2-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida koordinatalar tizimlari


-rasm. Yerning mintaqalarga bo‘linishi va tekis to‘g‘ri burchakli koordinata tizimi. Rasmda o‘ngda yer shari va mintaqalarni umumiy ko‘rinishi keltirilgan



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/3
tarix24.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#118843
1   2   3
2-ma\'ruza YMSH 2

2.4-rasm. Yerning mintaqalarga bo‘linishi va tekis to‘g‘ri burchakli koordinata tizimi. Rasmda o‘ngda yer shari va mintaqalarni umumiy ko‘rinishi keltirilgan

Xaritada har qaysi zona kvadratlar to‘ri bilan qoplanadi, bu to‘r ma’lum kilometrlarda koordinata o‘qlariga parallel qilib o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqlardan iborat. Bunday to‘r kilometrlar to‘ri deb ataladi.


Yuzadagi har qanday nuqtaning holati koordinatalar bilan, ya’ni shu nuqtadan X va Y o‘qlariga tushirilgan perpendikulyarlarning uzunligi bilan belgilanadi. X o‘qiga parallel perpendikulyarlar abssissalar, Y o‘qiga parallellari ordinatalar deb ataladi. Abssissalar o‘qi va ordinatalar o‘qi deb atalgan o‘zaro perpendikulyarlar XX va YY to‘g‘ri chiziqlar to‘g‘ri burchakli ixtiyoriy koordinatalar tizimini tashkil etib, ular o‘zaro kesishgan O nuqta ixtiyoriy koordinatalar tizimining boshi bo‘ladi. Koordinatalar o‘qlari chizmada tekislikni to‘rt qismga bo‘ladi. Bu qismlar I-(Sh.ShQ), II-(J. ShQ), III-(J.G‘a) va IV-(Sh.G‘a) choraklar deyiladi, ularning ishoralari esa geometriyada qabul qilingan ishoralar kabi bo‘ladi. avtomobil yo‘llarini qidiruvida qo‘llangan to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi o‘ng tizim deb yuritiladi.
Kichik xududlarni tasvirlashda mahalliy to‘g‘ri burchakli yassi koordinata, hamda qutbiy koordinata usullaridan foydalaniladi.
To‘g‘ri burchakli yassi koordinata tizimida nuqtalarning o‘rni ordinata o‘qi (Y) va absissa o‘qi (X) nisbatan aniqlanadi.



2.5-rasm. To‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi (rasmda rim raqamlari bilan choraklar ko‘rsatilgan)

Absissa o‘qi bilan ordinata o‘qi kesishgan nuqta koordinata boshi deb yuritiladi (2.5-rasm). Rasmga ko‘ra, M nuqtaning koordinatasi Um va Xm bo‘ladi.


Qutbiy koordinata usulida nuqtaning o‘rni biror malum chiziq yo‘nalishida aniqlanishiga asoslangan va bu usul joyning tasvirini olishda qo‘llaniladi.
Balandlik tizimi;
MDH mamlakatlari uchun Rossiyadagi Boltiq dengizining o‘rtacha ko‘p yillik suv satxi, boshlang‘ich satxiy yuza deb qabul qilingan. Bu balandlik tizimi Boltiq tizimi deb yuritiladi. Shu tizimda yer yuzasidagi A va V nuqtalar balandliklari Na va Nv kattaliklar mutlaq balandliklar deyiladi va quyidagicha Nabs BS deb yoziladi.
Ikki mutlaq balandliklar farqi nisbiy balandlikni ko‘rsatadi va nisbiy balandlik deyiladi (2.6-rasm).

2.6-rasm. Sathiy yuzadan o‘lchangan mutlaq balandliklar va nisbiy balandlikni ko‘rinishi

Agar balandliklar boshqa biror shartli satxiy yuzadan boshlab hisoblansa, bu balandliklar shartli balandlik deyiladi.


Nazorat savollari:
1. Avtomobil yo‘llarini qidiruvi qanday ilmiy-amaliy fanlarga bo‘linadi?
2. Absissa va ordinata o‘qlari nima?
3. Meridian va paralell chiziqlar nima ?
4. Avtomobil yo‘llarini qidiruv da qanday balandliklar tizimi qo‘llaniladi?
Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə