12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Tibbiy-psixologik turda ko'riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə8/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Tibbiy-psixologik turda ko'riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

  • og'zaki nutqning buzilishi:

  • vozma nutqning buzilishi.

  • og'zaki nutqning buzilishi o'z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:

  • nutq ifodalanishi fonatsion tuzilishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;

  • fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi

Psixologik-pedagogik (pedagogik1) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo'llashga yo'naltirilgan bo'lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo'naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta'sir ko'rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko'ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiv rivoilanmaganligning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo'llashdagi buzilishlar.
Maktab o'quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi bo'lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korreksion) o'qitish va tarbiya masalasi bilan logopediva shug'ullanadi. «Logopediya» terminining yunonchadan tarjimasi «to'g'ri nutqni tarbiyalash» ma'nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o'rganiladi.
Nutqiy buzilishi bo'lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funksional yoki organik chetlanishlar ko'zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiq, transportda yurish, arg'imchoqda ko'p vaqt tebranish bolalarga yomon ta'sir ko'rsatadi, boshlari og'riydi ko'ngillari ozadi va boshlari aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta'sirlanishlari, jahllari chiqishi bilan ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez o'zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo'ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalartinch o'tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo'ladi. Juda tez xafa bo'ladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin esa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin bo'ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning bo'shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat:



Logopedik punkt








Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə