2-mavzu: motivatsiyaning asosiy turlari rivojlanish bosqichlari



Yüklə 32,31 Kb.
səhifə8/11
tarix21.10.2023
ölçüsü32,31 Kb.
#129314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-Mavzu

G.Olportning motivlar funksional avtonomiyasi nazariyasi alohida o’rin egallaydi. Bu nazariyada motivlar transformasiyasi, tizimli rivojlanishi jarayon sifatida talqin etiladi. G.Olport o’z konsepsiyasida tizimlarning umumiy nazariyasi g’oyalaridan, ayniqsa, ochiq tizimlar haqidagi g’oyadan keng foydalangan. Olimning fikricha, shunday motivlar borki, ular yarim yopiq tizimlarning tabiatiga monand faoliyat ko’rsatadi va rivojlanadi, ya'ni funksional avtonomiyaga ega. Bir tizimga kiruvchi motivlarni G.Olport reaktiv, tashqi undovga muhtojlik qonunlariga bo’ysunuvchi motivlar, deb ataydi. Ammo G.Olportning ta'kidlashicha, shaxs ochiq tizimlar kabi o’zgaruvchi va rivojlanuvchi motivlar bilan tavsiflanadi, degan fikr haqiqatga yaqinroqdir. Agar avvalgi tizim motivlarning perseverativ funksional avtonomiyasi, deb atalgan bo’lsa, keyingi tizimni G.Olport propriativ funksional avtonomiya, deb ataydi. Ochiq, yopiq va yarim ochiq tizimlar haqida to’xtalar ekan u yopiq tizim modelini shaxs va uning motivatsiyasiga qo’llab bo’lmasligini ta'kidlagandi. Ochiq funksional tizim taraqqiyot uchun zamin hozirlaydi, uni esa undovchi muhtojlik doirasida tushuntirib bo’lmaydi.
G.Olport tomonidan shaxs motivlarining ochiq tizimlar sifatida tahlil etilishi, shaxs va shaxs motivlari taraqqiyoti chegarasiz jarayon ekanligini ta'kidlash uchun imkoniyat beradi.
Shunday qilib, biz shaxs motivasion sohasi haqidagi turli qarashlar, ularda tizimli yondashuv g’oyalarining aks etishi masalasini ko’rib chiqdik. Mazkur qarashlar motivatsiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning ajralmas qismiga aylandi. Ko’rsatib o’tilganidek, psixolog olimlar tomonidan motivasion soha tizimliligiga oid turli jihatlarni qayd qilinmoqda. Ayni damda motivasion mexanizmlar haqidagi tizimli yondashuvga asoslangan tasavvurlar turli yo’nalishlarda tadqiq etilmoqda. Biroq tadqiqotlarning barchasini bir yo’nalish - motivasion hodisalar o’rtasidagi ma'no hosil qiluvchi aloqa va munosabatlarni tadqiq etish atrofida birlashtirish mumkin.
Ko’pchilik psixologlar fikricha, motivatsiya muammosi shaxs psixologiyasining markaziy muammosidir. Shaxs psixologik tuzilishining butunligi, xulq-atvor va uni harakatga keltiruvchi kuchlar o’rtasidagi aloqadorlik motivatsiya muammosini o’rganishda tizimli yondashuvni qo’llash uchun keng imkoniyat yaratib yeradi.
Xorij psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish
Yüklə 32,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə