2-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida koordinatalar tizimlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/3
tarix24.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#118843
1   2   3
2-ma\'ruza YMSH 2

2.1-rasm. Yerning shakli
Yer ellipsoidini turli o‘lchamlari haqida ma’lumot
2.1-jadval

Olimlarning ismi sharifi

Yer ellipsoidining hisoblangan yili

Yellipsoid katta yarim o‘qi a ning uzunligi, m

Qutblarning siqiqligi
1/α

Delamber

1800

6375653

1:334,00

Bessel

1841

6377397

1:299,15

Xeyford

1909

6378388

1:297,00

Krasovskiy F.N.

1940

6378245

1:298,30

WGS-84(AQSh)

1984

6378137

1:298,257

Avtomobil yo‘llarini qidiruvda qo‘llaniladigan proeksiya va koordinatalar tizimi;


Avtomobil yo‘llarini qidiruvda yer yuzini plan va xaritalarda tasvirlash uchun gorizontal proeksiyalar usuli qo‘llaniladi. Bu usul yerninng tabiiy yuzasidagi AVSDE nuqtalarini satxiy, ya’ni gorizontal yuzaga vertikal chiziqlar orqali proeksiyalanishidan (shovun chizig‘i yo‘nalishida), satxiy yuzada a, b, s, d, ye nuqtalar hosil qilinishidan iborat bo‘lib, hosil bo‘lgan nuqtalar yerning tabiiy yuzisidagi nuqtalarning gorizontal proeksiyasi deyiladi (2.2-rasm).

2.2-rasm. Tabiiy yuzadagi nuqtalarning MN teksligidagi proeksiyasi (chapda) va joyidagi ko‘pburchakli shaklning tekislikda ko‘rinishi (o‘ngda)

Avtomobil yo‘llarini qidiruvida juda ko‘p turdagi koordinatalar sistemalari qo‘llaniladi. Quyida ulardan ko‘proq qo‘llanadiganlari – muhandis qidiruv (geografik) koordinatalar va Gauss – Kryugerning yassi burchakli koordinatalar tizimlari ko‘rib chiqiladi.


Bosh meridian va ekvator teksliklari geografik tizimning asosiy koordinata teksliklari hisoblanadi. Grinvichdagi (Angliya) observatoriyaning bosh minorasi markazidan o‘tadigan meridian boshlang‘ich meridian deb qabul qilingan. Bu koordinatalar tizimida N nuqtaning sferadagi o‘rni, shu nuqtada NO tik chiziq bilan ekvator teksligi orasida hosil bo‘lgan φ burchak shuningdek, shu nuqtadagi teksligi PNNP1 bilan boshlang‘ich meridian teksligi RMER λ, orasidagi λ burchak bilan belgilanadi (2.3-rasm).

2.3-rasm. Yer ellipsoidi va undagi gografik koordinalarni ko‘rinishi

Bunda λ burchak N nuqtaning geografik kengligi, φ burchak esa geografik uzunligi deb ataladi. Ekvatordan shimolga qarab hisoblanadigan geografik kenglik (0 dan 900 gacha) – shimoliy, janubga qarab hisoblanadigan kenglik – janubiy kenglik deyiladi. Boshlang‘ich meridiandan sharqqa qarab hisoblanadigan geografik uzunlik (0 dan 1800 gacha) – sharqiy uzunlik deb ataladi va “+” ishora, g‘arbga qarab hisoblanadigani – g‘arbiy uzunlik deb ataladi va “-“ ishora bilan ifodalanadi.


Avtomobil yo‘llarini qidiruvida muxandislik masalalarini yechishda murakkab hisoblashlar talab qilinmaydigan Gauss – Kryuger yassi to‘g‘ri burchagi Gauss-Kryuger proeksiyasi deb yuritiladigan koordinatalar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tizimning moxiyati quyidagicha: yer shari shimoliy qutbdan janubiy qutbga qarab davom etgan 60-li yoki 30 li zonalarga (mintaqa) bo‘linadi, keyin AV o‘qi sferaning markazi O dan o‘tadigan qilib silindr ichiga chiziladi, shunda u yer ekvatori teksligida joylashgan bo‘ladi; sferaning o‘zi esa silindrga o‘rta meridian RR1 bo‘ylab tegib turadi. Zonani silindrning yon yuzasiga proeksiyalab yoyilsa, zona proeksiyasining tekislikdagi tasviri hosil bo‘ladi. Zonaning o‘rta meridiani absissalar o‘qi (X), o‘rta meridianga perpendikulyar va to‘g‘ri chiziq shaklidagi ekvator ordinatalar o‘qi (Y) deb qabul qilingan.
Abssissalar ekvatordan qutublarga qarab hisoblanadi, shimoldagi miqdorlar musbat, janubdagi absissalar manfiy ishoraga ega bo‘ladi. Ordinatalar o‘qi meridiandan hisoblanadi, bunda sharq tomonidagi ordinatalar miqdori musbat, g‘arb tomonidagi esa manfiy bo‘ladi (2.4-rasm).


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə