Avval orpamental yeskiza to’ziladi, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori
hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi
detallardan boshlash kerakligi aniqlanadi. So’ngra tayyorlangan
materiallar bir-biriga
yopishtiriladi.
GEOMETRIK SHAKLLI APPLIKATSIYALAR
Bajarilish texnikasiga ko’ra applikatsiyaning yeng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli
applikatsiyalardir. I-III sinf o’quvchilari geometrik shaklli applikatsiyalarni bajarishda quyidagi
bilimlarni yegallaydilar.
1.Geometrik shakllar: kvadrat, to’g’ri burchak, uchburchak, aylana qog’oz bo’lagidan va
o’lchov asboblari yordamida hosil bo’lishi haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydilar.
2.Badiiy didini o’stiradi,
rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar to’zish
bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar.
3.Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib, geometrik shakllarni to’g’ri idrok etishni
o’rganadilar.
4.Bolalarning «ko’p», «kam», «uzunasiga», «ko’ndalangiga», «qism» va «qatlam», «ikki
qismga qirqish», «to’rt qismga», «teng qismlarda» kabi tushunchalari mustahkamlanadi.
5.Bolalar ranglar uyg’unlgini to’g’ri tanlashni o’rganadilar.
Ularda yestetik did tarbiyalanadi. Geometrik shaklli applikatsiyalarni
ham dekorativ-
ornament, predmet, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: