“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi



Yüklə 0,56 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#141194

O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zMTRKning “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion dasturi.

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2016-yilni O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilishni taklif etdi.
O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
O‘tgan yillar mobaynida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan dastur asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi, – dedi davlatimiz rahbari. – Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diagnostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tug‘ruqxonalar barpo etganimiz, onalar va bolalar salomatligini himoyalashga alohida e’tibor qaratayotganimiz va bu boradagi ishlarni izchil davom ettirayotganimiz zamirida bir maqsad – sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam. Sog‘lom ona – sog‘lom bola, sog‘lom bola – sog‘lom kelajak, demakdir.


Prezidentimiz qizlarni sportga jalb etish masalasi alohida yondashuvni talab etishini ta’kidladi. Shu ma’noda, keyingi yillarda sportning nafis turi hisoblangan badiiy gimnastika va sport gimnastikasi jadal rivojlanmoqda.


Joriy yil fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va gimnastikachi qizlarimiz erishgan yuksak natijalar bu sport turiga e’tibor va qiziqish mamlakatimizda muttasil oshayotganidan dalolatdir.


Yurtboshimiz bolalar sportini rivojlantirish, qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun, ayniqsa, qishloqlarda tegishli shart-sharoit yaratish masalasi alohida e’tibor qaratishni taqozo etishini ta’kidladi.


Yig‘ilishda Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, 2010 yilda 11 yangi sport inshooti va 14 bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etiladi, 40 maktabda sport zali quriladi.
Prezident Islom Karimov joriy yilda musiqa va san’at maktablarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun 36 milliard so‘m ajratilishini alohida ta’kidlab, davlat tomonidan yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor tufayli bolalar sporti va san’at kompleks tarzda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Sport bilan musiqa chambarchas bog‘liqdir, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Sport tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani mustahkamlaydi, musiqa – ko‘ngilni poklaydi, ruhni tetiklashtiradi. Sport – bu madaniyat demakdir. Sportchi musiqani yaxshi bilsa, musiqachi sport bilan shug‘ullansa, naqadar yaxshi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.Oripov, B.Xo‘jayev, shuningdek, ayrim viloyatlar hokimlarining axboroti tinglandi.


.





















Bajardi: Eshboyev Sardor
Tekshirdi:Yakubov Shaxob



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə