3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi



Yüklə 378,66 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü378,66 Kb.
#139522
1   2   3   4   5
3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi

Urf-odat - kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi, hatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq –atvor qoidalari ko’nikmalari, urf-odat va marosimlar yig’indisidan iborat.
Masalan kichiklarning kattalarga salom berishi. Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakllantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan shaxsning ma’naviy madaniyatidir. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo’shmagan inson ma’naviy qashshoqdir. Ma’naviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib borishi barchamizga birdek ayon.
Milliy tuyg’u - shaxslararo munosabat jarayonida, yuksak ma’naviy ichki tug’yonlarda, ijodiy g’oyalar tug’ilishida, shuningdek, milliy zavq kabi ichki kechinmalarda aks etadi.
Milliy meros - o’tmishdagi ajdodlarimizdan avloddan-avlodga o’tib kelayotgan intelektual sohadagi aqliy faoliyat natijalari, donishmandlarimiz ijodi namunalari, allomalarimizning adolatli jamiyat va komil inson tarbiyasi haqidagi ta’limotlaridir. Ta’lim-tarbiya jarayonida vatanimiz tarixi, madaniyati, ilm-fan arboblari, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar to’g’risidagi bilim berish o’quvchilarda boshlang’ich sinfdaligidanoq g’urur va iftixor tuyg’usini vujudga keltiradi. O’zbekistonnning fan va texnikasi, unumdor yeri, tuprog’i, saxiy va mehnatsevar xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq bozoridagi paxtasi, ipagi, qorako’l, oltini salmog’i ochib berilishi o’quvchilarda milliy ongini o’stiradi, milliy o’z -o’zini anglashni tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jihati hisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida, ushbu xususiyatlarni aynan boshlang’ich sinf tarbiya darslarida o’quvchilari ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalari bilan boyitish, qadriyatlarning oqilona tadbirlariga e’tiborini qaratish maqsadga muvofiqdir.
Ma’naviy madaniyat manbalarini o’rganish, ularda olg’a surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga sig’dirish bugun nafaqat ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning, balki har bir jamiyat a’zosining vijdon oldidagi, Vatan oldidagi, oilasi oldidagi burchidir. Ma’naviy merosimizni asrash va uni kelajak avloda yetkazish uchun bugun quyidagilarga amal qilishimiz lozim deb hisoblaymiz:

  • mustaqil davlatimiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqaroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash;

  • o’zbek xalqi tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan madaniy boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko’rish;

  • qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san’atni bilish hamda rivojlantirish;

  • o’zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish;

  • hurfikrlilik, vijdon va din erkinligi (tolerantlik)ni qaror toptirish;

  • ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish;

  • oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash;

  • ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish.

Umumiy o’rta ta’lim oldiga qo’yilgan muhim maqsadlardan biri – umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida qat’iy belgilab qo’yilganidek, ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan bir. Har bir taraqqiy etgan, madaniyatli xalqning o’z tili, urf- odati, adabiyoti, asori-atiqalari, an’anaviy moddiy va ma’naviy boyliklari bo’ladi. O’zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy xalqlardan biri sifatida mana shunday merosga egadir. Biz o’sha qadimiy madaniyatni, urf-odatni bilishimiz, saqlashimiz va keyingi avlodlarga ham yetkazishimiz insoniy burchimizdir. Shuni unutmaslik kerakki, ming-ming yillar davomida shakllangan urf- odat, marosim, adabiyot, san’at biz bilan qadimdan yonma-yon hayot kechirib kelayotgan qardosh qozoq, qirg’iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining bevosita ishtiroki, hamrohligida yaratilgan, taraqqiy topgan. Hatto jahonning ko’plab boshqa xalqlari vakillarining ham bu qadimiy madaniyat-ning shakllanishida muayyan hissalari bor. Har bir xalq ana shu urf-odat, an’analar, qadriyatlarining o’tmishga chuqur tomir otib ketgan o’q ildizlari bilan jahon madaniyatida o’ziga xos o’rin tutadi. Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o’rganish esa kelajak avlodning ongida va qalbida ana shu urf-odat va an’analarga hurmat uyg’onadi, ularni e’zozlashga o’rganadi hamda shu orqali qalbi ezgu tuyg’ularga boy barkamol shaxs tarbiyalanadi.

Yüklə 378,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə