1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun. Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro savdo bitimlari



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü43,41 Kb.
#128527
1   2   3   4
3-amaliy (1)

3-topshiriq.
Tashqi savdo bitimi uchun kontragent tanlab olish bo‘yicha topshiriqda bayon qilingan vaziyatdan foydalanib, Andijon shahridagi ZPX O‘zbekiston firmasi va Banatam shahridagi «Jeneral refrejireytorz import LTD» firmasi o‘rtasida savdo-vositachilik konsignatsion bitimining loyihasini tayyorlash lozim.
Bitim loyihasiga konsignatsion shartnomaning barcha asosoiy shartlari­ni kiritish kerak: hududni belgilash, sotish huquqining xususiyati, konsignant va konmignator majburiyatlari, konsignatsiya turi, narx siyosatining yo‘nalishi, konsignatorga to‘lovlar va rag‘batlantirishlar tartibi, konsignatsiya muddati va shartnomaning o‘zining amal qilish muddati va sh. k.
Bitim loyihasini tuzishda shuni hisobga olish kerakki, mazkur bitim shu paytgacha ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘lmagan sheriklarning birinchi shartnomasidir.
4-topshiriq.
Genuya shahridagi «Koe Klerichi» italyan firmasi xrom rudasini sotib olish bo‘yicha Toshkent shahridagi «O‘Zpromeksport» kompaniyasining doimiy sherigidir. O‘zbekiston firmasi olgan xatda italiyalik sherik 30 ming tonna xrom rudasini yetkazib berish haqida taklif tayyorlashni iltimos qilgan.
Topshiriq. Ko‘rsatilgan miqdordagi tovarga qat’iy oferta matnini tayyorlash zarur. Narxni ko‘rsatish uchun tegishlicha mavzudan eksport narxini hisoblash misolidan foydalanish lozim. Ofertada bo‘lg‘usi bitimning barcha zarur shartlarini nazarda tutish zarur: tovarning sifati, yetkazib berish muddati, topshirish-qabul qilish shartlari. Tovar dengiz yo‘li bilan Novorossiysk portidan jo‘natilishi nazarda tutiladi.
Oferta matnini tayyorlashda sheriklarning uzoq muddatli hamkor ekanligini hisobga olish lozim.


5-topshiriq:
«Blits-so‘rov» savollarga javob bering, jadval so‘rov vaqtida to‘ldiriladi



Savollar

Javoblar

1.

Respublikamizda kliring kelishuvlarini rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?




2.

Kliring kelishuvlarining o‘ziga xos-xususiyatlari nimalardan iboart?


3.

Kliring xizmatlar sohasi uchun marketingning jihatlari nimalardan iborat?




4.

“Xalqaro kliring xizmat”larning ta’rifini keltiring.




5.

“Kliring”, “Agentlik” kelishuvlari ta’rifini keltiring.




6.

Kliring va agentlik kelishuvlarini qanday guruhlash mumkin?






6-topshiriq:
“Konseptual jadval” asosida KLIRING kelishuvlari va AGENTLIK kelishuvlari haqida berilgan aspektlar bo‘yicha tushuntirib bering.




Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə