2. mavzu. Iqtisodiyotning r


O’zbekistonning investitsion xavfsi



Yüklə 6,39 Mb.
səhifə8/8
tarix30.09.2023
ölçüsü6,39 Mb.
#125077
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Mavzu Iqtisodiy xavfsizligi

O’zbekistonning investitsion xavfsizligini ta‘minlash yo’llari
Investitsion xavfsizlik bu iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy qismi bo’lib u to’g’ridan-to’g’ri ilmiy-texnik xavfsizlik bilan bog’liqdir. Investitsion xavfsizlikning mazmuni shundan iboratki, mamlakatning milliy manfaatlarini ta‘minlashda va iqtisodiy va siyosiy qarorlar qabul qilishda xorijiy kapitalning ta‘sirini inkor qilish tushuniladi. O’zbekiston iqtisodiyoti raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitida qator muammolarni yengib o’tmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri bizning iqtisodiyotimiz jahon hamjamiyatiga bog’liq ekanligi. Shuning uchun ham investitsion xavfsizlik yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham mamlakatning ishbilarmonlik muhitiga ta‘sir etuvchi asosiy omil bu jahon iqtisodiyotining holati bo’lib hisoblanadi.

Jahon iqtisodiyotining asosiy tendensiyalarini jahonning yetakchi davlatlari AQSH, Yevropa, va shu bilan birga Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlar YaIM hajmini barqaror o’stirishi orqali belgilab beradi.




Investitsion xavfsizlikni shu bilan birga milliy xo’jalik tizimlarini investitsion jarayonlarga, ya‘ni iqtisodiyotning strategik raqobatbardoshligiga va barqaror iqtisodiy o’sishga ta‘siri sifatida ham tavsiflash mumkin.

Investitsion xavfsizlikni oshirishning chora-tadbirlari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi:
 iqtisodiyotni barqaror o’sishi uchun yetarli miqdorda investitsiya kerak;
 investitsiyani optimal tarmoq va hududiy tuzilmasini shakllantirish;
 innovatsion darajada barcha investitsion loyihalarni maksimal joriy etish.
Biroq bugungi kunda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda milliy iqtisodiyotda bozor infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi (banklar, investitsiya venchur) fondlari, sug’urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag’batlantirish) va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo’lga qo’yish hamda tadbirkorlarda investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va


huquqiy bilimlari yetarli emasligi bilan bog’liq bir qator muammolar mavjud.


O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qulay investitsion muhitni shakllantirish va xavfsizlikni ta‘minlash, to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, davlat, korxonalar va aholi tomonidan jamg’arishni rag’batlantiradigan mexanizm va instrumentlarni takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida quyidagilar taklif va tavsiya etiladi:
 investitsion resurslarni taqsimlash sohasida cheklashlar va iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirishda investitsiyalarni rag’batlantirish, xususiy mulkni daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlashda davlatning rolini oshirish orqali muvofiqlashtirish;
 investitsiyalarni jalb etish va biznesni yuritish shart-
sharoitlarini (qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini, kredit resurslarga erishish imkoniyatlarini, kreditlash va xalqaro savdo sohalaridagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirish va takomillashtirish orqali) ta‘minlash;
 hududiy siyosatda hududlarga investitsiyalarni jalb etish va ularni o’zlashtirishda soliq pereferensiyalarini, hududda qolayotgan soliq tushumlari ulushini o’sishida keng imtiyozlar berish bo’yicha normativ bazani takomillashtirish bilan bir vaqtda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilayotgan qarorlar bo’yicha mas‘uliyatlarini oshirish;
 biznesni yuritish va investitsiyalar jalb etish shart-
sharoitlarni yaxshilash yo’nalishida soliq ma‘murchiligi, antimonopol siyosat, valyuta va kredit bozorlari, raqobatni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni integratsiyalash sohalarida samarali ma‘muriy islohotlarini o’tkazish;


 xorijiy investitsiyali korxonalar tomonidan erkin iqtisodiy zonalarga, ustuvor sohalar va hududlarga investitsiya qilganda qo’shimcha imtiyoz va pereferensiyalar berish orqali to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qulay investitsion muhitni shakllantirish. Qo’shma korxonalar rahbarlariga va ularning injener-texnik xodimlariga vizalar olish amaliyotini soddalashtirish va ularni ishlab chiqarish infratuzilma korxonalari xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni ta‘minlash;


 investitsiyaga oid milliy qonunchilikni xalqaro va mintaqaviy standartlarga uyg’unlashtirish, O’zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a‘zo bo’lishi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy choralarning ko’rilayotganligi, xalqaro tajribada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha turli modelli huquqiy tartibga solish usullaridan foydalanish, raqamli iqtisodiyotga investitsiyani jalb etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratilishi bilan bog’liq vazifalarni hal qilish, o’z navbatida, investitsiya va investitsion faoliyatga oid qonunchilikni unifikatsiyalash;
 xorijiy investitsiyali korxonalar uchun makroiqtisodiy, qonunchilik va ma‘muriy shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni hisobga olgan holda barqaror soliq qonunchiligi tizimini joriy etish hamda O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini ishlab chiqish va unda yangi erkin iqtisodiy zonalarning faoliyatini tashkil etishda xalqaro va milliy normalarni hisobga olish.


O’zbekiston Respublikasida investitsion xavfsizlikni ta‘minlashning bosh maqsadi – xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish. Ushbu maqsadga faqatgina davlat hokimiyati tomonidan mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish istiqbol rejalarda ularga berilgan o’rin va roliga qarab davlat manfaatlari bilan xorijiy investorlar manfaatlarini optimallashtirish orqali erishishi mumkin. O’zbekistonning investitsion xavfsizligi xorijiy kapitalga nisbatan hech qanday cheklov yoki tahdid emas, balki uning maqsadi xorijiy kapitalni xalqaro kapital bozoridan O’zbekiston bozoriga oqib o’tishini tartibga solish bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonning investitsion xavfsizligiga


tahdidlar uch xil: xalqaro, davlat
va xususiy investor darajasida
bo’lishi mumkin. Xalqaro
darajada, ya‘ni yirik miqdorda
investitsiya qabul qilgan alohida
bir mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish sikllariga sezilarli
darajada ta‘sir ko’rsatishi mumkin.




Davlatlar darajasida xorijiy mamlakatlar O’zbekistonning iqtisodiy tizimiga xorijiy investitsiya kiritgan kompaniyalari orqali sezilarli ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Har qanday donor mamlakat o’zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib kompaniyalarini yuqori ustuvorliklarga erishishlarini istaydi. Bundan xulosa, xorijiy kapitalni u yoki bu mamlakatga tegishli bo’lishining o’zi O’zbekistonning milliy manfaatlariga potensial darajada tahdid soladi. Shu munosabat bilan O’zbekiston iqtisodiyotida u yoki bu shaklda xorijiy kapital faoliyati ko’rilganda ushbu holatni hisobga olish lozim.
Xususiy investorlar darajasida yirik va uncha katta bo’lmagan kompaniyalarni hamda jismoniy investorlarni alohida holda ko’rib chiqish kerak.
Yüklə 6,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə