3 Moyli urug‘larni saqlash


 Moyli xom ashyoni saqlashda ro’y beradigan jarayonlar



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

2. Moyli xom ashyoni saqlashda ro’y beradigan jarayonlar
Moyli xom ashyolar dalalardan yig’ishtirib olingandan so’ng, uning 
tarkibidagi moy moddasi to’liq shakllanishi uchun u ma‘lum muddatda saqlanadi. 
Xom ashyodan moyni shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi. Xom 
ashyoda moyning shakllanishi moyli urug’ning pishib yetilganligiga bog’liq. Agar 
moyli urug’ sifatli pishib yetilgan bo’lsa unda moyning shakllanishi tez bo’ladi. 
Agar moyli urug’ ob -havoning noqulay kelishi (sovuq urishi, namgarchilikni ko’p 
bo’lishi va boshqa) natijasida to’liq pishib yetilmagan bo’lsa, bunday urug’larda 


moyning shakllanishi uchun ma‘lum bir sharoit yaratiladi. Mana shu moyli 
urug’ida moyning shakllanishi vaqtida sharoitning turlicha bo’lishi, moyli urug’da 
turli bo’zilish jarayonlarni ro’y berishga olib keladi. Bu bo’zilish jarayonlari 
quyidagilar: 
Moyli xom ashyo tarkibidagi fermentlarning natijasida ro’y beradigan 
bo’zilish jaryonlar, bunda urug’ tarkibidagi organik moddalar parchalaniladi (nafas 
olish, yog’larning parchalanishi); 
Tashqi muhitdan kirgan tirik mikroorganizmlar (bakteriyalar, mog’or 
zamburug’lar), zararkunanda, xasharotlarning xayot faoliyati natijasida ro’y 
beradigan bo’zilish; 
Kimyoviy reaktsiyalar natijasida ro’y beradigan bo’zilish. Bu bo’zilish 
jarayoni birinchi va ikkinchi bandlarda ko’rsatilgan bo’zilish jaraenlarining jadal 
ketishi natijasida urug’da o’z-o’zidan qizishi natijasida haroratni ko’tarilishi 
sababli ro’y beradigan bo’zilish. 
Moyli urug’larni xususiyatlari va ularning saqlash sharoitiga qarab uchala 
bo’zilish jarayoni bir vaqtda va alohida–alohida ro’y berishi mumkin. 
2.1.Namlikning ta‘siri.
Moyli xom ashyodan moy shakllanib bo’lganidan 
so’ng u quruq bo’lsa, unda tinim davri boshlanadi, yetarli shart-sharoit bo’lganda 
tinim hujayralarda erkin suv hosil bo’lib, unda nafas olishi jadallashgan vaqtdagi 
urug’ning namligiga aytiladi. Bu namlik kungaboqar urug’ida 9 % , paxta chigitida 
12, 0 % , soya urug’ida 12, 5 % ni tashkil etadi.
Kritik namlikni miqdori urug’ni kimeviy tarkibida bog’liq. Urug’ tarkibida 
moy miqdori qancha ko’p bo’lsa, urug’ shuncha kam suvni o’ziga saqlaydi va 
uning kritik namlikning shuncha kichik bo’ladi. 
Kritik namlik bilan urug’ning moyligi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi 
tenglamadan aniqlanadi: V = 14,5 ( 100 – M ) g’ 100,
Bu yerda V – urug’ning kritik namligi , %;
M – urug’ning namligi 0 ga teng bo’lgandagi moyligi, %. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə