A. Maslov piramidasi



Yüklə 5,76 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,76 Kb.
#166472
A.Maslov

A.Maslov piramidasi


Bajardi: Yusupov Asilbek

Abraham Maslou (1908 yil 1 aprel, Nyu-York — 1970 yil 8 iyun, Menlo Park, Kaliforniya) — amerikalik psixolog, gumanistik psixologiya asoschisi. Ko'pchilikka ma'lum bo'lgan "Maslou piramidasi" inson ehtiyojlarini ierarxik tarzda ifodalovchi diagrammadir. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi modeli iqtisodiy nazariyada keng qo'llanilib, motivatsiya va iste'molchi xulq-atvori nazariyalarini qurishda muhim o'rin egalladi.62 yoshida miokard infarkdan vafot etgan.

  • Tarixi:

Abraham Maslou

Abraham Maslouning ehtiyojlar piramidasi:

  • Inson xulq-atvoriga nima turtki bo’ladi? Maslouning ehtiyojlar piramidasi motivatsiya mavzusidagi eng mashxur nazariyalardan biri hisoblanadi. Gumanistik psixolog Abraham Maslouning fikricha, bizning xatti-harakatlarimiz ma’lum bir ehtiyojlarni qondirishga yo’nalgan.

Piramida tarixi:

  • Maslou o’zining ehtiyojlar piramidasi nazariyasini ilk bor 1943-yilda chop etilgan “Shaxs motivatsiyasi nazariyasi” nomli maqolasida va undan keyin nashr etilgan Motivatsiya va Shaxsiyat asarida keltiradi. A. Maslou nazariyasi bo’yicha, inson, eng avvalo o’zining birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi. Birinchi darajali ehtiyojlar qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.

1.Fiziologik ehtiyojlar:

  • Oziq-ovqat
  • Suv
  • Nafas olish
  • Gomeostazis
  • Bazis ehtiyojlarga oziq-ovqat, havo va haroratdan tashqari uy-joy va kiyim-kechaklar ham kiradi.

2.Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj:

Insonlar o’z hayotida tartib va nazorat bo’lishini xohlaydilar. Shu boisdan ushbu bo’g’inda xavfsizlik va himoyaga bo’lgan ehtiyoj xulq-atvorga nihoyatda chuqur ta’sir ko’rsatadi. Xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojga quyidagilarni misol qilish mumkin:


Ko’pincha fiziologik va xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj birgalikda birlamchi bosqichdagi ehtiyojlar deb yuritiladi.

3.Sotsial ehtiyojlar:

Biron ijtimoiy guruhda bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji piramidaning uchinchi bo‘g‘iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi. Ularning ayrimlari:

  • Do’stlik
  • Sevgi rishtalari
  • Oila
  • Sotsial guruhlar
  • Birodarchilik

4.Hurmatga bo’lgan ehtiyoj:

Hurmat va e’zoz topishga bo‘lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil etadi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‘lgan ehtiyojidir.

Insonlar boshqalar tomonidan qadrlanishlari va dunyoga qandaydir hissa qo’shayotganliklarini his qilishlari kerak.

5.Hayotda o’z o’rnini topishga bo’lgan ehtiyoj

O’zligini isbotlash ehtiyoji Maslou piramidasining eng yuqori pog’onasidan joy olgan. Insonning o’z yashirin imkoniyatlarini haqiqatga aylantirish ehtiyojiga ishora qilib, Maslou shunday tushuntiradi “Inson nimaga erishishi mumkin bo’lsa, u shunga erishishi lozim,”

Hayotda o’z o’rnini topgan shaxs o’zligini anglagan, boshqalarning fikrlari bilan emas, balki shaxsiy rivojlanish va o’z imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish bilan band bo’ladi.

Maslou nazariyasiga bildirilgan tanqidlar:

Ushbu nazariyani qo’llab-quvvatlovchi tadqiqotlar yetarli emasligiga qaramay, ehtiyojlar piramidasi psixologiyada keng o’rganiladi. 2011-yilda chop etilgan bir ilmiy ishda, Illinois universitetining tadqiqotchilari ehtiyojlar piramidasini sinovdan o’tkazishga kirishdi.

Ularning aniqlashlaricha, ehtiyojlar qondirilishi va baxt hissi darajasi bir-biri bilan uzviy aloqador ekanligiga qaramay, yer yuzidagi turli millat vakillari eng muhim ehtiyojlar qondirilmagan sharoitda ham, hayotda o’z o’rnini topish va sotsial ehtiyojlar muhim ekanligini ta’kidlashgan.

Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ehtiyojlar shaxs xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi kuchli motivatsiya bo’lishi mumkin, ammo bu ehtiyojlar shaxs hayotida, Maslou ta’riflaganidek, ierarxik ahamiyat kasb etmaydi.


Yüklə 5,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə