12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Korreksion pedagogikaning kategoriyalari



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Korreksion pedagogikaning kategoriyalari.
Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:
1.Anomal bolalarni o'qitish va rivoilantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yo'naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta'lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko'rish qobiliyatini yo'qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojianishi normal boladan ko'ra ko'proq darajada o'qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o'qitilmasa yoki o'qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o'ta jiddiy bo'lsa aqliy rivojianishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o'quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.
2.Anomal bolalarni tarbiyalash - korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo'lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo'llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko'rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o'ziga xizmat ko'rsatish, mehnat ko'nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boiishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o'rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
3.Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo'qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojianishi xususiyatlariga ko'ra umumiy pedagogik ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion-tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion - tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o'qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta'limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o'z ishlarini rejalashtirish ko'nikmalari, og'zaki ko'rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi.
Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo'ladi.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» - o'rnini toidirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o'rnini to'ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
4.Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas»-layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofrziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo'qotish va yumshatishga yo'naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta'lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan funksiyalarning o'rni to'ldiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o'quv muassasalari tizimida hal etilib, unda o'quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi.
litimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) - anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta'minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo'layotgan o'zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko'nikmalarni shakllantirishni ta'minlaydi.
Anomal o'quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning asosiy yo'nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish - murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi.
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi vo'nalishlarda olib boriladi:
1.Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o'rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o'rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarga korreksion-pedagogik ta'sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o'rta ta'lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarning umumiy va maxsus ta'limi mazmunini tahlil qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo'nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o'qituvchilarni tayyorlashda zarur o'quv-metodik bazasini yaratish.
Korreksion-tarbivaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo'qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo'naltirilgan bo'lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan. O'quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o'zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korreksion-tarbivaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o'zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivoilantiruvchi ta'lim o'qishda va maktabda anomal bolalarga o'z vaqtida malakali yordam ko'rsatishni ta'minlovchi differensial ta'lim tizimi bo'lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o'qishidagi kamchiliklarni yo'qotish, yetarlicha shakilanmagan malaka va ko'nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Korreksion-pedagogikaning paydo bo'lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos - noto'g'ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi.
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo'lgan munosabatlarning uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko'rsatadi. Antik davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom tana, kuch, chidamlilik yuqori o'ringa qo'yilib, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar yo'q qilinardi. Mazkur davrda yangi tug'ilgan chaqaloqlarni qabila boshliqlariga olib kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko'rib agarda ijtimoiy talablarga javob bera olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. Agarda bolada birorta nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab yuborar edilar (eramizdan avvalgi IV-V asrlar). Yevropada o'rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e'tirof etilib, psixik kasalliklari bo'lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar. Uyg'onish davridan boshlab XIX asrning o'rtalarigacha Yevropa defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik vondashuvlik bor fransuz shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745- 1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni klassifikatsiyalagan (turlarga ajratgan).
Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o'qitish va tarbiyalash g'oyasini Iogan Genrix Pestalotsi (1746- 1827-yillar) asoslagan bo'lsada, biroq, o'z davrida bu fikr qo’llab-quvvatlanmadi. I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini asoslab berdi: bolaning imkoni yetgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan foydalanishda aqliy va jismoniy tarbiya uyg'unligiga erishish, ta'limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog’liq holda tashkil etish.
Aqli zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalashga nisbatan tibbiy-pedagogik yondashuv asoschisi fransuz psixiatori Jan Itar (1775-1838-yillar) hisoblanadi. U aqli zaifligi murakkab bo'lgan bolaga ta'lim va tarbiya berishga urindi. Garchi kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va motorika organlarini mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo'lini ko'rsatib berdi. Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin (1856-1926-yillar) katta hissa qo'shdi. U birinchi bo'lib «psixik rivojlanishdan ortda qolish» (PROQ) hamda «oligofreniya» (yunoncha olygos - kam va phren-aql) tushunchalarini qo'lladi. Fransuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas Simon test sinovlari metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni o'rganishning psixometrik yo'nalishi asoschilari hisoblanadilar.



Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə