2. mavzu. Iqtisodiyotning r



Yüklə 6,39 Mb.
səhifə6/8
tarix30.09.2023
ölçüsü6,39 Mb.
#125077
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Mavzu Iqtisodiy xavfsizligi

Birinchidan, ishlab chiqarishga joriy etilayotgan va yoki bozorga olib chiqilayotgan barcha mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar yangi (yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan) bo’lishi lozim.
Ikkinchidan, yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste‘mol ehtiyojlarini qondira olishi va ayni paytda kiritilgan yangilik aniq bir tovar, xizmat yoki jarayonda o’z aksini topgan bo’lishi talab etiladi.

Uchinchidan, yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos kelishi, tijorat jihatdan o’zini oqlashi va pirovardida ishlab chiqaruvchilar talabini qondirish kerak.

Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti – bu intellektual salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimi, tovar yaratishdan tortib, u iste‘molchiga yetib borguniga qadar barcha bosqichlar demakdir. Ushbu yo’nalishlardagi innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi vazifasini o’taydi. Zero, bugungi sharoitda innovatsion, intellektual bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini mujassam etgan yuqori fan sig’imiga ega texnologik iqtisodiyot raqobatbardoshdir.
Innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi:
 yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunalar, materiallar va h.k. joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o’sishini ta‘minlash;
 innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20%igacha yetkazish, ya‘ni Yevropa ko’rsatkichlariga yaqinlashtirish;
 fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo’shimcha ish o’rinlari yaratish;
 ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi sxemalarini joriy qilish hisobiga innovatsion sohaga qo’shimcha resurslar jalb qilish;
 zaruriy innovatsion infratuzilma (texnoparklar, innovatsion-texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologik korxonalar va b.), innovatsion faoliyat subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va rivojlantirish;
 innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy asoslar shakllantirish;
 innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari yaratish;
 innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan qo’llab-quvvatlash va innovatsion loyihalarni boshqarish tizimlarini yaratish;
 mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish;
 ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika mahsulotlarini yanada siljitish uchun sharoitlar yaratish;
 innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya ilg’or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish.
Xorijiy mamlakatlarda
davlatning innovatsion siyosatini
rag’batlantiruvchi turli xil
strategiyalar, tashkiliy-iqtisodiy
tamoyillar shakllangan va bugun
ularga amalga qilinmoqda. Hozirgi
kunda ilmiy tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, intellektual mulkchilikka huquq shakllarini qo’llashga asoslangan davlat siyosatini yuritish keng tarqalgan. Davlat tomonidan fan va ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash – qishloq xo’jaligini byudjet tomonidan moliyalashtirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohaga kiritilgan investitsiyalar istiqbolli va o’z-o’zini yuqori darajada qoplash imkoniyatiga ega (70 foizgacha)dir.
Turli mamlakatlar hukumati ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun katta hajmda investitsiya sarflamoqda. Masalan,

va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun o’rtacha YaIMga nisbatan 1,97%, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga kiruvchi mamlakatlar – YaIMning 2,4%ini yo’naltiradi. Bu borada lider mamlakatlar – Finlyandiya, Isroil, Koreya bo’lib, mos ravishda innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar o’rtacha YaIMga nisbatan 3,55%, 4,2% va 4,36%ni tashkil etadi.
AQSHda agrar sohadagi fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida davlat katta sarmoya sarflaydi: bu ko’rsatkich yiliga qariyb 1 mlrd.AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag’lar federal byudjet (yarmidan kami) va shtat mablag’lari (qolgan qismi) hisobidan moliyalashtiriladi. Qonunga asosan, federal mablag’lar shtatlarga davlat tomonidan ajratilgan mablag’dan kam bo’lmagan hajmda, shtat
mablag’idan pul ajratilgan
taqdirdagina ajratiladi. Ayrim
shtatlarda fan-texnika va
innovatsiyalarga ajratilgan jami
mablag’ning 60%ni shtat
mablag’lari tashkil etadi. Qisman
davlat tomonidan nazorat qilinsa-da, mablag’larni qay bir sohaga
yo’naltirishni shtatlarning o’zi belgilaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda infratuzilma sohasini innovatsion
rivojlantirishda yangi texnologik park (texnopolis, innovatsion markazlar, inkubator va boshqalar) tuzilmalarini tashkil etish va
qo’llab-quvvatlashda hududiy davlat organlarining roli kattadir. Shtat va boshqa davlat organlari, odatda, infratuzilmani moliyalashtiradi, yer uchastkalarini imtiyozli shartlar asosida taqdim etadi va loyihalarga subsidiyalar ajratadi (Germaniya, Shveysariya, Avstriya tajribalari).
Texnoparklarni rivojlantirishning Yevropa tajribasidan ko’rish mumkinki, ular davlat tomonidan moliyalashtirilishi katta ahamiyatga ega. Markaziy va mahalliy byudjetlardan infratuzilma tarmog’ini rivojlantirish hamda texnoparklar qurishni moliyalashtirish rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagicha: Fransiyada – 74%, Germaniyada – 78%, Belgiyada – 100%, Niderlandiyada – 70%, Buyuk Britaniyada – 62%.shuningdek, rivojlangan mamlakatlar klaster tizimlari orqali innovatsiyalar joriy etishni keng qo’llamoqda. Ma‘lumki, ilgari ilmga asoslanib klasterlar yaratish faqat industrial mamlakatlarga xos edi. Hozirgi kunda esa boshqa rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, agrar-industrial mamlakatlarda ham
bu tizim mavjud.
Milliy innovatsiya tizimlari
(MIT) aksariyat hollarda texnologik
ukladlar almashinadigan davrlarda
shakllanadi.
Milliy innovatsion tizimni
―innovatsion jarayonlarga ta‘sir
ko’rsatuvchi, hukumat tomonidan siyosatni shakllantirish va
amalga oshirish uchun asos yaratuvchi va yangi texnologiyalarning yaratilishi va tarqatilishiga birgalikda yoki alohida ulush qo’shuvchi turli xil institutlarning umumiyligidir. Bu – yangi texnologiyalar rivojlanishini belgilab beruvchi vositalar, ko’nikmalar va bilimlarni yaratish, saqlash va transfert qilish uchun zarur bo’lgan o’zaro bog’liq institutlar tizimidir.
Innovatsiyalar tizimi yangi va iqtisodiy nafliligi yuqori bo’lgan bilimlarni shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanishda o’zaro hamkorlik qiluvchi unsurlar va munosabatlardan tashkil topadi va bunday milliy tizim milliy

davlatchilik chegaralarida joylashgan yoki shu hudud ichidan boshlanuvchi unsur va munosabatlarni o’z ichiga qamrab oladi.



MIT – bu milliy chegaralar doirasida yangi ilmiy bilimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni tijoratlashtirish bilan band bo’lgan o’zaro bog’liq tashkilotlarning umumiyligidir. Ayni chog’da, MIT – mustahkam milliy ildizlar, an‘analar, siyosiy va madaniy o’ziga xosliklarga ega bo’lgan innovatsion investitsion jarayonlarning amalga oshishini ta‘min etuvchi huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy tavsifdagi institutlar majmuidir.
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro’yobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o’zaro bog’liq bo’lgan tuzilmalar majmuasidir. MIT o’ziga ikki tarkibiy bo’linmani qamrab oladi: ilmiy ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini ta‘minlaydi.
Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion korxonalar hamda ularning faoliyat ko’rsatishining asosiy bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash) infratuzilmaga mansub bo’lgan davlat, ilm-fan va biznesning kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o’z ichiga oladi. Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy siklini qo’llab-quvvatlaydigan shunday institutsional tuzilmani vujudga keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning institutsional ―karkasini‖ qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin bo’ladi.

Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti sifatida davlatning o’rnini anglab olish o’ziga xos alohida e‘tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog’liq bo’lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo’ladi. Keltirilgan MIT sxemasida innovatsion korxonalar innovatsiyalarni yaratuvchi, ya‘ni ―yaratuvchi‖ korxonalarga va bu ishlanmalardan o’z faoliyatlarida foydalanuvchi innovatsion investitsion korxonalarga ajratiladi. Ikkinchi tur korxonalarini ―amaliyotchi‖lar deb, ataladi. Chunki korxonalar innovatsion tizimda innovatsiyalarning hayotiylik siklining barcha bosqichlarida vujudga kelish va tarqatishni ifoda etuvchi turli vazifalarni bajaradi.
―Amaliyotchi‖ korxonalar agar ―yaratuvchi‖ korxonalarga o’zlari uchun zarur bo’lgan innovatsion mahsulot va xizmatlarni buyurtma qilsalar, u holda ularni ―Mijozlar‖ toifasiga kiritish mumkin bo’ladi. Ushbu holatda ―yaratuvchi‖ korxonalar va mijozlar o’rtasidagi aloqalar ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun bitimlar tuzilishini ko’zda tutadi.
Amaliyotchi korxonalar ―yaratuvchi‖ korxonalarning mijozlari bo’lmagan holatlarda, ular ham mijozlar kabi ixtiro qilingan innovatsiyalardan foydalanish va ularning tarqatilishiga birdek mas‘ul bo’ladilar. Innovatsiyalarning tarqatilishi deyilganda innovatsion tovarni bozor tomon harakati emas, balki innovatsion investitsion korxonalar yaratuvchilar mehnati

natijasidan qancha ko’p korxonalar foydalanayotganliklarini nazarda tutadi, tabiiyki, ushbu vaziyatda innovatsiyalarning tarqalish maydoni shuncha katta bo’ladi.



Har qanday innovatsion korxona uchun kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri, bu albatta, moliyalashtirish manbalarini izlab topish bilan bog’liqdir. Moliyalashtirish manbalari sifatida kredit muassasalari, fond bozorlari, venchur fondlari va biznes- farishtalar (business angel) ishtirok etishlari mumkin. Innovatsion korxonalar moliyalashtirish manbalariga pul mablag’laridan foydalanganlik uchun o’ziga xos haq to’lov to’laydilar. Moliyalashtirish manbai bank bo’lgan holatlarda esa, bunday to’lov foiz stavkasi hisoblanadi.
Innovatsion investitsion korxonalarning o’zlari ham o’z mablag’lari hisobiga ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirishlari va mustaqil ravishda ularni bozorga joriy etishlari mumkin. Ushbu holatda mijoz sifatida buyurtmachilar emas, balki tovar va xizmatlarning yakuniy iste‘molchilari tushuniladi, chunki korxona faoliyatining natijasi bo’lib, boshqa biror-bir mahsulotning tarkibiy qismi sifatida foydalanishni nazarda tutmaydigan tugallangan pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar innovatsion korxonalar tomonidan mustaqil amalga oshirilayotgan va hali joriy etish bosqichiga o’tmagan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga e‘tibor qaratadigan bo’lsak, u holda ularga nisbatan xatti-harakatlar huquqni himoyalovchi hujjatlar patent, litsenziyalar berish orqali mulk huquqini himoyalash bilan cheklanadi.
Kredit muassasalari taqdim etilgan pul mablag’laridan foydalanganlik uchun oladigan to’lovlarini pasaytirish evaziga innovatsion korxonalar faoliyatini rag’batlantirishlari va pirovardida ular faolligini oshirishlari mumkin.

Innovatsion loyihalarni kreditlash borasida fond bozorini kredit muassasalarining muqobili sifatida ko’rsatishimiz mumkin. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida



shunday muhim xulosaga kelish mumkinki, innovatsion loyihalarni kreditlash borasida yuqorida sanab o’tilgan ikki muqobil o’rtasidagi farq shundan iboratki, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun fond bozori yetarlicha rivojlangan bo’lishi lozim, zero, fond bozori uchun doimo yuqori xatar va tavakkalchilik darajasi xosdir. Fond bozorining rivojlanganligi esa, milliy xo’jalikning xalqaro raqobat mexanizmiga qo’shilishi bilan bevosita bog’liqdir. Tadqiqotlarga ko’ra texnologik rivojlanish darajasi birmuncha past bo’lgan mamlakatlarda fond bozorlarining yopiqligi natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlar unchalik ham katta emas. Taraqqiy etgan innovatsion tizimlarda fond bozorlari resurslaridan ham keng foydalaniladi.
Innovatsion tizim rivojlanishida moliya bozorlarining o’rni katta bo’lsa-da, aytish lozimki, innovatsion tizimning intensiv rivojlanishining zarur va eng muhim shartlaridan biri, bu xususiy mulk tamoyillarini amalda ro’yobga chiqarishdir. O’zbekistonning MITini faoliyat ko’rsatish modelida xususiy mulk tamoyillarini ro’yobga chiqarish, mulk huquqini himoyalashni ifoda etuvchi davlat va innovatsion investitsion korxonalarning o’zaro bog’liqligi sifatida aks ettirilgan. Bunda davlatning asosiy iqtisodiy vazifasi bu – mulk huquqini alohidalashtirish, uning qonuniy kafolatlarini va shuningdek, tovarlar bozori agentlari o’rtasida qonuniy bitimlarni amalga oshirishda vujudga keladigan mulk huquqi borasidagi o’zgarishlarni himoya qilishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimi chizmasida mahalliy va markaziy davlat boshqaruvi organlarining barchasi davlat sifatida tushuniladi. Davlat o’zining asosiy

iqtisodiy vazifalarini bajarayotganligi uchun, barcha korxonalarda bo’lgani kabi, innovatsion korxonalardan ham soliqlar ko’rinishida to’lovlar undiradi. Davlat subvensiyalar,grantlar ajratib, biznes-inkubatorlar xizmatini taklif eta borib, innovatsion korxonalar faoliyatiga ko’maklashadi. Davlat, shuningdek, yangi iqtisodiy xulq qoidalarini ishlab chiqishi yoki mavjudlarini o’zgartirishi ham mumkin.



MITda oliy ta‘lim muassasalari innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan bo’lsa, u holda, u innovatsion investitsion korxonaning faoliyat ko’rsatish shakllaridan biri sifatida mazkur sxemada ― innovatsion investitsion korxona‖ elementida aks ettiriladi. Bu ta‘lim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli o’zgarishini anglatmaydi, balki aksincha, ta‘lim muassasasi innovatsion tizimda qanday vazifani bajarayotganligini ko’rsatib beradi. Mazkur muassasalarning asosiy funksiyasi bo’lib, bu ta‘lim-tarbiya faoliyati hisoblanadi (O’zbekistonda 40 foiz atrofidagi oliy ta‘lim muassasalari ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga jalb etilgan)1 chizmada ular o’zlarining asosiy bajaradigan vazifalari bo’yicha aks ettirilgan.
Mazkur modelda innovatsion investitsion korxonalar bilan bir qatorda innovatsion tizimning tashkil etuvchilari bo’lgan boshqa elementlar bilan davlat o’rtasida avvaldan mavjud transfertlar, subsidiyalar, davlat xaridlari va qarzlari kabi klassik o’zaro aloqalarni inkor etmaydi. Ushbuga bog’liq ravishda aytish mumkinki, mazkur model barchaga yaxshi ma‘lum bo’lgan davlat va iqtisodiyot (uy xo’jaliklari, firmalar, tovar va xizmatlar bozori)ning o’zaro ta‘sirlashuv modelini to’ldiradi.
Agar davlat, davlat korxonalari yoki hokimiyat organlari sifatida davlat xaridlarini amalga oshiradigan bo’lsa, u holda chizma doirasida ―mijozlar‖ unsuriga mansub bo’ladi,

chunki davlat mazkur vaziyatda innovatsion korxonalar uchun aynan mijoz‖ vazifasini bajaradi. Agar davlat innovatsion investitsion korxonalarga qarz mablag’lari taqdim etadigan bo’lsa, u holda u ― moliyalashtirish manbalari‖ elementiga mansub bo’ladi. Davlat bundan tashqari innovatsion jarayonlarda davlat sug’urta kompaniyalari yoki davlat innovatsion investitsion korxonalari sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Shu tariqa aytish mumkinki, ma‘lum vaqt oralig’ida bajaradigan aniq funksiyalariga qarab, davlat innovatsion tizimning turli elementlari sifatida MITning rivojlanishida ishtirok etadi.



Innovatsion tizimni tahlil etar ekanmiz, ushbu faoliyatni amalga oshirish tavakkalchilik va xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanishini e‘tiborga olib, infratuzilmaning alohida unsuri sifatida sug’urta kompaniyalarining o’rni beqiyosdir. Davlatning sug’urta bozorini rag’batlantirishi innovatsion korxonalar va ularning mijozlari faoliyatlari xatarlarini sug’urtalash miqdorini o’sishiga olib keladi. Bu innovatsion investitsion korxonalar va ularning mijozlarining qarzdor sifatidagi mavqelari ko’tariladi, bank sektori esa bu xil iqtisodiy agentlarga kredit mablag’lari taqdim etishdan yuqori darajada manfaatdor bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimining faoliyat ko’rsatishi chizmasidagi ―jamoat tashkilotlari‖ elementi innovatsion investitsion korxonalarning manfaatlarini ifoda etadi. Ular o’rtasida birmuncha mashhurlari bo’lib, asosan kichik va o’rta biznes vakillari manfaatlarini himoya qiluvchi O’zbekiston Respublikasi ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi‖ hisoblanadi.

Texnoparklar to’g’risida shuni aytish mumkinki, ular mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, oliy o’quv yurtlari, innovatsion investitsion korxonalar bilan uzviy aloqada bo’lgan


tashkilotlardir. Bu ularga ma‘lum bir hududda qulay innovatsion muhitni shakllantirish va innovatsion tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash imkonini beradi. Innovatsion-texnologik markazlar kadrlar tayyorlash va o’qitishni amalga oshiradi, innovatsion korxonalar bilan birgalikda tadqiqotlar o’tkazadi va shuningdek, ularni dastlabki bosqichlarda moliyalashtiradi. Aytilganlardan ko’rinib turibdiki, innovatsion texnologik markazlar innovatsion korxonalarni moliyalashtirish manbai ham bo’lishi mumkin. Shuni ta‘kidlab o’tish lozimki, chizmada moliyalashtirish manbalari va mijozlarning to’liq va mumkin bo’lgan barcha shakllari ham keltirilmagan. Misol uchun, moliyalashtirish manbai sifatida sug’urta kompaniyasi yoki pensiya fondi chiqishi mumkin, lekin bu amaliyotda juda kam uchrashi sababli, chizmada moliyalashtirishning birmuncha ishonchli manbalari aks ettirilgan. Ko’rsatib o’tilgan moliyalashtirish manbalari o’rtasidagi farq innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilishda ifodalanadi. Dastlabki shaklda innovatsion korxonalar mustaqil ravishda investitsiyalarni amalga oshiradilar, moliyalashtirishning mustaqil manbalari esa pul mablag’laridan foydalanganlik uchun asosan foiz ko’rinishida to’lov oladilar. Ikkinchi shaklda esa innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilish huquqi yo birgina mijozning o’ziga, yoki mijoz va innovatsion korxona–yaratuvchiga tegishli bo’ladi.
Chizmada sug’urtalashga alohida e‘tibor qaratilishi, innovatsion faoliyatni amalga oshirishning yuqori xatarliligi va shu bois innovatsion faoliyatni amalga oshirishda sug’urtaning ahamiyati katta ekanligi bilan izohlanadi. Mamlakat innovatsiontizimining egiluvchan subyekti sifatida davlat o’rnining ochib berilishi taklif etilayotgan chizmaning o’ziga xosligi bo’lib hisoblanadi. Davlat mazkur tizimda, tizimning qolgan barcha

unsurlaridan teskari aloqani qabul qilib oluvchi unsur sifatida ishtirok etadi. Ushbu holatlardan davlat innovatsion tizimda bajarishi mumkin bo’lgan ko’plab vazifalar, xususan, mulk huquqini himoyalash, shaxs madaniyati va xulq-atvor qoidalarini shakllantirish, subvensiyalar berish va biznes-inkubator xizmatlarini ko’rsatish, jamoat tashkilotlari, texnoparklar va innovatsion texnologik markazlar bilan hamkorlik qilish va shu kabilar kelib chiqadi. Shu tariqa, davlat yaxlit tarzda mamlakat innovatsion tizimini o’zgartirish va kerakli tomonga yo’naltira olish imkoniga ega bo’lgan tizim elementi sifatida maydonga chiqadi. Sxema subyektlar funksiyalari va subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirishdagi o’zining egiluvchanligi bilan
ajralib turadi. Bu holat innovatsion
tizimning biror-bir subyekti
tomonidan vaqtning ma‘lum bir
oralig’ida bajarilayotgan
vazifalarga bog’liq ravishda,
mazkur subyekt yoki elementning
innovatsion tizimning turli
unsurlariga mansub bo’lib borishida namoyon bo’ladi.
Modelda davlat yaxlit holda mamlakat innovatsion tizimiga
ta‘sir ko’rsatadi. Tizimning innovatsion korxonalar, kredit muassasalari, sug’urta kompaniyalari, jamoat tashkilotlari, ta‘lim muassasalari kabi unsurlaridan davlat teskari aloqa axborotlarini qabul qilib oladi, bu esa davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalarini, ularning qanchalik samarali bo’lganligini baholash bilan bir qatorda, qo’yilgan maqsadlarga

erishish borasida yana qanday tadbirlar qo’llash lozimligini tushunib olish va tahlil qilish imkonini ham beradi.



Venchurli investitsiyalash innovatsiyalarni moliyalashtirish borasida kredit muassasalarining muqobili sifatida xizmat qilishi mumkinligini, bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribasi yaqqol isbotlab turibdi. Innovatsion investitsiyalashning mazkur turi ta‘minot va garovsiz amalga oshiriladi va u ko’pincha o’zida aksiyalar paketi ulushiga ayriboshlash hisobiga aksiyadorlik kapitaliga uzoq muddatli investitsiyalarni ifoda etadi. Innovatsion korxonalar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida xavf-xatar darajasining yuqori darajada bo’lishini inobatga olgan holda, bunday korxonalarni moliyalashtirishda venchur fondlar hal qiluvchi o’rin tutishi mumkin, zero, bunday fondlar moliyalashtirilayotgan korxona muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham bunday yo’qotishlarga oldin tayyor turadilar. O’z- o’zidan ayonki, moliyalashtirilayotgan korxonalar muvaffaqiyatga erishgan taqdirda, moliyalashtirishning bu turi yuqori foyda me‘yori bilan taqdirlanadi.

Yüklə 6,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə