2. mavzu. Iqtisodiyotning r



Yüklə 6,39 Mb.
səhifə3/8
tarix30.09.2023
ölçüsü6,39 Mb.
#125077
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Mavzu Iqtisodiy xavfsizligi

Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash
yo’llari
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi va ijtimoiy rivojlanishini ta‘minlashga, hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanganlik holati sifatida tafsiflanadi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
 shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari
mutanosibligiga rioya qilish;
 xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha shaxs, jamiyat va
davlatning o’zaro mas‘uliyatli bo’lishi;
 xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o’zi, uning iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat tashkil etadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo’lib,ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o’z bilimi, kasb, malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo’lgan intilishiga asoslanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishiga asoslanadi.

Inson xavfsizligiga tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o’sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o’zgarishlar, bozor konyunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, jamiyatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi, tashqi tabiiy atrof-muhitning zararlanishi yoki yomonlashuvi hamda ma‘lum ijtimoiy harakatlar tufayli vujudga keladi.
Tahdidlar, shuningdek, turli
davlatlar hamda ular bilan
hamkorlik qiluvchi siyosiy
va ijtimoiy hamkorlik
kuchlari o’rtasidagi nizo,
ziddiyat, qarama-
qarshiliklarning kuchayishi sababli ham vujudga kelishi mumkin.
Tahdidlar tarkibida shaxsga tajovuz, zo’ravonlik alohida xususiyatga ega. Ijtimoiy jihatdan zo’ravonlik inson shaxsini kamsitish, diskriminatsiya qilish, uning erkinligi va huquqlarini cheklash orqali shaxsning hayoti va iqtisodiy faoliyatiga tahdid solishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o’z ifodasini topadi.
Shaxs va oila iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi uning o’z oldiga noto’g’ri maqsadlar qo’yganligi, bilim, kasb-malaka darajasining pastligi tufayli kam haq to’lanadigan ishlarda
ishlaganligi sababli, raqobat kurashida sinishi, bozori kasod bo’lishi, ishsiz bo’lib qolganligi, uzoq vaqt ish topa olmasligi yoki daromadi kam bo’la turib bolalari ko’p bo’lishi, qariganligi va turli kasalliklar hamda shikast olganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo’qotganligi, boquvchisidan ayrilib qolishi yoki omadsizlik tufayli sodir bo’ladi.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol o’ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini va tadbirkorligini o’stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekistonda davlatning
ijtimoiy siyosati quyidagilarga
qaratilgan:
 fuqarolarning erkin
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat, kasb-korlik turlarini
hamda sohalarini erkin tanlash
kabi konstitutsiyaviy huquqlarini
ta‘minlashga;
 mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
 aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlashga;
 ta‘lim, ijtimoiy sug’urta, sog’liqni saqlash tizimlarini isloh qilish yo’li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan zarur kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va
mulkka egalik darajasi bo’yicha keskin tabaqalashuvining oldini
olish hamda aholining to’lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o’sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta‘minlash ko’plab omillarga bog’liq bo’lgani holda, ularni shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri nuqtayi nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy jarayonlarning yuz berishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi omillar, shu bilan bir qatorda, shaxsning bevosita xatti-harakatlari natijasida paydo bo’luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish insonlarning bevosita xatti-harakatlariga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Shaxsning moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi borasidagi tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub:
 inflatsiya;
 pensiya ta‘minoti muammolari;
 iqtisodiyotning dollarlashuvi;
 bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi;
 aholining haddan tashqari ko’p kreditlanishi va boshqalar.
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar
keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning dollarlashuvi, valyuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi jamg’armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar tomonidan banklarga qo’yilgan omonatlarning yo’qotilish xavfini vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham, istiqbolda qarzdorlarning o’z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O’zbekiston fuqarolarining bank kreditlari bo’yicha qarzdorligi o’sib bormoqda. Olinayotgan

har to’rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag’al oilalar o’z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini bank kreditlarini to’lashga sarflamoqdalar.
Tahdidlarning ikkinchi guruhiga insonning bevosita o’zi ta‘sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar kiritilgan:
 moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi va shaxsiy jamg’armalarni himoya qilish borasida yetarlicha malaka va tajribaning yo’qligi;
 qarz olishda o’ylab ish tutmaslik;
samarasiz investitsiyalar;
 moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shoshma-
shosharlik qilish;
 qonunlarni bilmaslik va hokazolar.
Moliyaviy savodxonlik va shaxsning investitsiyaviy siyosati shaxs hayotining moliyaviy-iqtisodiy asosini tashkil etadi. Moliyaviy-iqtisodiy asoslar qanchalik mustahkam bo’lsa, shaxs shuncha o’z ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olish va o’zining farovon kelajagini ta‘min eta olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bugungi kunda moliyaviy mustaqillik muhim o’rin tutishini inobatga olsak, fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish qanchalik muhim ekanligini ilg’ash qiyin emas. Buning uchun shaxsiy moliyaviy xarajatlarni rejalashtirish, ularning doimiy hisobini yuritib borish, bank va boshqa moliyaviy institutlarning xizmatlarini o’rganish, investitsiyalarni diversifikatsiyalash tamoyilidan amaliyotda foydalanish, iqtisodiy axborotlar, tahliliy maqolalar va sharhlar bilan tanishib borish talab etiladi.
Shaxsning temir yo’llardagi xavfsizligi o’z ichiga ko’plab
jihatlarni qamrab oluvchi, shubhasiz keng qamrovli tushuncha

hisoblanadi. Mazkur holatni sinchkovlik bilan o’rganish uchun, eng avvalo, shaxs o’z hayotining u yoki bu davrida huquqiy nuqtayi nazardan kim va qanday maqomda ishtirok etishiga oydinlik kiritib olishimiz lozim. Bunga bog’liq holda temir yo’llarda shaxsning xavfsizligi yoki uning turli xavf-xatarlardan himoyalanganligini ta‘minlashga juda ko’p omillar ta‘sir ko’rsatadi.


Shunday qilib, shaxs temir yo’l transporti obyektlarida bo’lgani va uning xizmatlaridan foydalangani holda, u:
 temir yo’l transporti xodimi;
 yuk qabul qiluvchi;
 yo’lovchi va yoki boshqalar sifatida ishtirok etishi mumkin.
Temir yo’l transporti xodimi sifatida shaxs uchun birinchi
navbatda uning xavfsizligini ta‘minlash nuqtayi nazaridan shaxsning mehnat huquqlarining himoyalanganligi muhim o’rin tutadi. Yuk qabul qiluvchi uchun esa jismoniy shaxs hamda yuridik shaxsning vakili sifatida u bilan transport kompaniyasi o’rtasida yuk tashish xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha shartnomalarning o’z vaqtida to’la-to’kis bajarilishini ta‘minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Oddiy yo’lovchi yoki tasodifan temir yo’l transporti obyektlarida bo’lib qolgan shaxs uchun birinchi navbatda uning hayot xavfsizligi va turli jinoiy unsurlarning qurboniga aylanib qolmasligini ta‘minlash muhim hisoblanadi.
Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e‘tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biror-bir kishining o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to’sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta‘minlash zarurligiga



asoslanadi. Fuqarolar (jismoniy
shaxslar) va yuridik shaxslar o’z
fuqarolik huquqlariga o’z
erklariga muvofiq ega bo’ladilar
va bu huquqlarini o’z
manfaatlarini ko’zlab amalga
oshiradilar. Ular shartnoma
asosida o’z huquq va burchlarini
belgilashda va qonun hujjatlariga
zid bo’lmagan har qanday
shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar
va moliyaviy mablag’lar O’zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda bo’ladi. Xavfsizlikni ta‘minlash, insonlarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish, tabiatni hamda madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo’lsa, tovarlar va xizmatlar harakatda bo’lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-
oktabrdagi ―Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini

kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PF–4850-son1, 2017- yil 7-fevraldagi ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida‖gi PF–4947-sonli Farmonlarining qabul qilinishi2 mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirishda, fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta‘minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Mazkur farmonlarda belgilangan chora-tadbirlar o’z navbatida ― 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi‖ hamda ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖ Davlat dasturida o’z aksini topdi.


Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo’ladilar. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Taraqqiyot strategiyasining adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishida 53-maqsad Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta‘minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi ―Sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi PF-4850-son Farmoni.

himoyasini kuchaytirish. Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash darajasini 60 foizga yetkazishdan iborat etib belgilangan. Shuningdek, unda majburiy ijtimoiy kafolatlar bo’yicha qonunchilikni tizimlashtirish va takomillashtirish, belgilangan ijtimoiy himoyaning qat‘iy ta‘minlanishini nazorat qilish, majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan, ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayoniga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish vazifalari belgilangan.


Fuqarolik qonun hujjatlari Fuqarolik kodeksi, fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonun osti hujjatlaridan iborat. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin.
Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo’yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo’llaniladi. Fuqarolarning mamlakat fuqarolik qonunchiligiga bo’ysunmasligi shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida jiddiy xavf-xatarlarni vujudga keltiradi.
O’zbekiston fuqarosi xoh havo, xoh temir yo’l transporti yo’lovchisi bo’lmasin, uning xavfsizligini ta‘minlashda kriminalogik, jinoyat qurboni bo’lib qolmasligini ifoda etuvchi viktimologik jihatlarga birinchi navbatda e‘tibor qaratish talab etiladi.
Viktimologiya kriminalogiyaning jinoyat qurbonining xususiyatlari va xulq-atvorini, uning jinoyat sodir etilgan vaqtda va u sodir qilingandan keyin jinoyatchi bilan bo’lgan




munosabatlari, o’zaro aloqalarini o’rganadigan mustaqil yo’nalishi hisoblanadi. Shu sababdan ham, jinoiy xulqning sabablari o’rganilayotganida uning viktimologik jihatlariga e‘tibor berish kerak. Viktimologiya jinoiy xulqni jabrlanuvchining jinoyat qurboniga aylanishi uchun shart-sharoit yaratgan xususiyatlarini o’rganish asosida tadqiq etadi. Viktim xulq ehtiyotsizlik, tavakkalchilikning natijasi bo’lib, jabrlanuvchining o’ziga xavf tug’diradi va kriminogen vaziyatni vujudga keltirishi mumkin, ayrim hollarda esa jinoyatning sodir etilishiga imkon yaratadi. Olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalari va jinoyatlar statistikasi huquqqa xilof qilmishlarning jinoyat qurbonining xulq- atvori bilan bevosita aloqadorlikda, xususan, ular jabrlanuvchilar ahvolininig xususiyatlari (mast holdaligi), sog’lig’i darajasi (eshitish, ko’rish qobiliyatining pastligi), ruhiy holati, o’zining shaxsi, sha‘ni, qadr-qimmatining xavfsizligi va mulkining saqlanishiga beparvolarcha munosabatda bo’lish; o’ziga nisbatan sodir etilgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor etishni istamasligi; qonunga xilof bo’lgan bitimlar tuzish va h.k. bilan bog’liqlikda sodir etilishini ko’rsatadi. Viktimologik tadqiqot ikkita asosiy: jinoyat (maxsus) va jinoyatchilik (umumiy)ning o’zaro bog’liqligini o’rganish darajasida olib boriladi.
Davlat shaxs xavfsizligini ta‘minlash va baholash uchun jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni vujudga keltirishi mumkin bo’lgan tahdidlarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:


 iqtisodiyotni rivojlantirish
va erkinlashtirish, iqtisodiy
faoliyat va tanlash erkinliklarini
vujudga keltirish orqali kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojlanishini har tomonlama
qo’llab-quvvatlash hamda
iste‘molchilar manfaatlari va
huquqlarini himoya qilish;
 fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy erkinliklari va huquqlarini ta‘minlashning samarali mexanizmlarini vujudga keltirish;
 jamiyatda aholining tor doirada nihoyatda boy-badavlat va kelajagiga ishonchini yo’qotgan nihoyatda kambag’al kishilarga ajralishi, ularning daromadlari o’rtasida farqning kattalashib borishiga yo’l qo’ymaslik;
 ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan darajada ishsizlik o’sishining oldini olish, yangi ish o’rinlarini yaratish, mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligini o’stirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
 kambag’allik va qashshoqlik muammosini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan darajada aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, kam ta‘minlangan aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini vujudga keltirish;
 tashkiliy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, narkomaniya va boshqa ijtimoiy illatlarning o’sishi uchun sharoit vujudga kelishining oldini olish.
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi kambag’allikka qarshi kurash hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida, 2020-yilning yanvar-




iyun oylarida 2020-yilning yanvar iyun oylarida, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta‘sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo’lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo’lmagan aholiga xizmatlar ko’rsatildi. Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o’rinlariga ishga joylaytirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta‘minlandi, 15 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o’qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan 10,1 milliard so’m ishsizlik nafaqasi to’lab berildi. Shuningdek, Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo’jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a‘zo sifatida biriktirilib, band qilingan, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo’llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko’mak ajratilgan1.
O’zbekistonda inqiroz davrida yordamga muhtoj aholi qatlamiga (koronavirus pandemiyasi tufayli ishlay olmayotgan oilalar, chet eldan qaytgan va xorijga ishlashga qaytib keta olmagan migrant ishchilar, yolg’iz yashovchi qariyalar) e‘tibor qaratish orqali ularni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlar ajratilishi oshirishga qaratilgan choralar ko’rildi. Jumladan, oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillari soddalashtirildi. 2020- yilning mart oyida nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshirilishi sababli ularning soni 596 mingtadan 655


mingtaga oshdi. Keyinchalik, nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi avtomatik tarzda uzaytirilishi, adresatlardan tegishli arizalar yangidan berilishi talab etilmasligi belgilanganligi natijasida, nafaqa oluvchilar soni 719 mingtagacha oshirildi; 2020-yilning may oyida e‘lon qilingan aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha navbatdagi choralarga ko’ra, qo’shimcha 220 mlrd.so’m miqdoridagi mablag’lar ajratilishi hisobiga nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo’shimcha yana 10 foizga oshirildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ta‘kidlaganlaridek, qisqa muddatda Toshkent
shahri va hududlarda
barcha sharoitlarga ega
bo’lgan qariyb 30 ming
o’rinli davolash
maskanlari tashkil etildi.
Ular zarur dori-darmon,
himoya va eng
zamonaviy diagnostika
vositalari bilan ta‘minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun
200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi. Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar ko’rsatildi. Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so’mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamg’arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq tadbirlarga


byudjetdan 16 trillion so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Shuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so’mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amaliy yordamlar berildi. ―Saxovat va ko’mak‖ umumxalq harakati doirasida fidoyi va olijanob vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 trillion so’mdan ortiq moddiy yordam ko’rsatildi1.
Endilikda, shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash nafaqat davlat boshqaruvi organlari, hukumat, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat va nodavlat-notijorat tashkilotlarining birgalikdagi sa‘y-harakatlarigagina, balki har bir fuqaroning o’ziga ham bog’liqdir. Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga tahdidlarga munosabatda insonning ruhiy holatini faollik, bag’rikenglik (tolerantlik), chidamlilik kabi qobiliyat va sifatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muxtasar aytganda, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qayd etilgan inson hayotini yaxshilashga, uning turmush tarzini yuqori bosqichga ko’tarishga qaratilgan, xususan, ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta‘minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy- joylar bilan ta‘minlash, uy-joy va kommunal xo’jaligini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish tadbirlari ham inson xavfsizligini ta‘minlash Konsepsiyasida o’z ifodasini topishi lozim.


Yüklə 6,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə