Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
65
GATda vektor
formatdagi shakllardan alohida, ya’ni kartada juda koʻp
obyektlar boʻlishi mumkin, lekin ularni alohida tasvirlash kerak boʻladi. Shunday
vaqtlarda vektor chiziqlar yordamida tasvirlash birmuncha qulayliklar yaratadi.
Bundan
tashqari, vektor modellar orqali joyning relyefini
tasvirlash ham juda
qulaydir. Bunda davomiy chiziqlar yoki gorizontallar, TIN (Triangulatsiyalangan
nomuntazam tarmoq) kontur chiziqlar va boshqa shakllardan foydalaniladi.
3.1-jadval
Rastr va vektor modellarning afzalliklari va kamchiliklari
Rastr model
Vektor model
afzalliklari:
oddiy ma’lumotlar strukturasi;
oson va samarali qatlamlashtirish;
masofadan zondlashning tasvirlash
jarayoni bilan mosligi;
yuqori fazoviy jihatdan o’zgarishlar
samarali ko’rsatiladi;
davomiy ma’lumotlarni tasvirlashning
qulayligi.
kamchiliklari:
katta hajmdagi fayl;
alohida
obyektlarni aniqlash
imkoniyati yo’q, ya’ni barcha
obyektlar nuqta
yoki piksellar
yordamida
ifodalanadi;
topologik bog’lanishlarni qurish qiyin;
samarasiz proyeksiyalab o’zgartirish;
katta o’lchamdagi kvadratlardan
foydalanganda axborot yo’qotilishi;
Dostları ilə paylaş: