1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 40,43 Kb.
səhifə11/12
tarix19.12.2023
ölçüsü40,43 Kb.
#153670
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -fayllar.org

23.Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi deganda nimani tushunasiz? 

Ma’lumki, sotsiolingvistika ikkita qismga bo’linadi: 1-nutqning rivojlanish


omillari hamda 2-nutqning ixtisoslashuvi. 
Endi esa ikkinchi asosiy bo’lim – nutqning ixtisoslashuvi xususida to’xtalib
o’tamiz.Nutqning bunday ixtisoslashuvida nutq tushunchasi sotsial tilshunoslikda 
tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqealanishi, uning moddiy shaklda yuzaga
chiqishi tushunchasidan farq qiladi.Sotsiolingvistikada nutqning ixtisoslashuvi 
deganda umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan shaklda voqealanishi emas,
balki qandaydir alohida bir guruh (ijtimoiy guruhlar) uchun me’yor vazifasini 
o’taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig’i tushuniladi.
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyati bilan bevosita aloqadordir, chunki 
badiiy, ilmiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy
me’yorlardir.Suning uchun nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat doirasida 
tahlil va tadqiq etilishi mumkin.Lekin bunda ham o’ziga xos farq mavjud:
uslubiyat, asosan, lisoniy vositalarni o’rganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida 
esa nutqiy ifoda vositalari paralingvistik, ekstrolingvistik vositalar bilan birgalikda
tadqiq qilinadi va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odob-axloq fanlari 
bilan kesishadi.
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang bo’lib, ularning ichida 
quyidagi turlarni ajratish mumkin:
- Nutqning so’zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko’ra 
ixtisoslashuvi;
- Nutqning so’zlovchi va tinglovchining ijtimoiy mavqeyiga ko’ra 
ixtisoslashuvi;
- Nutqning so’zlovchi va tinglovchining jinsiga ko’ra ixtisoslashuvi; 
- Nutqning so’zlovchi va tinglovchining yoshiga ko’ra ixtisoslashuvi;
- Nutqning so’zlovchi va tinglovchining kasb-koriga ko’ra ixtisoslashuvi; 

- Nutqning so’zlovchi va tinglovchi orasidagi aloqaning kontakt-


distantligiga ko’ra ixtisoslashuvi; 
- Nutqning shakliga ko’ra ixtisoslashuvi (yozma, og’zaki, imo-ishora);
Nutqning muloqot mavzusi tabiatiga ko’ra ixtisoslashuvi (suhbat, 
munozara, bahs, savol-javob, ma’ruza, hikoya va hokazolar).


Yüklə 40,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə