2-mavzu: Tarixning antik falsafasi Reja Yunonistonda tarix fani. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi



Yüklə 18,18 Kb.
səhifə2/4
tarix11.05.2023
ölçüsü18,18 Kb.
#109696
1   2   3   4
2tf

Polibiy.
Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy “umumiy tarixni”
yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan.
Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi
ananalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi
konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o’rta dengiz
sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o’rnatilishi
muqarrar degan hulosaga kelgan. U o’zining asrida Rimning bir qancha qabilalar
va halqlarni o’ziga bo’ysundirilishining sabablarini ko’rsatib berishga, yani rim
davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga xarakat qilgan. Polibiy Rim
davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning
nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va monarxik
shakllari ajoyib tarzda bir – biri bilan qo’shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda
sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik xolati va uning iqlimini o’rgangan.
U antik davr tarixining odat xukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U
voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi nutqlarini kiritgan. Polibiy bu
bilan ularning gaplariga mumkin qadar “haqiqiy” tus berishga xarakat qilgan. U
manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim
shaxsning ish va xarakatlarida ko’rgan xolos.
Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning
keyinchalik taraqqiyot yo’lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix “nasixat
berishi” “o’rgatishi” mumkin amaliy jihatdan foydali bo’lishi mumkin deb faraz
qilgan.
Tit Liviy. Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o’zi yashagan davrga
o’tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g’oyat puxta asari 142 ta
kitobdan iborat bo’lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa bazi kitoblaridan
parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha,
tarix o’rnak bo’la oladigan namunalarni ko’rsatishi bizning avlodlarimiz ko’p yillar
davomida ko’rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o’rgatishi lozim.
Tit Liviy voqealarning sababli bog’lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu
voqealar rostmi – yo’qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid,
Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo’q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga
uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi
ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qaxramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir
xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan
qimmatli manba bo’lish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir
qilmog’i lozim bo’lmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V. G.
Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari sanat asaridir.

Yüklə 18,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə