12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Ko'rish qobiliyatining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Ko'rish qobiliyatining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi.
Tug'ma ko'rbo'lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko'rish nuqsonlarining yuzaga kelishida naslivlik ham ko'zga tashlanadi.
Orttirilgan ko'rlik odatda ko'rish organlari - to'r pardasi, shoh parda voki markaziv nerv tizimining kasallanishi (meningit. miva shishi. meningoensifalit). organizmning umumiy kasallanishidan kevingi asoratlari (kor, gripp. skorlatina), shuningdek, miva voki ko'zning iarohatli shikastlanishi (boshi varalanishi. shikastlanishi) oqibatida bo'lishi mumkin.
Ko'rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Ko'r tug'ilganlar.

  2. Erta ko'r bo'lib qolganlar.

  3. Uch yoshidan keyingi ko'r bo'lib qolganlar.

Ommaviy maktablarda, ta'lim olganda yomon ko'ruvchi bola jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi kabi xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o'ziga xos belgilarini bilib olishda ma'lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o'qish texnikasini egallab olish, o'qilganlarning mazmunini tushunishga xalaqit beradi. Oddiy maktabda yomon ko'ruvchi bolalar doskada nima yozilganligini ko'rmaydilar, qarab bajariladigan ishlarni tashkil etishda yomon ko'radigan bolalar tez charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini pasaytiradi. Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa - yomon ko'radigan bolani o'z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta'lim va tarbiya berish masalasini hal etishdan iborat. Yomon ko'radigan bolalarni o'qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korreksion) maktablarda amalga oshiriladi.
Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion o'qitish va tarbiyalash. Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» - ko'r) - korreksion pedagogika (defektologiya)-ning yana bir sohasi shug'ullanadi.
Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o'qituvchi korreksion ishlarning o'ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
Refraksiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko'zoynak taqishlari kerak. Lekin ko'zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda bo'lishlariga muhtojlik sezadilar. Maktabda va uyda o'quv ishlarini bajarishda sanitar-gigienik talablarga amal qilish lozim. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bola uchun ish o'rni to'g'ri va yetarlicha yoritilgan boiishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o'tkazilishi kerak. Yaqinni ko'radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o'tkazilishi zarur. Uzoqni ko'radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o'tkazilishi talab etiladi.
O'qituvchi o'quvchining doska, jadval va xaritadagi o'quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak.
Anomal refleksiyali bolalarda ko'zi charchashi ko'p kuzatiladi. Shuning uchun dars paytida ularga ko'rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg'unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10-15 minut davomida intensiv ko'rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak, bu ko'rish charchog'ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko'rish qobiliyati ancha og'ir bo'lgan - ko'r va yomon ko'radigan bolalarni o'qitish maxsus ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba'zan ko'rish qobiliyati og'ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.
O'z sinflarida og'ir ko'rish qobiliyati buzilgan bola bo'lgan o'qituvchilar bolaga differensial yondashuv asosida munosabatda bo'lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o'quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan bolaning ish o'rni esa qo'shimcha yoritilgan bo'lishi kerak. O'quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o'qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali boiishi zarur. O'qituvchi o'zining har bir harakati mohiyatini so'z yordamida sharhlab borishi kerak.
Sinfida ko'r yoki yomon ko'radigan bola bo'lgan o'qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko'radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə