1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun. Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro savdo bitimlari


Amaliy mashg‘ulotlar uchun pedagogik texnologiyalar



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü43,41 Kb.
#128527
1   2   3   4
3-amaliy (1)

Amaliy mashg‘ulotlar uchun pedagogik texnologiyalar:
PINBORD TEXNOLOGIYaSI
Pinbord–(inglizchadan: pin- mahkamlash, board – yozuv taxtasi) – o‘quvchilarni tizimli va mantiqiy fikr bildirishga o‘rgatadigan metod.
Pinbord texnikasi:
1) muammoli masalalar va vaziyatlar, aqliy hujum va amaliy o‘qitish metodlari bilan birga jamoaviy tarzda (guruhlarda) muammoni yechish variantlarini baholash hamda ular ichidan eng yaxshisini tanlash imkonini beradi;
2) aqliy hujum va amaliy o‘qitish metodlari bilan birga jamoaviy tarzda (guruhlarda) toifali sharh o‘tkazish imkonini beradi.
Topshiriq
Dars o‘tilayotgan akademik guruh 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadi. Demak 3 ta guruhga quyidagi savollar beriladi.
1-guruh: Mamlakatimizdagi lizing korxonalari to‘g‘risida ma’lumot bering va ularning marketing jihatlarini ayting?
2-guruh: Xalqaro savdoni rivojlantirishda halqaro qonunchilik bazasi to‘g‘risida gapiring va ularning muhim jihatlarini aytib bering?
3-guruh: Mamlakatimizning eksport va import aloqalarining bugungi kundagi holati haqida aniq misollarda gapiring?
Amaliy mashg‘ulotlar uchun toshpiriqlar:
1-topshiriq.
Vositachi firma yogoch materiallarini eksport qiladi (1000 kub.m.). Eksport litsenziyasini olish birjada 600 ming so‘mga tushadi. Eksport uchun tovarning ishlab chiqaruvchidagi narxi 1 kub.m. 2000 so‘m bo‘lib, chet ellik firmaga FOB shartida sotilgan. Yuklash-tushirish va transport harajatlari mahsulot narxining bir qismini tashkil qildi. Boshlangich eksport tarifi stavkasi 11EKYu. Sotuv narxi 1 kub.m. 42,1 dollar. (Valyuta kursi quyidagiga teng: 1 eKYuk279,17 so‘m; 1 doll.k204so‘m.) Firmaning eksport bitimlari samaradorligini aniqlang.

2-topshiriq.


Korxona yanvar oyida chet ellik firma bilan tonnasi 950 funt sterling narxda metall mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shu vaqtning o‘zida London metall birjasida tonnasi 952 funt sterlingdan fyuchers sotib olindi. Mart oyida shartnomani bajarish va fyuchersni sotish payti keldi. Bu vaqtga kelib ayrim sabablarga kura metall mahsuloti narxi tonnasi 960 funt sterlingga yetdi. Fyuchersni tonnasi 962 funt sterlingdan sotish mumkin bo‘ldi:
Firma fyuchersni sotib olmaganda zarar ko‘rarmidi? Zarar miqdori qanchalik bo‘lardi? Fyuchersni harid qilish korxonaning foyda olishini ta’minlaydimi? Uning miqdori qanday bo‘ladi? Foyda va zarar nisbati qanday bo‘ladi?



Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə