2-mavzu: Tarixning antik falsafasi Reja Yunonistonda tarix fani. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi



Yüklə 18,18 Kb.
səhifə3/4
tarix11.05.2023
ölçüsü18,18 Kb.
#109696
1   2   3   4
2tf

Korneliy Tatsit Korneliy Tatsit (taxminan 54-120 yillar) bu davr eng mashxur
tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada
harbiy xizmatda bo’lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do’sti 30
bo’lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik
qilgan Tatsit imperatorning qaxridan ko’r qilib bir necha vaqtgacha surgunda
yurgan. Domitsian xalok bo’lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so’ng u
senator bo’lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy
faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68 yilidan to 96
yiligacha bo’lgan davrni ichiga olgan “tarixlar” ni, Avgustning o’limidan
(eramizning 14 - yili) Neronning xalokatigacha (eramizning 68 – yili) bo’lgan
davrning “Yilnomalar”ini, shuningdek “Germaniya” nomli kichikroq asarini
yozgan. Tatsit bu so’nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi
tuprog’idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining
etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit o’z asarlarida ayniqsa “ Yilnoma”
larida Rimning o’tmish respublika davrini ko’klarga ko’tarib maqtagan bo’lsa, o’z
zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan bo’lgan
imperatorning o’zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan. F.Engels
Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so’nggi namoyandasi degan edi. Tatsit
siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o’zining bayon qiladigan
materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o’rganib chiqqan “Yilnoma” larida
keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari bilan
tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan.
“Tarixlar”ining uchdan bir qismigina saqlangan “Yilnomalar”ini ko’p qismi
saqlanmagan, shunday bo’lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi
Rim imperiyasi tarixi to’g’risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi.

Yüklə 18,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə