2-mavzu: Ostiologiya haqida tushuncha


O’mrov suyagi shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish



Yüklə 113,09 Kb.
səhifə14/20
tarix16.02.2023
ölçüsü113,09 Kb.
#100901
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
2-mavzu Ostiologiya haqida tushuncha

O’mrov suyagi shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

Qo’lni qiyiq bog’lamga lozim bo’lgan holda qo’yiladi.


-Jarohatlangan tomondagi bilakni ko’krakka shunday ko’ndalang qilib qo’yilsingki, barmoqlar qarama-qarshi yelkaga qaratilgan bo’lsin.
-Yozilgan bog’lamni bilak va panja ustidan qo’yiladi.
-Bog’lam tirsak va yelkani yopib turishi kerak.
-Bilakni tutib turgan holda bog’lamni ostki uchini panja, bilak va tirsak ostidan o’raladi (1-rasm).
Bog’lamning quyi uchini orqadan o’tkazib, uchlarini bog’lab qo’yiladi.
-Qimirlatmaydigan bog’lam qanday balandlikda turishini astalik bilan aniqlanadi.
-Bog’lam uchlarini qarama-qarshi tomondan bog’lab qo’yiladi.
-Tugunni bilak bilan bog’lam o’rtasiga qaytarib qo’yiladi.
-Tana bilan qo’l orasidagi tabiiy chuqurliklarga mustahkam yumshoq materialdan qatlam joylab qo’yiladi (2-rasm).
Mahkamlaydigan bog’lam qo’yish.
-Shikastlangan tomonni tirsagidan gavda orqali aylantirib bog’lam tortib qo’yiladi va uni yaxshilab qotiriladi.
-Bog’lam uchini qarama-qarshi tomonda sog’lam qo’l ostidan o’tkazib bog’lab qo’yiladi (3-4-rasm).
Boldir-panja bog’imi shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

Yumshoq shina qo’yish.


-Jabrlanuvchining poyabzali va paypog’I yechilmaydi.
-Uchta bog’lam-birini oyoq panjasi ostidan va ikkitasini boldir ostidan qo’yiladi (1-rasm).
-Boldir-panja bo’g’imi atrofiga yostiqni asta taxlab yoki o’rab qo’yiladi (2-rasm).
Shinani bog’lam bilan qotirish.
-Adyol yoki yostiqni bolder atrofida ikkita bog’lam bilan mustahkam bog’lab qo’yiladi.
-Uchinchi bog’lamni panja atrofidan bog’lanadi.
-Bog’lamlar mahkam, lekin qattiq qismay bog’langan bo’lishi tekshiriladi.
-Agar bog’lam ostidan bittadan ko’p barmoq o’tgan bo’lsa, bog’lamni qattiqroq tortibtugiladi (3-rasm).


Boldir shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

Anatomik shina qo’yish.


-Jabrlanubchining oyog’I ostiga bog’lam qo’yiladi.
-4 bog’lamni oyoq ostidan, to’piq, boldir va son bilan bir tekislikda o’rab qo’yiladi.
-Bog’lamni shikastlangan joy ostiga qo’yilmaydi (4-rasm).
O’ralgan adyolni yoki yostiqni oyoqlar orasiga qo’yib, sog’ oyoqni shikastlangan oyoq tomon suriladi (5-rasm).
Shikastlangan oyoqni sog’ oyoqqa mahkam bog’lab qo’yish uchun bog’lamlar uchini bog’lanadi.
-Har bir bog’lam uchining tugunini sog’ oyoq tomonga qilib bog’lanadi.
-Bog’lamlar mahkam bog’langanini,lekin haddan tashqari siqilmaganini tekshiriladi.
-Agar bog’lam ostidan bir donadan ziyod barmoq o’tadigan bo’lsa, uni tortibroq bog’lanadi.
-Panjani mahkamlashda bog’lamni “sakkizsimon” qilib qo’yiladi (6-rasm).

Tasdiqlayman”




Yüklə 113,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə