Guruh talabasi Sherbekov Quvonchbekning Kiberxavfsizlik fanidan Amaliy topshirig’i. 2-Amaliy topshiriqlari



Yüklə 1,97 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#147902
Sherbekov Kiberxavfsizlik


130-20-guruh talabasi Sherbekov Quvonchbekning Kiberxavfsizlik fanidan Amaliy topshirig’i.

2-Amaliy topshiriqlari
Google chrome brovzeri xavfszilik sozlamalarini to’liq izohlab bering.
Izoh: Cookie fayllar bilan ishlash, parollarni xavfsiz saqlash, mahfiy va
xavfsizlik sozlamalarini batafsil izohlang.
Cookie-fayl nima?
Cookie-odatda harflar va raqamlardan tashkil topgan kichik fayl. Ushbu fayl foydalanuvchi saytga kirganda qurilmaga yuklanadi. Keyin saytga har safar tashrif buyurganingizda, cookie-fayllari avval yuklangan saytga qaytariladi. Cookie-fayllar saytning ishlashi va funksionalligini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, mazkur saytni ma'lum bir foydalanuvchi uchun qulayroq qilib beradi. Bundan tashqari, ular bizning saytimizda tashrif buyuruvchilarning xatti-harakatlari haqida fikr yuritishimizga, uni qanday ishlatishlarini va unga taqdim etilgan xizmatlarni tushunishimizga yordam beradi.
Cookie-fayllar va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanish uzoq vaqtdan buyon keng tarqalib kelayotgan amaliyotdir. Bundan tashqari, cookie-fayllarsiz bir qator onlayn xizmatlarning ishlashi mumkin emas. Shuning uchun qonun bunday texnologiyalardan foydalanishni taqiqlamaydi, lekin foydalanuvchilarni saytda joylashtirilgan cookie-fayllardan foydalanish haqida oldindan xabardor qilishni talab qiladi va ularga bu turdagi barcha fayllardan foydalanishga aniq rozilik berish yoki ixtiyoriy ravishda cookie-fayllarni shaxsiy sozlashni amalga oshirish huquqini beradi.
Cookie-fayllarining turlari
Muayyan muddatli va doimiy cookie-faylla

Cookie fayllarining amal qilish muddati brauzerda ishlash jarayoni tugashi bilan so'ng tugaydi (jarayon foydalanuvchi brauzer oynasini ochganda boshlanadi va foydalanuvchi brauzerni yopganda tugaydi) yoki ular uzoqroq saqlanishi mumkin.


Muayyan muddatli cookie-fayllari – brauzerda ishlash jarayonida saytdagi foydalanuvchi harakatlarini moslashtirishga imkon beradi. Ular turli vazifalarni bajaradilar, masalan, saytga tashrif buyurib, Foydalanuvchining Savatga qo'ygan mahsulotlarini eslab qolish. Bundan tashqari, ular foydalanuvchi Internet-bankka kirganda, shuningdek, elektron pochta veb-sayti bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatilishi mumkin. Bunday muayyan muddatli cookie-fayllarining amal qilish muddati brauzerda ish jarayoni tugagandan so'ng tugaydi.
Muayyan muddatli cookie-fayllar (har qanday holatda foydalanuvchi kompyuterida doimiy ravishda saqlanmaydi, lekin brauzer yopilgandan so'ng avtomatik ravishda o'chiriladi) faqat ma'lum bir jarayon haqida ma'lumotlarni (server tomonidan yaratilgan tasodifiy sonlar to'plami sifatida) uzatish uchun ishlatiladi, shuningdek, tarmoqda xavfsiz va samarali ishlashni ta'minlaydi. Ushbu saytda Cookie jarayonlari deb ataladigan boshqa hech qanday kompyuter texnikasi ishlatilmaydi, bu tarmoqdagi foydalanuvchi ma'lumotlarining maxfiyligining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Doimiy cookie-fayllar – Foydalanuvchining qurilmasida brauzerda ish jarayonlari orasidagi tanaffuslarda saqlanadi, bu esa Foydalanuvchining saytdagi ma’qul ko’rilgan (ko’p izlangan) ma’lumotlar yoki harakatlarini eslab qolish imkonini beradi (ba'zi hollarda turli saytlarda bo’lsa ham). Doimiy cookie-fayllar turli vazifalarni bajaradi, jumladan, saytdagi foydalanuvchilar qidirgan ma’lumotlarni va ularning harakatlarini eslab qoladi.


Cookie fayllarni o’chirish uchun Chrome sozlamalariga kiramiz


Chrome sozlamalaridan Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalariga o’tamiz

Maxfiylik va xavsizlik sozlamasidan Cookie fayllari va saytning boshqa ma'lumotlari bo’limiga o’tamiz.


Bu bo’limdan cookie fayllari bo’limiga o’tib hammasini o’chirish tugmasi orqali tozalab yuborishimiz mumkin.





Chromedagi Sozlamalar bo’limidan Google parollar menejeri ichida biz saqlagan parollar turadi.


Bu yerda 3 ta parol saqlangan
Instagram
Github
wifiwarden
Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə