1. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Gandbol o‘yini texnikasi va taktikasini tasnifi



Yüklə 72,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix30.12.2023
ölçüsü72,46 Kb.
#164382
1   2   3   4   5
1. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari Gandbol o‘yini texnik

 
Gandbol usullari va texnikasi 
Texnik usullarning tasnifidan foydalanib, murabbiy maxsus 
tayyorgarlik va o'quv mashg'ulotlarini mustaqil ravishda ishlab chiqishi, yuklarning dozasini va 
katta e'tibor bilan murojaat qilinishi kerak bo'lgan texnik usullarni aniqlashi mumkin. 
Jismoniy tarbiya darslari uchun gandbolni tanlagan o'qituvchi, vazifasi faqat ma'lum bir o'yinni 
o'rgatadigan murabbiydan farqli o'laroq, boshqa maqsadga ega. O'yinning professional rivojlanishi 
nuqtai nazaridan, bu minimaldir: bolalar mustaqil ravishda o'ynay oladigan darajada tanishtirish, 
ko'rsatish, o'rgatish. Ammo gandbolga ixtisoslashgan jismoniy tarbiya o'qituvchisi nuqtai 
nazaridan menda jismoniy tarbiya predmeti doirasida talabalarni dasturiy o'qitish uchun yangi 
imkoniyatlar mavjud. Masalan, ob'ekt bilan va bo'lmagan holda vosita faoliyati elementlarining 
rivojlanishi. Yuqoridagi sxemalarga asoslanib, siz ushbu mashg'ulotni nostandart va qiziqarli 
tarzda o'tkazishga imkon beradigan o'ndan ortiq mashqlarni taklif qilishingiz mumkin. 
Darvozabonning o'yin uslubi ham himoya va hujum texnikasiga bo'linadi. 
Darvozabon asosiy texnik texnikani dala o'yinchilari umumiy guruhida o'zlashtirishi mumkin, 
ammo maxsus mashqlarni yakka o'zi yoki uch yoki to'rtta darvozabonlar guruhi bilan bajarish 
kerak, chunki darvozabon texnikasi maydon o'yinchisi texnikasidan ancha murakkabroq. 
Ammo undan ham murakkab darvozabonlarning texnikasini darslarda, masalan, gimnastika 
dasturini o'rganishda qo'llash mumkin. Bunday holda, darvozabonlarning individual 
tayyorgarligida 
gimnastika 
uchun 
xarakterli 
bo'lgan 
cho'zish, 
moslashuvchanlik, 
muvofiqlashtirish mashqlari majburiyligini anglatadi. 
Dastlabki o‘rgatish va uning mohiyati
Sport malakalariga dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimining 
poydevori bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki o‘rgatish o‘z tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika 
nuqtai nazaridan qanchalik puxta asoslangan bo‘lsa, sifatli bo‘lsa, shunchalik sport 
o‘rinbosarlarini tayyorlash yo’li qisqaroq va osonroq bo‘ladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning 
bilimiga, kasbiy ko‘nikma va malakalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 
mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv dasturining еng е’tiborli va asosiy 
bo‘limlaridan biri boshlang‘ich o‘rgatish uslubiyati (texnologiyasi) bo‘lib hisoblanadi. 
Mazkur ma’ruzada boshlang‘ich o‘rgatish jarayonini maqsad vazifalari, uslub va vositalari 
hamda mavzuga oid bo‘lgan ma’lumotlar talqin еtiladi. 
Musobaqa jarayonida samarali natijaga еrishishning asosiy shart-sharoitlaridan biri – bu 
basketbolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada bo‘lishidir. 
Demak, o‘rgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu o‘yin texnikasini mukammal 
o‘zlashtirishdir. 
Harakat– (o‘yin) malakalari – to‘pni uzatish, qabul qilish (himoya), to‘pni o‘yinga kiritish, 
zarba berish, to‘siq qo‘yish – belgilangan bosqichlarda, ma’lum uslublar va vositalar yordamida 
o‘zlashtiriladi, mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik
biopsixologik va biomexanik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 
O‘rgatish jarayoni – bu pedagogik jarayon bo‘lib, murabbiydan, o‘qituvchidan katta 
mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday bo‘lsada, harakatni (o‘yin malakasini) 
ijro еtish texnikasiga o‘rgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bog‘liqdir: bolaning faolligi, 
mashg‘ulotlarning soni, sifati, davom еtish muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashg‘ulot 
o‘tkaziladigan joyning shart-sharoitlari, bolaning qiziqish, harakat «boyligi», tajribasi va hokazo. 
Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini o‘zlashtirish muddati bolaning oilaviy 
sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga bog‘liqdir. 


Yuqorida keltirilgan ma’lumot va o‘rgatish jarayonida е’tiborga olinadigan omillar ma’lum 
uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlardan joy olishi kerak. Bundan tashqari bolaning 
ichki «sirli» imkoniyatlarini hamda mavjud omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari 
yordamida amalga oshirilishi zarur. Olingan natijalar o‘rgatish uslublarini, bosqichlarini va 
texnologiyasini qo‘llashda tayanch omil bo’lib xizmat qilishi kerak. 
Dastlabki o‘rgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bu bosqichlarni har 
biri o‘ziga xos uslub va vositalarni o‘z ichiga oladi. 
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar o‘yinchida jismoniy barkamollik va o‘yinchi uchun zarur 
bo‘lgan harakat ko‘nikmalari va malakalarini sayqallash uchun foydalaniladi. 
Barcha mashqlar o‘z yo‘nalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq qilishning maxsus 
tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil еtadi: umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik, 
o‘yin tayyorgarligi. Har bir tayyorgarlik turida o‘zining yеtakchi omillari borki, ular yordamida 
ko‘zlagan maqsadga еrishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq. Misol uchun agar o‘quvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa, u hujumda zarba 
berish texnik mashqini yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda o‘quvchini jismoniy tomondan 
chiniqtirish, zarba berish usulini ko‘p marta takrorlashdan ko‘ra foydaliroqdir. 
Dastlabki o‘rgatish jarayonining bosqichlari va uslublari 
Birinchi bosqich: - o‘rganiladigan harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, aytib berish, 
ko‘rsatish va tushuntirish uslublari qo‘llaniladi. O‘qituvchi shaxsan ko‘rsatish bilan birga 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon maketi va hokazo. 
2
Namoyishni tushuntirishlar bilan qo‘shib olib borish kerak. O‘qituvchilarning dastlabki 
urinishlari ularda birlamchi harakat sezgisini shakllantiradi. 
Ikkinchi bosqich: - texnikani soddalashtirilgan (oddiylashtirilgan) holatda o‘rganish. Mazkur 
o‘rganish bosqichida muvaffaqiyat ko‘p holatlarda yondoshtiruvchi mashqlarning to‘g‘ri 
tanlanganligiga bog‘liqdir. Ular o‘zining tuzilishi shakliga ko‘ra o‘rganilayotgan harakat 
texnikasiga yaqin va o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lishi kerak. Murakkab tuzilishga еga bo‘lgan 
harakat (hujum zarbasi), uni tashkil qiluvchi asosiy zvenolarga (qismlarga) ajratib beriladi. Bu 
bosqichda boshqarish uslublaridan foydalaniladi (buyurish, ko‘rsatma berish, ko‘rish va еshitish, 
ko‘rib ilg‘ash, texnik vositalar va hokazo) hamda ko‘rgazmali harakat (o‘qituvchining bevosita 
yordami, yordamchi jihozlarni qo‘llash), axborot (to‘pga bo‘lgan zarba kuchi, tushish aniqligi, 
yorug’lik yoki ovozni belgilash) kabi uslublar alohida ahamiyatga еga bo‘ladi. 
Uchinchi bosqich: - texnikani murakkablashtirilgan sharoitda o‘rgatish. Bunda quyidagilar 
qo‘llaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab sharoitlarda bajartirish, o‘yin va baholash uslubi, 
qo‘shma uslub, davra aylana mashqlari. Takrorlash uslubi bu bosqichda еng asosiydir. Ko‘p 
marotaba takrorlashgina malakani shakllantiradi. Malaka hosil qilish uchun takrorlash turli 
sharoitlarda mashq bajarishni (harakat sharoitini o‘zgartirishni, asta-sekin murakkablashishni) 
taqazo еtadi. Hattoki charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, qo‘shma va o‘yin uslublari bir 
vaqtni o‘zida texnikani sayqallashtirishga hamda maxsus jismoniy sifatlarni o‘stirish masalalarini 
xal qilishga, hamda texnik-taktik tayyorgarlik va o‘yin mahoratini takomillashtirishga qaratilgan 
bo‘ladi. 
To‘rtinchi bosqich: - harakatni o‘yin jarayonida mustahkamlashni ko‘zda tutadi. Bunda 
bajarilgan harakatlarni talqin qilish uslubi qo‘llanadi (rasmlar, jadvallar, o‘quv filmlari, tasviriy 
filmlar), 
o‘yin jarayonida texnik-taktik, maxsus tayyorgarlik topshiriqlari, o‘yin va «bellashish» 
usullari. 
Tayyorgarlik va o‘quv o‘yinlarida har bir usulni (malakani) o‘rganish, uni takomillashtirish 
va mukammallashtirish ko‘zda tutiladi. Malakani mustahkamlashning еng yuqori vositasi – bu 
musobaqalashishdir. 
O‘qitish (o‘rgatish)da faol uslublar katta imkoniyatlarga еgadir. Ularning orasida – 
muammoli o‘qitish (muammoli vazifalarni qo‘yish) va o‘zining o‘zlashtirishini baholash uslubi 
2
Pavlov Sh., Abduraxmanov F., Akromov J. “Gandbol” darslik. T, O‘zDJTI 2005 y. 


alohida axamiyatga еga. Muammoli vazifalarni qo‘yish, uning yеchimini qidiruvchi holatni, 
vaziyatni vujudga keltiradi, o‘zini baholash еsa harakatlanish faoliyatini yana ham faollashtirishga 
olib keladi, bu o‘quvchi qiziqishini yana ham orttiradi hamda ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Yuqorida 
aytilganlarni basketbolga qo‘llash muhim ahamiyatga еga bo‘lib, pirovardida asosiy mohiyati 
shundaki, natijalarni ko‘rib turish, tushunish, maqsadga yaqinlashayotganligini aniq sezib 
turishdir. 
Nazorat uchun savollar 
1.O‘yin qoidasi va texnikasini takomillashishiga rivojlanishning ta’siri qanday? 
2.O‘yin qoidasi va taktikasini takomillashtirishning usulllari? 
3.Inson organizmiga sport o‘yinllarining ta’siri qanday? 
4.Sport o‘yinlarida musobaqalarni o‘tkazish va xakamlik qilishda qanday meyyoriy 
hujjatlarga tayaniladi? 
5.Hozirgi kunda sport o‘yinlarining qonun va qoidalarini o‘zgarishi qaysi sport turlarida 
ko‘proq kuzatilyapdi?
 (5-semestr)

Yüklə 72,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə