2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi. Virtual tanishuvlar



Yüklə 399,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix30.03.2023
ölçüsü399,68 Kb.
#103756
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-mavzu. Virtual o’yinlarning yoshlar ongida ta’siri

“Mir” telekanali
orqali bir necha yildan beri o’zbek kinochilari tomonidan suratga 
olingan 
“Superkelinchak”
filmi takror-takror namoyish etiladi. Bir qarashda, filmda o’zbek 
oilasi uchun noodatiy bo’lgan holat tasvirlangandek, ya’ni oilaga boshqa millat qizi kelin bo’lib 
tushadi. Ammo turmush tarzi, an’analar, uni jamiyatda ustuvor bo’lgan gender stereotiplari bilan 
kelishishga undaydi. U o’zi uchun yangi bo’lgan oilaning turmush tarziga kirishib ketishi, o’ziga 
nisbatan bu oilaning boshqa a’zolari hurmat bilan munosabatda bo’lishi uchun ko’p zahmat 
chekishiga to’g’ri keladi. 
Stereotiplar har doim ham salbiy bo’lmaydi, ular ko’pincha atrof-olamni anglab 
yetishimizda yordam beradi. Salbiy stereotiplarni yengib o’tish uchun shaxsiy tajriba, tahlilning 
yangi doirasi va mazkur mazmundagi boshqa OAVda taqdim etilgan axborot zarur bo’ladi. 
Zotan, mediamahsulotlari kundalik hayotimizda mavjud bo’lgani bois, ularda aks etgan nuqtai 
nazarlar tabiiy qabul qilinishi va bizning fikr, qarash va qadriyatlarimizga ta’sir ko’rsatishi 
mumkin. YAngiliklar voqelikni aks ettirishda holis ekanini da’vo qiladi. Ko’ngilochar dasturlar 
esa aksincha, ko’ngilxushliklar borasidagi bizning tajribamizga tayanadi. OAVning hayotimizga 
ta’sirini anglab yetish uchun bizga har kuni amalda sinab boriladigan ko’nikmalar zarur bo’ladi. 
Yoshlar ­ mediamahsulotlarni eng ko’p «qabul qiladigan» segment. Demak, har bir 
zamonaviy yigit­qiz media bozorning «ich»ini bilib o’sishi kerak. Bu intellektual axborot 
asrining talabi, zamonaviylikning sharti. SHuning uchun ham YUNESKO mediata’limni XXI 
asrda madaniy ta’limning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilagan.
“Media ­ ma’naviy mahsulotlarning virtual bozori. Bu bozorda hech kim “molim 
yomon”, demaydi. Buzg’unchi, jinoyatchi, johillar ham o’z g’oyamahsulotini “eng yaxshi 
buyum”, deydi. Virtual olamda bunyodkorlik, taraqqiyot uchun zarur manbalar ham ko’p. Gap 
odamning ana shu bozor taklif etayotgan mahsulotlarni xarid qilishda adashmasligiga borib 
taqaladi. Bugungi tilda aytganda, gap mediamadaniyatni to’g’ri egallashida. 
Demak, yoshlar mediamatnlarni o’qiyotgan, mediamahsulotni tomosha qilayotganda 
ularni qabul etish, tahlil qilish, baholash va yaratish, zamonaviy jamiyatda mediamahsulotlarning 
ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy kontekstini tushunishlari kerak. Bu esa odamning 
mediamadaniyati qandayligiga bog’liq. 

Yüklə 399,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə