3-mavzu: Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy mohiyati


-bosqich. Tajriba-konstruktorlik ishlari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#136415
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

3-bosqich. Tajriba-konstruktorlik ishlari – muayyan mahsulotning ishchi na’munalarini yaratish uchun amaliy tadqiqotlar natijalarini qo‘llash. Ilmiy tadqiqotlarning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
4-bosqich. Joriy qilish – mahsulotning sinov partiyasini ishlab chiqish va bozorga chiqarish yoki undan sanoat maqsadlarida foydalanishni boshlash. Keyin, agar sinov partiya muvaffaqiyatga erishsa, mahsulotni katta partiyada ishlab chiqarish boshlanadi.
5-bosqich. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi – ishlab chiqarishni kengaytirish, masshtab samarasi hisobiga harajatlarni kamaytirish.
6-bosqich. O‘sishning sekinlashishi – o‘sish sur’atining pasayishi, raqobatbardoshlikni saqlash, yangi bozorlarni izlash uchun harajatlarning ortishi.
7-bosqich. Sotish hajmining kamayishi – bozorning mahsulot bilan to‘ydirilishisotish hajmi va foydaning kamayishi.
Mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni boshqarish boshqaruvning strategiyasi va taktikasini o‘z ichiga oladi.
Strategiya qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mablag‘lardan foydalanishning umumiy yo‘nalishi va usulini aniqlaydi.
Taktika – bu raqobat sharoitida qo‘yilgan maqsadga erishishning aniq usul va yo‘llari hisoblanadi.
Innovatsiyalarni boshqarishning vazifasi eng optimal qororni va muayyan xo‘jalik vaziyatida ushbu qarorning bajarilishi uchun eng maqbul bo‘lgan usullarni tanlash san’ati hisoblanadi.
Boshqaruv sub’ekti boshqaruv ob’ektining maqsadli faoliyatini amalga oshiruvchi kishi yoki kishilar guruhi hisoblanadi.
Boshqaruv ob’ekti innovatsiyalar, innovatsion jarayon va innovatsiyalar bozori qatnashchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyalarni boshqarish funksiyalarining ikki tipi ajratiladi:
boshqaruv sub’yekti funksiyalari;
boshqaruv ob’yekti funksiyalari.
Mehmonxona xo‘jaligida boshqaruv sub’yekti funksiyalari:
Bashoratlash funksiyasi boshqaruv ob’yekti va uning turli qisimlarining texnik-texnologik hamda iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlarni uzoq istiqbolga ishlanmasini qamrab oladi.
Rejalashtirish funksiyasi innovatsion jarayonda rejaviy vazifalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yiyaa tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi.
Tashkillashtirish funksiyasi qandaydir qoida va tartib asosida innovatsion dasturni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birikishida o‘z ifodasini topadi.
Tartibga solish funksiyasi texnik-texnologik va iqtisodiy tizimlar belgilangan o‘lchovlardan chetlashsa, ularning barqarorligiga erishish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir qilishdan iboratdir.
Muvofiqlashtirish funksiyasi boshqaruv tizimi barcha bo‘g‘inlari, boshqaruv apparati va alohida mutaxasislarning ishlarini muvofiqlashtirishni anglatadi.
Innovatsiyalarni boshqarishda rag‘batlantirish funksiyasi ishchilarning innovatsiyalarni yaratish va joriy etish bo‘yicha o‘z ishlari natijalaridan manfaatdorligini uyg‘otishda ifodalanadi.
Nazorat funksiyasi innovatsion jarayonni tashkil qilish, innovatsiyalarni yaratish va tadbiq qilish rejasini tekshirishdan iboratdir.
Boshqaruv ob’yekti funksiyalari:
tahlikali kapital qo‘yilmalari;
innovatsion jarayonni tashkil qilish;
innovatsiyani bozorda siljitish va uning diffuziyasini tashkil qilish.
Tahlikali kapital qo‘yilmalari funksiyasi innovatsiyalar bozorida investitsiyalarning venchurli moliyalashtirishni tashkil qilishda o‘z aksini topadi. Yangi mahsulot yoki yangi operatsiyaga kapital qo‘yish hamisha noaniqlik, katta xatar bilan bog‘liq. Shu sababdan u odatda innovatsion venchur fondlarini tuzish orqali amalga oshiriladi. Innovatsion jarayonni tashkil qilish funksiyasining tarkibi innovatsiyalarni yaratish, tadbiq etish va tarqatish bo‘yicha innovatsion faoliyatni ratsional tashkil qilish hisoblanadi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə