2-ma`ruza mashg’ulot applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi


Geometrik shaklli applikatsiyalar



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#153417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish m-fayllar.org

Geometrik shaklli applikatsiyalar. Bajarilish texnikasiga ko’ra applikatsiyalarning yeng
oddiy turlaridan biri geometrik shaklli apilikatsiyalardir. 1- va 3-sinf o’quvchilari geometrik
shaklli applikatsiyalar bajarishda quyidagi bilimlarni yegallaydilar.
1. Geometrik shakllar: kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, aylananing qog’oz
bo’lagidan va o’lchov asboblari yordamida hosil bo’lishi haqidagi mavjud bilimlarni
mustahkamlaydilar.
2. Badiiy didni o’stiradi, rasm darslarida yo’l-yo’l chiziq, doira, kvadratda ornamentlar
to’zish bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar.
3. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni to’g’ri idrok etishni
o’rganadilar.
4. Bolalarning “ko’p, kam, uzunasiga, ko’ndalangiga, qism va qatlam, ikki qismga qirqish,
to’rt qismga, teng qismlarga” kabi tushunchalari mustahkamlanadi.
5. Bolalar ranglar uyg’unligini to’g’ri tanlashni o’rganadilar. Ularda yestetik did
tarbiyalanadi.
Geomterik
shaklli
applikatsiyalarni
ham
dekorativ-ornament,
predmet,
sujetli
applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Doira, kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash. Ornament detallari: turli o’lchamdagi
kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naqsh diogonal bo’yicha to’ziladi – bunda
shakllarni simmetrik joylashtirish qulay. Doirada naqsh markazdan radiuslar bo’ylab to’ziladi.
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Bolalarning predmetlarni fazoviy
idrok etishini rivojlantirish kerak. Bunda atrofimizni o’rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt,
mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar
bilan ifodalash mumkin.



O’qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan birgalikda ko’rib, uning


ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga o’xshashligi, ularni qanday o’lchamlarda, qaysilarini
kattaroq, qaysilarini kichikroq olish, qanday izchillikda joylashtirish kerakligini aniqlaydilar.
Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya bo’yicha juda
ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har birini shunday joylashtirish kerakki,
natijada talab qilinadigan shakl paydo bo’lsin.

Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə