3 Moyli urug‘larni saqlash


Moyli urug’larni sovutilgan



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

Moyli urug’larni sovutilgan
holda saqlash urug’ massasi tarkibidagi barcha 
tirik organizmlarni past haroratni sezuvchanligiga asoslangan. Past harorati 
(+10
0
C) urug’ning, mikroorganizmlarning va xasharotlarning xayot faoliyati 
keskin pasayadi. Bu usulni namligi yuqori bo’lgan urug’larni quritguncha yoki 
qayta ishlashga uzatguncha saqlashda qo’llash mumkin. 
Sovutib saqlangan moyli urug’ sovutishni tuxtatgandan keyin saqlashga 
chidamsiz bo’ladi,u mog’orlashi, chirishi va o’z-o’zidan qizishi mumkin. Shu 
sababdan ham sovutish tuxtatilishi bilan bu urug’ni qayta ishlash yoki quritish 
zarur. Saqlanayotgan urug’ massasi quyidagi yullar bilan sovitiladi: 
ventilatsiyalash orqali; 


tashishda, aralashtirishda ventilyator yordamida sovuq havo oqim yuborish 
bilan. 
Sovutilgan urug’ massasini germetik yopiq omborlarda siloslarda va usti 
yopiq maydonlarda saqlash kerak. 
Urug’ massasi havosiz joyda saqlash usuli hamma tirik organizmlarni 
kislorodga bo’lgan extiyojga asoslangan. Bunda urug’da fiziologik aktivlik 
susayadi, nafas olish anaerob shaklida utadi. Urug’ tarkibidagi mikrooganizmlar va 
xasharotlarning xayot faoliyati tuxtaydi.Bunday usulda saqlangan urug’ o’zinig 
ozuq-ovqatlik, ozuqalik va texnologik xususiyatlarni saqlab qoladi. Bunday usulda 
saqlash uchun germetik omborlar zarur. 
Saqlash omborida kislorodsiz muhit quyidagi usullar orqali hosil qilinadi. 
Urug’ massasida CO
2
gazini tabiiy to’planishi orqali, CO
2
va boshqa va inert 
gazlarni yuborish orqali. 
Kimyoviy moddalar bilan ishlov berib saqlash usuli – urug’lar orasidagi 
bo’shliqlarda mikroorganizmlar va xasharotlar uchun zaharli ta‘sir etadigan 
moddalar (xlorpikrin va boshqa kislorodni yutuvchi kimyoviy moddalarni) 
yuborish orqali amalga oshiriladi. Konservantlar sifatda suyuq, bug’ va gaz holdagi 
moddalar: xlorpikrin, dixloretan, oltingugurt angidridi va metilbrom ishlatiladi. 
Quyidagi sabablarga ko’ra zaharli ta‘sir etuvchi ba‘zi moddalarni qo’llash 
chegaralangan: 
-inson va xayvon organizmlarga zaharli ta‘sir etishi; 
-urug’ning sifatiga teskari ta‘sir etib, o’ziga xos hid, maza hosil bo’lishi; 
-konservantlarni urug’dan tulaligicha ajratib bo’lmaslik va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda moyli urug’lar massasini havo o’tkazmaydigan maxsus 
qoplovchi moddalar bilan qoplash ustida ilmiy izlanishlar olib borilmokda. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə