1 №18 Amaliyot ishi



Yüklə 299,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.05.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#108521
  1   2
№ 18 Amaliyot ishi - Auto CAD va Solid Works dasturlari yordamida yuk vagonlarni kuzovini modellashtrish




№ 18 Amaliyot ishi
Auto CAD va Solid Works dasturlari yordamida yuk vagonlarni kuzovini 
modellashtrish. 
 
Ishdan maqsad:
Auto CAD va Solid Works dasturlari yordamida yuk vagonlarni 
kuzovini modellashtirish. Dasturlarni o‘rganish, loyihash va modellashtirish. Yuk 
vagon kuzovining vazifasi va tuzilishini o‘rganish. 
Tarbiyaviy
:
talabalar mustaqil ishlashni va taxlil qilishni o‘rganadilar. 
Rivojlantiruvchi:
 
talabalar olgan nazariy bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan 
boyitadilar. 
O‘qitish shakli:
auditoriya-darsli, rivojlantiruvchi, maslahat talab etuvchi va 
o‘qituvchi nazoratini talab etuvchi. 
O‘qitish metodlari:
o‘rganish faoliyati xarakteri bo‘yicha tekshiruvli, 
tushuntirish-rasmli (haqiqiy namuna), muammoli ifodalash. 
 
Umumiy ma’lumotlar 
Kuzov
deb vagonning yurish qismiga tayangan va yo‘lovchi yoki yukni 
joylashtirishga mo‘ljallangan qismiga aytiladi. 
Kuzovda quyidagi asosiy qismlarni ajratish mumkin. 
- asosiy ko‘taruvchi konstruksiyasi 
- yordamchi olib yuruvchi elementlari 
- mahsus funksiyani bajaruvchilari 
- olib yurmaydigan elementlari 
Kuzovning asosiy ko‘taruvchi konstruksiyasi deb shunday elementlar yig‘indisiga 
aytiladiki, ular barcha foydalanish yuklarida uning mustahkamligi va mahkamligini 
ta’minlaydi. Kuzovning pastki qismi -ko‘taruvchi konstruksiyasi odatda pol tagiga 
joylashgan bo‘lib, rama deb ataladi. Ko‘taruvchi elementning joylashishi harakteriga 
ko‘ra vagon kuzovlarining ko‘taruvchi konstruksiyalari asosiy 3 turga bo‘linadi. 
(18.1- rasm). 



18.1 - rasm Kuzovlar etakchi konstruksiyalarining turlari 
 
18.1 - rasm. 
a
, da asosiy ko‘taruvchi element rama bo‘lib, u kuzovga ta’sir 
etuvchi barcha vertikal va gorizontal yuklarni qabul qilishga mo‘ljallangan; 
18.1 - rasm. 
b
, da ko‘taruvchi element sifatida rama va yon devorlar xizmat 
qiladi. 
18.1 - rasm 
v
, –da esa rama, yon devorlar va tom bir butun ko‘taruvchi tizimni 
tashkil qiladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan konstruksiya turlari o‘z tuzilishi va vagon turiga qarab 
mo‘ljallanishi maqsadga muvofiqdir. 
Hisoblash 
sxemasini 
aniqlab 
beruvchi 
kuzovlarning 
ko‘taruvchi 
konstruksiyalarini prinsipial tuzilishi jihatidan quyidagi sinflarga bo‘linadi: 
– o‘zaro birlashtirilgan sterjenlar tizimlarini o‘zida mujassamlagan sterjenli 
tizimlar; 
– birlashtirilgan varaqsimon tizimlar, ularda ko‘taruvchi element bo‘lib, metall 
varaqlar xizmat qiladi va ularga sterjenlar to‘plami birlashtirilgan bo‘ladi. 
Kuzov etakchi konstruksiyasidagi ichki foydali hajmni tashqi jihatdan chegaralab 
turuvchi yupqa varaqlarni qoplama deb atash mumkin. 
- aralash tizimlar - bunda konstruksiyaning bir qismi varaqli tuzilishga, qolgani 
esa sterjenli o‘zakli bo‘ladi. 
O‘zakli etakchi tizimlar o‘z navbatida fermalar, romli va aralash turlarga 
bo‘linadi. Bulardan eng keng tarqalgani so‘ngisidir. 



Masalan
, to‘rt o‘qli berk vagonlarning ko‘taruvchi konstruksiyasi yon devori 
fermalar ko‘rinishida, ramasi esa - romli o‘zakli tizim ko‘rinishda bajarilgan romning 
yon balkalari fermaning pastki poyasi vazifasini ham bajaradi. 
Birlashtirilgan varaqsimon tizimlarda birlashtirilgan o‘zakli yon devori, ramasi va 
tomi, berk qolipli (qutisimon balkali) tashkil qiladi. 
Bu tur bo‘yicha zamonaviy yo‘lovchi va ba’zi yuk vagonlari bajarilgan. 
Birlashtiruvchi qoplamalar ko‘ndalang elementlarni berk o’zaklar(Shпангаутлар)ga 
birlashtiradi. Ko‘ndalang elementlarga - rama ko‘ndalang balkalari yon devor 
ustunlari va tomining do‘g‘ali yoyi kiradi. Lekin, bu shartlarga kuzovni yig‘ish 
texnologiyasini bajarishda doim ham rioya qilinmaydi. Shuning uchun birlashtiruvchi 
bo‘ylama elementlari yupqa o‘zakli stinger yoki goflar ko‘rinishda bajariladi. 
Eng keng tarqalgani aralash tizimlar bo‘lib, uning ayniqsa ikki turi mavjud. 
Kuzov konstruksiyasidagi maxalliy mustahkamlikni etarlicha ta’minlash 
maqsadida ularni to‘g‘ri taqsimlash va uzatish uchun mahsus harakat elementlar 
inobatga olingan. 
Odatda bunday elementlar bo‘lib qabul qiluvchi tayanch reaksiyalari shkvorenli 
balkalar va ko‘ndalang kuchlar bilan yuklangan xrebetli balka hisoblanadi. 
Ramani kuzov tizimida ko‘rinishi quyidagilardir (18.2 - rasm): 
 
18.2 – rasm. Kuzov tizimida ramani harakterli sxemasi: 
1 - shkvorenli balkalar;2 - chetki ko‘ndalang balkalar; 3 - yon balkalar; 4- -oraliq balkalar; 
5 - tizmali (xrebetli) balka; R – pyatniklar reaksiyasi; Ts - avtossepkadan uzatiluvchi bo‘ylama 
kuchlar. 



Zamonaviy vagon konstruksiyalari metalldan tayyorlanadi. Buning uchun eng 
keng qo‘llanadigani - past legirlangan 

Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə