3-mavzu: Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy mohiyati


YaTTYaO’Jning ikkinchi bosqichi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#136415
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

YaTTYaO’Jning ikkinchi bosqichi bo‘lib, Amaliy Tadqiqotlar (AT) hisoblanadi. Ular oldingi bosqichda aniqlangan holat va jarayonlarning amaliy ishlatilish yo‘llarini tadqiq etishga yo‘naltirilgandir. Amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqot ishi o‘z oldiga maqsad qilib texnik muammoni hal etish, mavhum nazariy masalalarga aniqlik kiritish, kelgusida tajriba konstruktorlik ishlarida ilmiy texnik asos sifatida ishlatiladigan muayyan ilmiy natijalarga erishishni qo‘yadi.
Tajriba Konstruktorlik Ishlari (TKI) deganda AT natijalarini yangi texnika, material, texnologiya namunalarini yaratish yoki modernizasiya, takomillashtirishda qo‘llash tushuniladi. TKI—ilmiy tadqiqotlarning yakunlovchi bosqichi, bu laboratoriya sharoitlari va tajribaviy ishlab chiqarishdan sanoat ishlab chiqarishiga o‘ziga xos o‘tish hisoblanadi.
TKI ga quyidagilar kiradi:
Muhandislik ob’yekti yoxud texnik tizimning aniq konstruksiyasini ishlab chiqish (konstruktorlik ishlari);
Yangi ob’yekt g‘oyalari va variantlarini ishlab chiqish;
Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ya’ni fizik, kimyoviy, texnologik va boshqa jarayonlarning mehnat jarayonlari bilan birlashtirish usullarini ishlab chiqish (texnologik ishlar).
Fan sohasining yakunlovchi bosqichi bo‘lib, yangi mahsulotlarni sanoatda ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish hisoblanadi va u ilmiy hamda ishlab chiqarish o‘zlashtirishini qamrab oladi: yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotda tajribalar o‘tkazish va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash.
O‘zlashtirish bosqichida fanning tajribaviy asoslarida tajriba-sinov ishlari olib boriladi. Bundan maqsad yangi mahsulot va texnologik jarayonlarning tajriba namunalarini tayyorlash va ishlov berish hisoblanadi. Tajriba ishlari maxsus uskuna, apparatura, qurilma va maketlarni ilmiy tadqiqot va ishlanmalar o‘tkazish uchun tayyorlash, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari tajriba ishlab chiqarishlar ITTKIlarga bog‘liq bo‘lmagan turli ish va xizmatlarni amalga oshiradi hamda kichik seriyali mahsulotlar ishlab chiqaradi
Innovasiyalarni ishlab chiqarish bosqichidan so‘ng ularni iste’molchi tomonidan ishlatilishi va shu barobarida shuning barobarida ularga xizmat ko‘rsatish va mahsulotning uzluksiz va tejamkor ishlashini ta’minlash ishlari olib boriladi. Innovasiyalarni ishlab chiqarish bosqichidan so‘ng ularni iste’molchi tomonidan ishlatilishi va shu barobarida shuning barobarida ularga xizmat ko‘rsatish va mahsulotning uzluksiz va tejamkor ishlashini ta’minlash ishlari olib boriladi.
Ishlatilish bosqichida bir vaqtning o‘zida 2 jarayon amalga oshadi:1) ilmiy texnik yutuqlar asosida ishlab chiqarilgan moddiy va madaniy ne’matlarni ishlatish hamda 2) o‘zida yangi mahsulot normativ xizmat davrida ish layoqatini saqlab turishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tashkiliy va texnik tadbirlarni qamrab oluvchi servis xizmati ko‘rsatish.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə