2-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida koordinatalar tizimlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/3
tarix24.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#118843
  1   2   3
2-ma\'ruza YMSH 2


2-MAVZU:
AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUVIDA KOORDINATALAR
TIZIMLARI
Reja:

  1. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida koordinatalar tizimi xaqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida qo‘llaniladigan koordinata tizimlari.

  3. Balandliklar tizimi.

  4. Yer yuzasidagi nuqtaning mutloq, nisbiy va shartli balandligi.

Avtomobil yo‘llarini qidiruvi va loyihalash fani turli ilmiy - amaliy fanlar bilan uzviy aloqada bo‘lib, yerning shakli va gravitatsiya maydonini o‘rganishda mexanika qonunlari asosida amalga oshiriladi. Matematikani nazariyalariga asoslanib muhandis qidiruv o‘lchash natijalari ishlab chiqiladi. Fizika fani, ayniqsa uning optika, elektronika va radiotexnika bo‘limlari muhandis qidiruv asboblarini ishlab chiqish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga kerak. Avtomobil yo‘llarini qidiruv, astranomiya, geologiya, geomorfologiya, geografiya va boshqa fanlar bilan aloqada bo‘ladi.


Avtomobil yo‘llarini qidiruvi va loyihalash fani - eng qadimiy fanlardan hisoblanadi. Arxeologlarning aniqlashicha, qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy, Gresiya, o‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalq­lari o‘z ehtiyojlari uchun dehqonchilik qilish va sug‘orish kanallari­ni qazish, turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o‘zaro taqsimlash kabi masalalarni yechishda muhandis qidiruv o‘lchashdan foydalangan.
O‘rta Osiyolik „Yer surati“ nomli asar muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy (973 — 1048 yy.) o‘z hayoti­da yozgan 150 ta asaridan 40 tasini avtomobil yo‘llarini qidiruv faniga bag‘ishlab, boy va qimmatli ma’lumotlar qoldirgan, Axmad Al-Farg‘oniy, Farobiy, Mirzo Ulug‘bek kabi yirik olimlar avtomobil yo‘llarini qidiruv soxasida turli o‘lchash va izlanishlar olib borishgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida xam Avtomobil yo‘llarini qidiruvi soxasida turli izlanishlar, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va uning korxonalari tomonidan ma’lum darajada turli muhandis qidiruv ishlar olib borilmoqda.
Avtomobil yo‘llarini qidiruvida planetamizni okean va dengizlarning tinch turgan holatidagi suv sathini quruqliklar bilan fikran davom ettirish orqali chegaralash natijasida hosil bo‘lgan geometrik shakli geoid. Bunday yopiq yuza – satxiy yuza deyilib, u xamma nuqtada yerning tortish kuchi yo‘nalishida traektoriya chizig‘iga perpendikulyar bo‘ladi.
Qidiruv kartografik hisoblarda geoid yuzasini eng yaqin matematik shakli ellipsoid deb qabul qilinadi. Ayrim holatlarda ellipsoid yuzasini kichik o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘ladigan yuzani sferoid deb ham yuritiladi. Sferoid yuzasini kesib, aylanish o‘qidan o‘tuvchi parallel chizig‘i ekvator, katta va kichik yarim o‘qlari: a – yer radiusi, v – yerning kichik yarim o‘qi deyiladi (4.1-rasm).
Rus olimi F.N.Krasovskiy (1942 yil) tomonidan aniqlangan katta yarim o‘qi a=6378245 m, kichik yarim o‘qi v=6356863 m, qutbiy siqiqligi α= teng. Yer o‘lchamini turli olimlar tomonidan keltirilgan o‘lchamlari haqidagi ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan (4.1-jadval).
Geoid bilan ellipsoidni bir-biridan farqi (yer yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 m dan oshmaydi.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə