3 Moyli urug‘larni saqlash



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

 
2. Saqlash usullari
Hozirgi vaqtda sanoatda moyli urug’larni saqlashning quyidagi beshta usuli 
mavjud: 
1.quritilgan holda saqlash; 
2.urug’lar orasidagi bo’shlikdagi havoni almashtirib saqlash (aktiv 
shamolatish usuli). 
3.sovutilgan holda saqlash (urug’ va uning atrofidagi havoning harorati + 10 
gradusgacha pasaytiriladi);
4.havosiz joyda saqlash; 
5.kimyoviy moddalar bilan ishlov berib saqlash (konservalatsiyalash). 
Urug’ning quritilgan holda saqlash usuli, past namlikda bo’lgan urug’da 
fiziologik jarayonlar sekin ketishiga asoslangan bo’lib, bunday erkin suv 
bo’lmaganligi uchun modda almashinish jarayoni ketmaydi. Erkin suvning 
bo’lmasligi bu muhitda mikroorganizmlar va xasharotlarning rivojlanishiga 
noqulaylik tug’diradi. Saqlashda optimal namlik kritik namlik qilib olinadi, bundan 
yuqori namlikda nafas olish tezlashib urug’ida fiziologik jarayonlar tezlashadi. Bu 
usulda saqlashdan oldin urug’ massasi turli konstruktsiyadagi quritish 
qurilmalarida quritiladi, bunda urug’ tarkibidagi mikroorganizmlar va xasharotlar 
faoliyatiga ham chek quyiladi. Quritish vaqtida urug’ning tovarlik va texnologik 
xususiyatlari yaxshilanadi. 
Uzoq muddatda maksimal balandlikga uyum holda saqlanadigan moyli xom 
ashyolarning namligi quyidagidan oshmasligi kerak: kungaboqar urug’ida 6-7%, 
paxta chigiti 6-8% va soyada 12%. 


Aktiv shamollatish
- urug’ uyumi orasidan havo oqimni o’tkazish. Urug’ 
massasini aktiv shamollatish uning g’ovakligiga asoslangan bo’lib, urug’ 
massasiga havo yuborish bilan saqlashga chidamliligi oshiriladi. Urug’ massasiga 
havo ventilyatorlarga ulangan kanallar yoki naylar orqali yuboriladi. Aktiv 
shamollatish yordamida xul va nam urug’ni saqlash, urug’ni quritish va sovutish 
imkoniyati bor. Aktiv shamollatish yordamida urug’ning pishib yetilishini 
tezlashtirish va begona hidlarni yuqotish mumkin 
Yog’-moy zavodlarida aktiv shamollatish urug’larini omborlari poliga 
o’rnatilgan statsionar qurilmalar, polga o’rnatilgan kuchma qurilmalar yerdamida 
amalga oshiriladi. 
Aktiv shamollatishda havoni tug’ri yuborish, urug’ massasi holati va 
yuborilayotgan havo oqim xususiyatlari hisobga olinsa bu usulda yaxshi natijalar 
olish mumkin.Bu usul urug’ni uzoq muddatda saqlash usuli bo’lmasada,bu 
quyidagi maqsadlar uchun qulaniladi: 
-sovuq havo oqim yuborib urug’ massasining haroratini pasaytirish uchun; 
-turli haroratdagi quruq havo oqimini yuborib urug’ning namligini 
pasaytirish; 
-urug’lar orasidagi havoni yangilab uning nafas olishi va yetilishi uchun 
sharoit yaratish. 
Urug’ massasini aktiv shamollatishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: 
havo oqim o’tkazilayotgan urug’ massasi bir xil qalinlikda bo’lishi va havo 
utmaydigan qismlar hosil bo’lmasligi kerak; 
quyilgan maqsadga erishish uchun havo oqimi tez aylanishi kerak; 
yuborilayotgan havo oqim holatini urug’ning sorbtsiyalanish xususiyalarini 
hisobga olgan holda tanlash kerak; 
urug’ harorati va havo oqimning haroratini hisobga olish kerak. 
Odatda urug’ massasining namligi uning kritik namligidan katta bo’lsa, 
atmosfera havosi bilan aktiv shamollatish o’tkaziladi,bunda havo harorati urug’ 
xarotidn 4-5
0
C va undan ko’proq miqdorda past bo’lganida aktiv shamollatish 
o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yomg’irli va tumanli havoda bu farq 8
0
C dan 
kam bo’lmasligi lozim. Havo sovuq vaqtlarida urug’ massasini haroratini 
pasaytirish uchun ham havo atmosferasi bilan aktiv shamollatish o’tkaziladi. 
Shamolatishni urug’ harorati havo haroratiga tenglashguncha davom etirish zarur. 
Agar bu holatlarga e‘tibor berilmasa,urug’ning o’z-o’zidan qizishi, namlanishi va 
fiziologik jarayonlar tezlashishi mumkin. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə