3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi


Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o’rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri



Yüklə 378,66 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü378,66 Kb.
#139522
1   2   3   4   5
3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi

Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o’rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiya darslarida milliy qadiyatlar asoida tarbiyalash ular kamolotida muhim o’rin tutadi.
Bolalar yoshligidanoq ko’chada, uyga mehmon kelganda yoki mehmonga borganda kattalarga salom berishga o’rgatiladi. Bu o’gitlar bolalar ongiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham singdirib boriladi va shu bilan birgalikda boshlang’ich sinflarda ham davom ettiriladi. 1-sinf “Tarbiya” darsligida berilgan “Salomlashish odobi” mavzusini o’rganish jarayonida esa bu an’ana o’ziga xos tarzda davom ettiriladi[1]. Bu mavzuni o’rganish jarayonida “Salomlashish insonlar orasida mehr-oqibat va do’stlik tuyg’ularini paydo qiladi. Chunki salom berish orqali insonlar bir-birlariga salomatlik va tinchlik tilaydilar” kabi ma’lumotlar bilan salomlashishning mazmun-mohiyati anglatiladi va uning qoidalari tushuntiriladi(1-rasm):

1-rasm. Salomlashish qoidalari
Millatimizga xos bo’lgan odatlardan yana biri yoshi ulug’ qariyalarimizga hurmat bilan munosabatda bo’lish hisoblanadi. Boshlang’ich sinf tarbiya darslari orqali o’quvchilar bevosita matnlar, hikmatli so’zlar, faollashtiruvchi savollar prqali shunday odatlarga o’rgatib boriladi. Masalan, 2-sinf tarbiya darslarida o’rganiladigan “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusi orqali o’quvchilar nafaqat yoshi ulug’ bobo va buvilarini hurmat qilishga, balki quyidagi faollashtiruvchi savollar orqali o’zlarining oilasida rioya qilinadigan urf-odatlar haqida soz’lab berishga ham undaladi:

  1. Oila a’zolariga qanday munosabatda bo’lish kerak?

  2. Kimga qanday murojaat qilinadi?

  3. Sizning oilangizda qanday odat va an’analarga amal qilinadi?

  4. Ukalaringizga qaysi odatingiz bilan ibrat bo’la olasiz?

  5. Oila a’zolaringizga qanday minnatdorchilik bildirasiz?

Shuningdek, Hamidulla Yoqubovning “Buvim bilan men” she’ri orqali oiladagi kattalarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularning duolarini olish uqtiriladi.
Buvijonim kelsalar,
Bir ish, bir gap aytsalar,
Bajaraman chopgancha
Olqish olaman ancha.
Men ham uyda, so’zim chin,
Kattalarga yordamchi,
Suv quyaman gulimga,
O’t beraman echkimga.
Eshik ochsam, supursam,
Ashula aytsam, kulsam,
Buvim derlar bo’lib shod,
“Rahmat, qizim, kamol top!”[2]
Xalqimizda halollik, rosto’ylik odatlari ham nihoyatda qadrlanadi va bu odatlar bolalarga yoshlikdanoq targ’ib qilinadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tarbiya darslarida o’tiladigan “Yaxshi va yomon odatlar”, “Yolg’onning umri qisqa”, “Birovning haqi”, “Rostgo’ylik”, “Halollik – muvaffaqiyat kaliti” kabi mavzular orqali ushbu odatlar tarkib toptiriladi.
Quyida 4-sinf “Tarbiya” darsligida “Halollik – muvaffaqiyat kaliti” mavzusida berilgan hikoya bilan tanishamiz.
Bir kuni novvoy qishloq oqsoqolining oldiga borib, do’konchining ustidan shikoyat qilibdi. “Men undan non uchun har kuni 1 kg saryog’ sotib olaman. Bugun olgan saryog’ni tarozida tortsam, qadoqda 800 gramm saryog’ bor ekan. U har gal 200 gramm saryog’ urib qolsa, mening nonim mazali chiqmaydi, xonavayron bo’laman. Sizning oldingizga adolat istab keldim””. – debdi novvoy oqsoqolga.
Ko’p o’tmasdan do’konchini olib keldilar. O’ziga qo’yilgan ayblovni eshitgan do’konchi avvaliga jahli chiqib ketdi. Bir fursat o’tib, xotirjamlik bilan gap boshladi:
“Oqsoqol, bugun odatimga ko’ra ertalabdan novvoydan non olib, so’ng do’konga borgan edim. Saryog’ o’lchayotganimda tarozining toshini topa olmadim. Shuning uchun pallasiga novvoydan olgan issiq nonning ikkitasini qo’ygan edim. Chunki novvoy nonni menga sotayotganda, uning 500 gramm ekanini aytgan edi”.
Oqsoqol biroz o’yga cho’mgach, novvoyning do’konidagi issiq nondan bir nechta keltirishlarini so’radi. Keltirilgan nonlarni o’lchab ko’rishsa, ularning barchasi me’yoridan ancha yengil chiqibdi.
Tegishli jazoni olgan novvoy qishloqdoshlari qarshisida uyatdan mulzam bo’libdi[4].
Ushbu mavzuni tushuntirish jarayonida o’quvchilar hikoyani o’qib, mazmuni bilan tanishib bo’lishgach o’qituvchi ulardan hikoyadan qanday xulosa chiqarganlarini so’rashi maqsadga muvofiqdir. Hikoyadan ta’sirlangan o’quvchilar birovning haqiga xiyonat qilishning yomon odat ekanligi, halol insonning har qanday vaziyatda yuzi yorug bo’lishga doir xulosalarini o’z tillaridan so’zlab beradilar va bu orqali qalblarida halol inson bo’lish hissi shakllantiriladi. Zero, halollik, tantilik, mehr-oqibatlilik, kechirimlilik, ro’stgo’ylik kabi odatlar bizning xalqimizga xos xususiyatlar hisoblanadi.
Mazkur odatlar xalqimizning milliy tabiatiga mos ekanligini xorijlik mutafakkirlar ham e’tirof etadi. Misol uchun, buyuk qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Qiyomat” asarida “o’zbeklarning odatlari turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o’tagan”, - deb yozadi. Ma’lumki, insoniyatning madaniylashuvi hozirgi Osiyoda mavjud bo’lgan Bobil nomli davlatdan boshlangan. Ya’ni insoniyat vahshiylik tuzumidan insoniylik tuzumiga o’tgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari xalqimizga xos bo’lgan quyidagi madaniy turmush-tarz an’analari bilan tanishtirilishi kerak:
- hamisha pok yurish, pok kiyinish va pokizalikka rioya qilish;
- muhtojlarga moddiy va ma’naviy yordam berish;
- o’ziga ravo ko’rganni o’zgalarga ham ravo ko’rish;
- oziq-ovqatlarni birovlar bilan baham ko’rish;
- odamlarga yaxshi va yomon kunlarida bir xil munosabatda bo’lish;
- oilani muqaddas bilish.
Bu an’analar o’quvchilar ongini nafaqat ijtimoiylashtiradi, balki ularda milliy ruhning tarkib topishida muhim o’rin tutadi.

Yüklə 378,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə