2-mavzu: Tarixning antik falsafasi Reja Yunonistonda tarix fani. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi



Yüklə 18,18 Kb.
səhifə1/4
tarix11.05.2023
ölçüsü18,18 Kb.
#109696
  1   2   3   4
2tf


2-mavzu: Tarixning antik falsafasi
Reja

1. Yunonistonda tarix fani.
2. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi.
3. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy. Tatsit.

Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning


tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu
sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o’z muzasi bor, bu
muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon
ayonlari orasida bo’lgan, deb hisoblaganlar . Greklar tarixiy voqealar to’g’risida
chiroyli va pand – nasixatli hikoyani xammadan ko’proq qadirlaganlar. Ular
tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “so’z”, “grafo”-
yozaman demakdir) shaharlarning odatda o’zlari tug’ilgan shaharlarning tarixi
to’g’risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning
boshlarida yashaganlar. O’z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar,
lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi.
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to’qqiz to’mli tarix
asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o’ziga xos tarixiy
novellalarni o’z ichiga oladi. Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir o’tkazgan, taniqlitadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning ko’pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko’pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi. Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot
yoshligididan sayoxat qilishni yashi ko’radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq
bilan shug’illanuvchi savdogarlar, yo’lovchilar shahri bo’lgani uchunmi o’spirinlik
yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va
sayohlari tilidan g’aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda – juda yoqtiradi. “eron
tarixi kitobi” Geradot etiborini ayniqsa o’ziga tortadi. Xaronning “Eron tarixi”
kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo’lgan Osiyodagi ko’pgina malumotlar
haqida qimmatli malumotlar bor.
Gerodot tug’ilgan o’lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy
voqealarni ko’p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar
ijodkori bo’lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi
ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg’in
qilinadi. Shundan so’ng bo’lajak tarixchi Osiyo bo’ylab safarga chiqishga qaror
qildi. Geradot qora dengiz qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga
yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham
skiflar haqida talaygina kitoblarni o’qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib
qolgan edi. Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo’lib, Osiyo bo’ylab safarga
jo’naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo’lgan suz shahriga
keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiya- 28
dagi Efrat va Tigr daryolaridan o’tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bo’ylarida
ko’chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli
taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo’lishgan.
Aytishlaricha Eron shohi Kir xam ularni o’ziga bo’ysudira olmagan. Geradot
Mesopatamiya va Vaviloniya o’lkalarining tabiatiga ham keng to’xtaladi. Bu joylar
Orol dengiziga yaqin bo’lib, ayrim tadqiqotchilar bu o’lkalarga Geradot kelmagan
deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O’rta Osiyo haqida muhim
malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning
hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq
nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, saklar,
xorasmiylar va oriylar, bu o’rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg’onistonning
g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balh
shahri bo’lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi- g’arbiy qismida
joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so’g’dlar Politmet
(Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyanshan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan
edilar. Shundan so’ng Geradot Hindiston o’lkasida sayohatini davom ettirib,
Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli malumotlar
to’playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi.
Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi
etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaxo va qadrli.
Geradotning “skiflar” asari jahon xazinasida munosib o’rin tutgan, bu asar
juda ko’plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo’lib, jahonga tanitgan
ham Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “skiflar”
asarini juda katta qiziqish bilan o’qishgan va juda ko’p nushalarda tarjima qilishga
buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta
nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham
yozganlar, lekin skiflarning xaqiqiy va birinchi targ’ibotchisi Geradot edi.
Geradotning “skiflar” asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar
ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “ Geradot va uning asari” Vitold
Klingerning “hikoyachilik motivlari” asarlari shuningdek, sharq halqlarini tarixiy
hikoyalari” kabi juda katta axamiyatga ega bo’lgan ijod durdonalari yuzaga keldi.
Geradot katta ishga qo’l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto
Afrikadagi ko’pgina qabilalarning hayotiga oid malumotlarni aks ettiradi. Geradot
ijodi Tarix nomli To’qqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning
har qaysisi yuzlab hikoyalarni o’z ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa
olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. O’z hayotini taxlikaga
qo’yib bo’lsa – da ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne - ne
xavf – xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval o’z ko’zi bilan ko’rib,
qulog’i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Xar qanday faraz va taxminlar uning
uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo’ladi. Yuzlab daryolarni kechib
o’tadi. O’sha paytda xech bir olimning qadami etmagan uzoq o’lkalarni kezadi.xali
ko’p ko’rilmagan mavzularni birinchi bo’lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot
nomi tariximizda alohida axamiyat kasb etadi. 29
Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning
yaratilishida Geradotning Tarix asari muxim axamiyat kasb etadi.

Yüklə 18,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə