2-mavzu: motivatsiyaning asosiy turlari rivojlanish bosqichlari


A.N.Leontev, L.I.Bojovich



Yüklə 32,31 Kb.
səhifə11/11
tarix21.10.2023
ölçüsü32,31 Kb.
#129314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-Mavzu

A.N.Leontev, L.I.Bojovich va boshqalar tomonidan o’rganilgan. A.N.Leontev XX asrning 40-yillarida maktabgacha yosh davrida shaxs shakllana boshlashini ta'kidlar ekan, bu jarayon bolada motivlar ierarxiyasi tarkib topishi bilan bog’liqligini uqtirgan edi. A.N.Leontev fikricha, sub'ektning tashqi olam bilan birga munosabatlari kengayib borgan sayin motivlarning o’zaro solishtirilishi yuz beradi, buning oqibatida esa ular o’rtasida ierarxik munosabatlar shakllanadi. Motivlar ierarxiyasi olimning fikriga ko’ra, motivlar funksiyalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib, aytganda ierarxiyada yuqori o’rinni, ma'no hosil qiluvchi funksiyani bajaradigan motivlar quyi o’rinni esa stimul motiv egallaydi. Demak, A.N.Leontev motivlar funksiyasining ikki darajasini: ma'no hosil qiluvchi va stimul darajalarini ajratadi. Ammo A.N.Leontev o’z nazariyasida motivlar ierarxiyasining shakllanish jarayonida shaxsning sub'ektiv, faol roli qanday bo’lishini ko’rib chiqmaydi.
L.I.Bojovich tadqiqotlarida, shuningdek, ayrim boshqa ilmiy izlanishlarda motivlar ierarxiyasining shakllanishi dominant motivlarning hosil bo’lishi bilan bog’lanadi. Har xil yosh bosqichlarida turli motivlar dominantlik qiladi. Ayrim motivlarning ustunlik qilishi shaxsning yo’nalishini belgilab beradi. Bunday yo’nalish shaxs motivlari o’rtasida nafaqat subordinasion, balki koordinasion munosabatlar ham hukm surishini taqozolaydi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’z-o’zini qanday tutishi egallagan mavqei ham sababsiz o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada "motiv", "motivatsiya" tushunchalari ishlatiladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tushunishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya'ni holati, harakat egasining sub'ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari, ya'ni bular aynan aniq holatlarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo’ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Masalan, talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qizuquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma'lum bir davrida, masalan, boqcha yoshidan boshlab qondirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o’quv qurollari, ma'lum ta'lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi bola uchun motiv o’rnini bosadi.
Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin.
1. Biologik ehtiyojlar - fiziologik, jinsiy moslashuv ehtiyojlari.
2. Ijtimoiy ehtiyojlar - bu mehnat qilish bilan estetik va ahloqiy, ma'naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lgani bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya'ni ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Yüklə 32,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə