1. Mikroprotsessor xotirasi Mikroprotsessorning interfeys qismi


Mikroprotsessorning interfeys qismi



Yüklə 446,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix14.04.2023
ölçüsü446,42 Kb.
#105476
1   2   3   4   5   6
 Mikroprotsessorning interfeys qismi 
MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va 
muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshayotgan dastur komandalarini qabul 
qilib, dastlabki tahlildan o‘tkazish hamda operandlar va komandalarning to‘liq 
manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.


Interfeys qism o‘z tarkibiga MPXning manzilli registrlarini, manzil 
shakllantiruvchi uzelni, MPdagi komandalarning buferi sanaladigan komandalar 
registrlarining blokini, MPning ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish 
portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim interfeysiga qarashli punktlar 
bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa qurilmalar bilan axborot 
almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar bo‘lishi mumkin. Har bir 
port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, ya’ni port raqamiga 
ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter xotirasining bir bo‘lagi emas, 
balki kiritishchiqarish qurilmasining ushbu portdan foydalanuvchi qismi 
sanaladi.
Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi va boshqaruvchi axborot 
bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari va ikkita xotira registrini 
mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi darkor bo‘lgan axborotning 
katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham foydalanadi. Aksariyat standart 
qurilmalar (klavishlar majmui, printer, soprotsessor va shu kabi qurilmalar) o‘ziga 
muntazam biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga ega.
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi quyidagi
vazifalarni bajaradi:
port manzilini va ushbu manzil uchun boshqaruvchi (portni qabul yoki
uzatish rejimiga ulash va shu kabi) axborotni shakllantirish, portdan 
boshqaruvchi axborotni, portning ishga shayligi va holati
to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish; kiritish-chiqarish qurulmasining porti bilan 
MP o‘rtasidagi ma’lumotlar uchun tizim interfeysining boshidan oxirigacha 
ketgan kanalni tashkillashtirish.
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi portlar 
bilan aloqa bog‘lash uchun yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh), manzillar va 
tizim shinasidagi ma’lumotlardan foydalanadi, ya’ni: MP portiga kirish 
mobaynida YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish 
qurilmalariga manzillarning kodli shinasidagi (MnzlKSh) manzil port manzili 
ekanligi haqida xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday 
signalni qabul qilib, port manzili mos tushgan qurilma ishga shay ekanligi 
haqida javob qaytaradi va shundan so‘nggina MKSh orqali ma’lumotlar 
almashinuvi ro‘y beradi. 

Yüklə 446,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə