Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
74
koʻrinishdagi skanerlash va vektorlash ishlarini talab
qiladigan kartalarni misol
qilib keltirishimiz mumkin. Demak, asosiy (birlamchi) geografik ma’lumotlar
manbayi GATda ishlatish uchun bevosita oʻlchovlar orqali olinadi. Yordamchi
(ikkilamchi) manbalar oldingi izlanishlar orqali
qayta ishlangan yoki boshqa
tizimlardan olinadi.
Har ikki ma’lumot ham raqamli, ham analog formatda boʻlishi mumkin.
Analog ma’lumot har doim geografik ma’lumotlar bazasiga
kiritilishidan oldin
raqamli koʻrinishga keltirilishi lozim. Bunday jarayonni qogʻoz karta yoki
fotosuratni skanerlash hamda suratdagi belgilangan
joyni vektorlash orqali
amalga oshirish mumkin. GATga kiritilishidan oldin raqamli ma’lumotning
format kattaligi va tavsiflariga qarab qoʻshimcha qayta formatlash va qayta
tizimga keltirish kabi ishlar bajarilishi kerak boʻlishi mumkin. Bu boʻlimda
ma’lumot toʻplash va ma’lumot uzatish kabi atamalarga duch kelamiz. Ularning
bir-biridan
farqi shundan iboratki, ma’lumot toʻplash deganda toʻgʻridan toʻgʻri
ma’lumotni oʻsha ma’lumot toʻplayotgan qurilmaga kiritish nazarda tutilsa,
ma’lumot uzatishda esa oʻsha ma’lumotlarni tarmoqli ulanishlar (Internet, WAN,
LAN), CD ROM disklar, fleshka va disketlar orqali kiritish nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: