2-mavzu: motivatsiyaning asosiy turlari rivojlanish bosqichlari



Yüklə 32,31 Kb.
səhifə9/11
tarix21.10.2023
ölçüsü32,31 Kb.
#129314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-Mavzu

A.Adler, K.Yung kabilar tomonidan ilgari surilgan motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy e'tiborni qaratamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari manbai hisoblanadi. Xornining ta'kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi. E.Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir o’tkazish jarayonidir.
Geshtalt psixologiya maktabi namoyondalari uchun motivatsiya o’ziga xos talqinga ega bo’lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o’rganishga nisbatan intilish yuqori ko’rsatkichga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sharoitida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan. Geshtalt psixologiya maktabining namoyondalariga obraz tushunchasi qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Obraz va motiv o’zaro aloqasiz hukm surishi ta'kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi.
K.Levin motivni quyidagicha ifodalaydi: motiv - muayyan muvaffaqiyatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma'no anglatuvchi ikkita motivasion o’zgarish hukm surishi tan olinadi. Geshtalt psixologlarning asarlarida shunday qolatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Olport konsepsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o’zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.
Rus psixologlari orasida
Yüklə 32,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə