1. Mikroprotsessor xotirasi Mikroprotsessorning interfeys qismi



Yüklə 446,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.04.2023
ölçüsü446,42 Kb.
#105476
1   2   3   4   5   6
Soprotsessor registrlari.
Soprotsessor registrlar o‘nli nuqtasi siljuchi sonlar 
bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib ularda st(0) dan st(7) gacha bo‘lgan 8 ta 
registrdan foydalaniladi. Ularning har biri 80 ta razryadga ega. Multimedia 
kengaytmali butun sonli registrlar MMX0-MMX7 bo‘lgan registrlardan 
foydalaniladi. Bu registrlar multimediaga ma’lumotlarni qayta ishlashga 
mo‘ljallangan ularning har birida 64 ta razryad mavjud. O‘nli nuqtasi siljuvchi 
multimedia kengaytmali registrlarga XMM0-XMM7 gacha bo‘lgan registrlar kiradi. 
O‘nli nuqtasi siljuvchi multimedia vositalarini qayta ishlashga mo‘ljallangan har bir 
registr 128 ta razryaddan iborat. Pentium 2 dan boshlab joriy etilgan.
Mikroprotsessorning sistemali registrlari. 
Ushbu registrlarning nomidan 
ko‘rinib turibdiki ular sistemada maxsus funksiyalarni bajaradi. Aynan shu registrlar 
himoyalangan rejim ishini ta’minlaydi. Shuningdek ularni mohir dasturlovchi turli 
xil amallarni bajarish uchun dastur tuzishga to‘sqinlik qilmaydigan 
mikroprotsessorning maxsus qismi deb qarasa bo‘ladi.
Sistema registrlari 3 guruhga bo‘linadi:
boshqarish registrlari - 1 ta
sistema adreslari registrlari - 4 ta


otladka registrlari - 6 ta. Pentium mikroprotsessorlari uchun quyidagi o‘zgarishlari 
kiritilgan oldin band qilib qo‘yilgan CR4 boshqarish registrlari qo‘llanilgan.
MSR registrlar guruxi kiritilgan.

Boshqarish registrlari. 
Boshqarish registrlari guruxiga beshta registr 
kiritilgan, CR0, CR1, CR2, CR3, CR4. bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini 
boshqarish hisoblanadi. Mikrolprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo‘lsa 
ham, ulardan faqat to‘rtasi ishlatiladi. CR1 registri ishlatilmaydi, chunki uning 
funksiyasi aniqlanmagan. CR0 registri mikroprotsessorning holatini va uning ish 
rejimiga tasvir etuvchi sistema flaglaridan tashkil topgan. Quyida ular bilan 
tanishamiz:

PE (protect enoble) mikroprotsessorning joriy vaqtida qaysi ish rejimida 
ishlayotganini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 1 bo‘lsa, himoya rejimi, 0 bo‘lsa real 
rejim.

MP(math present) soprotsessor borligi .

TS(task switched) amallar orasida o‘tish (pereklyuchatel zadach).

AM(alignment mask) tekislash maskasi, ushbu bit tekislashni boshqaradi.

CD(cache disable) kesh xotirani ta’kiklash, ushbu bit AM=1 da kesh xotira 
borligiga ruxsat beradi, AM=0 bo‘lsa ta’kiklaydi.

PG(pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat berish (Pg=1) yoki ta’kidlash (Pg=0)
CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan chiqib 
ketishga mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha:
Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsa, 
mikroprotsessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. Shu ma’lumotga qarab 
kerakli sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi. CR3 registri ham xotiraning 
sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni birinchi darajali sahifalar katalogi registri 
deb atasak bo‘ladi. CR4 Pentium mikroprotsessorlarining turli modellariga paydo 
bo‘lgan elementlarni xarakterlaydi.
Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek xotirani boshqarish 
registrlari deb ham ataladi. Ular mikroprotsessorning multiamalli holatida 
ma’lumotlarni va dasturlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan rejimda 
mikroprotsessor adresli muhiti 2 ga bo‘linadi:

Global – barcha vazifalar uchun umumiy .
Lokal – har bir vazifa uchun alohida.
Mikroprotsessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:

GDTR(global descriptor table register) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32 bit global 
deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.

LDTR(local descriptor table register) 16 bit o‘lchamga ega va LDT deskriptor 
jadvali spektorini o‘z tarkibida saqlaydi.

IDTR(interrupt descriptor table register)

TR(task register) 16 bitli vazifa registri Otladka registrlari, bu apparatli otladka 
uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir. Apparatli otladka vositasi birinchi marta 
i486 mikroprotsessorlarida paydo bo‘ldi. Apparatli qism tomonidan mikroprotsessor 
8 ta otladka registridan iborat. Lekin real holda ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi.

DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish nuqtasi 
adresini kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har qanday adres 


DR0…DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos tushgan 
holatda 1 raqamini otladka generatsiya qilinadi. DR6 –otladka holati registri deb 
ataladi. Ushbu registr bitlarini ko‘rib chiqaylik:
B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat 
nuqta natijasida ro‘y beradi.
V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi.
BS - eflages registrida tfq1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi.
BT - qopqon bit ISSTq1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi.
DR7 – otladkani boshqarish registri deyiladi.
 
Soprotsessor registrlari.

Soprotsessor dasturiy modelida registrlarning 3 ta 
guruhini ko‘rish mumkin:
1) soprotsessor stekini tashkil etuvchi R0…R7 nomdagi 8 ta registr. Har bir registr 
o‘lchami 80 bitdan. Bu hol hisoblash algoritmlarini bajaruvchi qurilma uchun 
xarakterli hisoblanadi. 2) uchta xizmatchi registr:
SWR (status word regiter) – soprotsessor holatini ifodalovchi registr. SWR 
registrlarida oxirgi buyruq bajarilganda qanday cheklanish kelib chiqdi, soprotsessor 
stekining yo’qorigi registrlari qaysiligini ko‘rsatuvchi maydonlar mavjud.
CWR (control word register) - soprotsessor ish rejimlarini boshqaradi. Ushbu 
registrdan maydonlarga qarab sonli hisoblashlar aniqligi, yaxlitlashni boshqarish, 
o‘z ishlarini niqob qilish mumkin.
TWR (tags word register) teg so‘zlari R0..R7 registrlarining holatlarini 
boshqarish uchun ishlatiladi.
3) ikkita ko‘rsatish registrlari:
DPR (data point regiter) ma’lumotlarni ko‘rsatgich registri
IPR (instruction poin register) buyruqlar ko‘rsatiladi.
Ular buyruq adres va ular operandi adresini eslab qolish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 446,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə