2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə5/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

Umurtqalar. Odam umurtlqa pog'onasining ko'krak qismi (ko'krak umurtqalari -12 dona) tuzilishiga ko'ra boshqa umurtqalardan ajralib turadi.
1. Ko’krak umurtqa1ari. Tanasi (tepadan pastga qarab) hajm jihatidan kattalashib boradi. Ko'krak umurtqalarining ikki yoniga va ko'ndalang o'siqlariga 12 juft qovurg'aning boshchalari va bo'ynidagi do'mboqchalar bo'g'im hosil qilib qo'shilisni, ularni boshqa umurtqalardan ajratib turadi. Aksari-yat qovurg'alarning boshchalari yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa tanasining yonbosh oralig'iga o'rnash-gan. Shuning uchun ko'pchilik umurt-qalarning ikkala tomonida (tepa va pastda) yarimtadan chuqurchasi bo'ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno; uning tanasining yuqori qirrasida bi­rinchi qovurg'a uchun bitta butun qovurg'a chuqurchasi, tanasining pastida ikkinchi qovurg'a uchun yarimta qovurg'a chuqurchasi bo'ladi. O'ninchi umurtqada esa (X qovurg'a uchun) bitta yarim chuqurcha va XI—XII umurtqada har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg'alar uchun) bittadan to'la chuqurcha joylashgan. Umurtqa tanasi bilan uning ravog'i o'rtasida umurtqa teshigi bor.
2. Bo'yin umurtqalari 7ta bo'lib, yuqoridan birinchi va ik­kinchi umurtqalar boshqa beshta umurtqadan tuzilishi jihatdan ancha farq qiladi. Qolgan beshta umurtqa boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo'yin umutqalarining tanasi kichkina ko'ndalang - oval shaklda bo'lib, umurtqa teshigi katta, uchburchak shaklida tuzilgan. Ko'ndalang o'siqlarning old tomoniga embrionning o'sishi davridagi qovurg'a qoldiqlari yopishib qolganligi uchun uchlari ikkita do'mboqchaga bo'lingan.
VI umurtqaning oldingi o'simtasi oldida uyqu arteriyasi o'tganligi uchun shu arteriya jarohatlanganda yuqorida aytilgan do'mboqchani bosib qon to'xtatiladi. Birinchi bo'yin umurtqasi atlant tanasi takomil etishi davrida ikkinchi umurtqaga o'tib, tishsimon o'siq hosil qiladi. Ikkinchi bo'yin umurtqasi o'qli tishsimon o'sig'i bo'li­shi bilan boshqa jrfamma umurtqalardan ajralib turadi. Ikkinchi umurt­qa tishi birinchi umurtqa ravog'i bilan birlashib turishi kallaning atrofga burilishiga imkon beradi.
Bel umurtqalari. 5ta, umurtqalar orasida eng yirigi, uning teshigi katta va chburchak shaklda, tanasi esa buyrak shakliga o'xshash, ko'ndalang o'sig'i deyarli frontal vaziyatda, uchi va o'tkir qir­ rali o'siq to'ppa-to'g'ri orqaga qaragan bo'ladi.
Dumg'aza umurtqalari 5 ta bo'lib, odam 17-25 yoshga borganda ular o'zaro qo'shilib, bitta butun dumg'aza suyagini hosil qiladi
Ayollarning dumg'aza suyagi kengroq, kaltaroq va kamroq bukilgan bo'lishi bilan erkaklar dumg'aza suyagidan ajralibturadi.
5. Dum umurtqalari 4-5 ta bo'lib, odamda qoldiq (rudimentar) umurtqalar hisoblanadi. Bular balog'at yoshiga yetguncha suyaklanib, dum suyagini vujudga keltiradi.

Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə