarda avtomobillar uzoq reyslarga qatnovchi (shaharlararo, davlatlararo) avtomobillarga belkurak, trossli yoki qattiq buksirlar, siypanishga qarshi zanjirlar va metaldan tayyorlangan tayanchlar beriladi-butlanadi. Yonilg’i tashuvchi avtomobillar OP-5 rusumli ikkita o’t o’chirgichlar, kigiz va qumli quti bilan butlanadi (yong’inni oldini olish maqsadida).
Harakat xavfsizligini va texnika xavfsizligini ta’minlashda, avtomobillarning boshqaruv organlariga alohida e’tibor qaratiladi. Bularga rul boshqaruvi, tormoz chiroqlari tizimi kiradi. Rul boshqaruvi avtomobilning har xil sharoitda harakatlanishida ishonchli va engil ravishda avtomobilni boshqaruvini ta’minlashi shart. Shuning uchun katta va yuk avtomobillarida, avtobuslarda va ayrim engil avtomobillarda rul tizimida gidrokuchlangichlar qo’llaniladi. Rul tizimini texnik sozligi rul g’ildiragining salt aylanish burchagi bilan aniqlanadi bu burchak “lyuft” deb ataladi va lyuftomer uskunasi bilan o’lchanadi. Lyuft va g’ildirakni burishga ishlatiladigan qo’l kuchi lyuftomer- dinometr bilan o’lchanadi. Eski avtomobillarda salt aylanish burchagi 25 gradus . GAZ rusumli avtomobillari uchun 10gradusdan oshmasligi lozim. Respublikada chiqayotgan avtomobillarda bu burchak 8 gradusdan ham kam. Bu burchakning lyuftning oshib ketishi, rul tizimidagi sharnirlarni shilinishi-yopilishi yoki rul karteridagi detallarni regulirovkasi buzilgani va yumshoq muftalarning yorilganligi (GAZ 24da) hamda temir sharnirlarning emirilganligi (Tiko, Neksiya va x.k.) asosiy sabablari bo’lishi mumkin. Avtomobillarning boshqaruv g’ildiraklarini (old) burish uchun sarflanadigan kuch, yuk avtomobillari uchun 40N dan oshmasligi lozim. Bu raqamlar gidrokuchlangichlar qo’yilmagan avtomobillarga tegishli gidrokuchlangichlar o’rnatilgan avtomobillarda ancha kam bo’ladi.
Agar g’ildiraklarni burish uchun katta kuch sarflansa xaydovchilarni charchashiga sabab bo’ladi (LAZ rusumli avtobuslar misolida)
Tormoz tizimining avtomobillar harakatlanishidagi o’rnini yaxshi bilasizlar, agar tormoz tizimi nosoz holatda bo’lsa yoki shunday holat yo’lda sodir bo’lsa qanday noxush voqealarga olib kelishi ma’lum. Tormoz tizimini sozligini tormoz yo’li maksimal sekinlashishi va g’ildiraklardagi (baraban, disk va kolodkalarning ishqalanishi) tormoz kuchi orqali aniqlanadi. Amaliyotda asosan tormoz tizimi sozligi tormoz yo’li orqali aniqlanadi. Avtomobilni ravon, qattiq qoplama va qumlik yo’lda 30..40km/s tezlashtirib birdaniga oyoq tormozi pedali bosiladi va tormoz yo’li aniqlanadi. Tormoz yo’li engil avtomobillar uchun 7,2m maksimal sekinlanish 5,8 m/s2, yuk avtomobillar uchun ularning yuk ko’tarish qobiliyatiga qarab 9,5...11m, 4,2...5m/s2. Bu erda yo’l va ballonlar ishqalanish koeffistienti katta o’rni egallaydi. Quruq asfalt yo’lda bu koeffistient 0,6ni tashkil etadi. Qo’l tormozi tashqi ko’rinishi va uning ishlashi orqali tekshiriladi. Tashqi ko’rinishida uning qotirilganligi yoriqlar bo’lmasligi (baraban va disklarda) egilgan joylari va xokazolar tekshiriladi. Ishlashni 160S balandlikda yoki pastlikda 2-3 dastgox tishlari oxirigacha etmasdan avtomobil kamida 5minut davomida qimirlamay turishi shart va uning sozligini 15 km/s tezlik bilan ham tekshirish mumkin. Tormoz tizimini unumdorlik bilan ishlashida g’ildirak disklari, shinalarning holati ham katta o’rin egallaydi. Ayniqsa qish mavsumida, yo’llar muzlaganda shinalarga “hiplar” yaxshi ishlashini ta’minlash uchun o’rnatiladi. Qayta tikilgan shinalarni oldi boshqaruv ’ildiraklarga qo’yish mumkin emas, ayrim shina tiklash zavodlari 1000 km yo’l bosgandan keyin old g’ildiraklarga o’rnatilishi mumkin deb ham tavsiya beradilar. Tormoz tizimini ishonchli va soz holda bo’lishida oldi ko’prikning o’rni katta, chunki rul va tormoz tizimi elementlari qotiriladi. Qishgi mavsumga tayyorlanishda va qish sovuq davrda pnevmotormozli avtomobillarga alohida ahamiyat beriladi, chunki namlik oshgan sari kompressorlarda suv paydo bo’lib butun tizimga naychalar orqali tarqaladi va ressiverlarda to’planib qoladi. Bu esa suvning muzlashi tufayli tormoz tizimini ishlamay qolishiga olib keladi. Shuning uchun tizim spirt bilan (metil spirti-zahar) tozalanadi va har haftada 2-3 marta ressiverlardan chiqarib yuboriladi. Mersedes-Benst O-405 avtobuslarida spirt uchun alohida 3,5 litrli idish-bachok o’rnatilgan. Mersedes-Benst O-345 avtobuslarida esa kompressorlardan chiqqan qisilgan havo alohida o’rnatilgan moslamalar orqali quritilib, tizimga yuboriladi. Avtokorxonalarda shikastlanish ayniqsa engil shikastlanishlar qishki mavsumda ko’proq sodir etiladi. Bularning asosiy sabablari dvigatellarni o’t oldirishda avtomobillardan to’kilgan suvlarning muzlab qolishi, pechkalarning yaxshi ishlamasligi va boshqalardir. Shuning uchun qishki tayyorgarlikni o’z muddatida va puxta o’tkazish lozim. Bunda har bir avtomobil va ob’ektlar uchun qishgi mavsumga tayyorgarlik pasportlar to’ldiriladi. Elektr tizimidagi yoritish va signal berish tizimlariga ham katta e’tibor beriladi. Barcha avtomobilga o’rnatilgan fonarlar kechki-qorong’u va tuman paytlarda yo’llarni ravshan ko’rinishni ta’minlashi kerak. Yorug’lik oqimini fonarlardan tarqalishi shunday soz bo’lishi lozimki, oldindan ro’parada kelayotgan xaydovchi, yo’lovchilarni ko’zni qamashtirmasligi kerak. Afsuski, bu qoidaga rioya etilmayatpi, avtomobillar kontrukstiyasini buzib, geliy gazlari to’ldirilgan o’ta yoriq tarqatadigan kseneon lampochkalarini o’rnatib harakat xavfsizligini ta’minlashda katta muammo keltirib chiqarmoqdalar. Harakat xavfsizligi bo’limlari bunday holatga qarshi chora ko’rishmayaptilar va bojxona xodimlari ham o’z “xissalarini qo’shmoqdalar”. Bunday lampochka va lampalar respublika xududiga kiritilmasligi lozim (ayniqsa avtomobillar uchun)


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə