Xodimning jami daromadi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/5
tarix03.01.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#98159
  1   2   3   4   5
Ходимнинг жами даромади

Xodimning jami daromadi:

1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.

Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar

Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

  • mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
  • ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
  • rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
  • kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
  • ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
  • haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar.
  • Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
  • predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
  • yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
  • O'zResp.ning Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O'zResp. Davlat xavfsizlik xizmati, O'zResp. Milliy gvardiyasi, O'zResp. Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining, O'zResp. Milliy gvardiyasining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O'zResp. Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə