3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mavzu 4

Rastr ma’lumot tiniqligi. 
Rastr ma’lumotdagi katakchalar (
cell
) berilgan 
rastr ma’lumot modelining tiniqligini koʻrsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga 
koʻra, tiniqlik 10 metrga teng boʻlsa, u holda katakcha yuzasini 100 m
2
(10mx10m) deb qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi 
ma’lumot berilsa, unda har bir katakcha joydagi 900 m
2
joyni tasvirlagan boʻladi. 
Shuning uchun katakcha birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi 
yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni 10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli 
tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji 
boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan ma’lumot bizga joy haqida yanada 
aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega 
boʻlgan piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
61 
Agar siz kichik masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq koʻrinadi ( 3.3-rasm) 
va uni kattalashtirib borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni 
koʻrish mumkin (3.4-rasm). 
3.3-rasm.
Tiniqligi boʻyicha yuqoridan olingan kosmik tasvir
(Manba: Internet)
3.4-rasm.
Kosmik tasvir yaqinlashtirilganda koʻrinadigan kvadratlar
(Manba: Internet)
Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, har bir katakcha oʻzida 
ma’lum bir oʻlchamni va oʻz navbatida, ma’lumotni saqlaydi. Bu esa kompyuter 
xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda 
tiniqlik tuchunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishdan maqsad – faqat tiniqligi yuqori 
boʻlgan tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi 
masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi tahliliy ishlarni olib 
borishda bizga tiniqligi pastroq boʻlgan ma’lumotlar zarur boʻladi. Masalan, 
Google Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori boʻlgan ma’lumot turiga 
kiritishimiz mumkin, chunki bunda tiniqlik oʻlchami 1 metrgacha borishi 
mumkin. Bu esa 1 m
2
joyni koʻrishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə