3-mavzu: Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy mohiyati


Innovasion jarayon sxemasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#136415
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

Innovasion jarayon sxemasi
Gʻoyaning moddiylashuvi uning mahsulot, ya’ni mulk, yangi mahsulot, mulkiy huquq to‘g‘risidagi hujjat (nou-xau, texnologiyadan foydalanish huquqi lisenziyasi) hamda texnologik jarayon bo‘yicha hujjat shaklini olishidir. Inisiasiya innovasion jarayonning shunchaki boshlang‘ich nuqtasi bo‘lmay, balki innovasion jarayonning istiqbolda me’yorda va bir maromda amalga oshishining asosi hamdir.
Innovasiyalar diffuziyasi (lot. Diffusio-tarqalish) ilgari o‘zlashtirilgan innovasiyaning yangi regionlar, yangi bozorlarda hamda yangi moliyaviy-iqtisodiy sharoitda tarqatilishini ifoda etadi. Diffuziya innovasiya hamda uning sotuvini qo‘llab-quvvatlash xususiyatlarining o‘zgarishiga (banklar tomonidan foiz stavkalari, depozit qo‘yilmalar muddatlari o‘zgarishi va b.), yangi sotuv bozorlarini egallash kabilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Innovasion jarayon bu - ilmiy bilimning innovasiyaga aylanish jarayonidir.
Innovasion jarayonning asosi bo‘lib, Yangi Texnika va Texnologiyani Yaratish va O’zlashtirish Jarayoni (YaTTYaO’J) hisoblanadi.
Texnika bu insonning yangi bilim va ko‘nikmalari moddiylashgan ishlab chiqarish omillari to‘plamidir
Texnologiya deganda texnikani yaratish, amalda tadbiq etish hamda tabiiy moddalarni sanoat va maishiy mahsulotlarga aylantirishning usul va priyomlari majmuini tushunish mumkin.
YaTTYaO’J yangi ilmiy bilimlar olish va eng zaruriy qonuniyatlarni aniqlashga yo‘naltirilgan Fundamental Tadqiqotlardan (FT) boshlanadi.
Fundamental Tadqiqotlar FT maqsadi turli holatlar o‘rtasidagi yangi bog‘liqliklarni aniqlash, aniq foydalanish masalasini nazarda tutmagan tarzda tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Fundamental Tadqiqotlar FT nazariy va izlanish tadqiqotlariga bo‘linadi.
Nazariy tadqiqotlar natijalari ilmiy kashfiyotlar, yangi tushuncha va farazlarni isbotlash, yangi nazariyalar yaratishda namoyon bo‘ladi. Izlanish tadqiqotlariga vazifasi mahsulot va texnologiyalarni yaratish yangi tamoyillarini aniqlash, materiallar va ular birikmalarining ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlari, tahlil va sintez metodlarini ochish hisoblangan tadqiqotlar kiradi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə