1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun. Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro savdo bitimlari



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü43,41 Kb.
#128527
  1   2   3   4
3-amaliy (1)


3-amaliy mashg’ulot. Tashqi iqtisodiy faoliyatni o’rganish (4 soat)


Reja:


1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro savdo bitimlari.
3. Xalqaro savdo bitimlarini tuzish va foydalanish amaliyoti.
4. Xalqaro marketingda savdo bitimlarining ahamiyati


Nazorat va muhokama uchun savollar:

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonunni gapirib bering

  2. Xalqaro marketingda bitim deganda nima tushuniladi?

  3. Xalqaro marketingda bitimlarning qanday turlari mavjud?

  4. Xalqaro marketingda savdo bitimlari va ularning tuzilishi jarayoni haqida gapiring.

  5. Xalqaro marketingda oldi-sotdi bitimlarining vazifasi qanday?

  6. Tovar ayirboshlash operatsiyalari, ularning turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflab bering.

  7. Jahon tajribasida tuziladigan bitimlar tasnifini tushuntiring.

  8. Xalqaro savdo bitimlarining muhim jihatlari nimalarda ko‘riladi?

  9. Xalqaro bozorga chiqishda maxalliy kompaniyalar bilan tuziladigan bitimlar haqida tushuncha bering.

  10. Barter savdosi nimani ifodalaydi?

  11. Xalqaro savdoda kliring va agentlik kelishuvchlarini tavsiflab bering.

  12. Turli mamlakatlarda hukumatlarning savdoni cheklash amaliyoti va monopoliyaga munosabati qanday?

  13. O‘zbekistonning hozirgi bitimlari va xalqaro bitimlar tuzishdagi tajribasini mustaqil o‘rganing va tushuntiring.

  14. O‘zbekistonning biznes muhitini yaxshilashda qaysi turdagi bitimlarni o‘rganish va tahlil qilish muhim hisoblanadi?



Mavzuning qisqacha bayoni
Xalqaro marketing bevosita xalqaro savdo aloqalari bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Xalqaro ssavdo bu xalqaro aloqalarning negizini tashkil qiluvchi munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro savdo aynan xalqaro bozorning taraqqiy etishi va kengayib borishidagi muhim omil sirasiga kiradi. Xalqaro savdosiz bugun biror mamlakat iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi imkonsiz deyish mumkin. Aynan xalqaro savdoni tartibga solish va amalga oshirish, tomonlarning manfaatlarini ta’minlash va kafolatlashga erishishda xalqaro savdo bo‘yicha bitimlarning ahamiyati katta. Korxona xalqaro faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri xalqaro savdo bo‘lib, u eksport va import hajmi, savdo aylanmasi, savdo saldosi bilan tavsiflanadi. Xalqaro bozorda tovarlar oldi-sotdisi tovarni pul mablag‘lariga yoki boshqa narsaga ayirboshlashni nazarda tutadi va bitim xarakteriga ega bo‘ladi. Xalqaro savdoda bitim bu — bozor sub’yektlarining yaxshi tushunilgan, maqsadli yo‘naltirilgan va irodali harakatlari bo‘lib, ularni amalga oshirar ekan, bozor sub’yektlari belgilangan huquqiy natijalarga erishishga intiladilar. Xalqaro savdoda bitimlarni bir qator belgilarga ko‘ra quyidagi turlarga taqsimlash mumkin:
oldi-sotdi bitimlari;
tovarayirboshlash bitimlari;
barter bitimlari;
Yetkazib berish xizmatlari.
Ko‘p tomonli savdo bitimlari (Multilateral agreements). Bu savdo bitimida bugungi kunda eng ko‘p muhokama qilinadigan iqtisodiy uyushmalar va hamkorlik aloqalari bilan bog‘liq. Bunda ikkitadan ortiq bo‘lgan, bazan o‘nlab va undan ham ko‘p davlatlar hamkorligi va savdo manfaatlari turadi. Misol sifatida NAFTA – Shimoliy amerika erkin savdo bitimi, EU- Yevropa Ittifoqi, APEC- Osiyo tinch okeani hududi iqtisodiy hamkorligi kabi kelishuvlarni keltirish mumkin. Ko‘p tomonlama kelishuvlar murakkab jarayon bo‘lib, u yoki bu tarzdagi xalqarro kelishuvlar, hujjatlar bilan tartibga solinishni taqozo etadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar ayirboshlash operasiyalari hukumatlararo tovar ayriboshlash to‘g‘risidai bayonnomalar, ishlab chiqarish kooperasiyasi to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirishda foydalanilishi mumkin. Tovar ayirboshlash operasiyalarining quyidagi shakllari mavjud: javob tariqasidagi muqobil xaridlar, barter bitimlar, kompensasiya kelishuvlari, xalqaro savdoni asosan valyuta hisobkitoblarisiz amalga oshirish imkonini beruvchi «ofset» va «svich» kliring bitimlari.
Ofset bitimi xalqaro savdoda javob tariqasidagi operasiyalarning bir turi bo‘lib, tovar ayirboshlashni hamda turli xil xizmat va imtiyozlar o‘rniga kapital kiritish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadi.



Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə