1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Jamiyat va davlat sotsiologiyasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə13/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
manaviy begonalashuv

Jamiyat va davlat sotsiologiyasi. Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega bo‘lgan, o‘zida ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni aks ettirgan, individual sifatlarga, shaxsning ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlar yo‘nalishi, shaxs motivlari va hokazo ega bo‘lgan shaxslar jamiyatning elementi hisoblanadi.
Jamiyat umumiy tabiiy-tarixiy tizim sifatida o‘zida ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy, mafkuraviy, siyosiy strukturalarining organik birligini tashkil etadi. Kishilarning turli ijtimoiy guruhlarining o‘zaro birligi yoki jamiyat tizimining tabiiy-tarixiy xarakterini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi: iqtisodiy munosabatlar – ijtimoiylashuvini /sotsializatsiya/, siyosiy munosabatlar – ijtimoiy boshqaruvni /elementlar nazorati/, mafkuraviy munosabatlar – ma’naviy ishlab chiqarish funksiyasini va b.
Sotsiologik nazariya barcha ijtimoiy tizimlarni 1) sotsietal; 2) ijtimoiy munosabatlarda ko‘radi. Sotsietal tizimlarga jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ularning har biri bir-biri bilan aloqada bo‘lgan aniq bir strukturaga ega bo‘ladi. Jamiyatning sotsietal tizimi – ierarxik qaramlikni tashkil etadi, ya’ni iqtisodiy munosabat bunda belgilovchi omil bo‘lib, ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy munosabatlar uning ishlab chiqriluvchisi bo‘ladi.
Sotsietal tizimlar o‘z tarkibiga ko‘ra quyidagicha joylashtiriladi:
1/ iqtisodiy; 2/ ijtimoiy; 3/ siyosiy; 4/ mafkuraviy;
Sotsietal tizimlarning bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi dialektik xarakterga ega. A.Smit “Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o‘zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur bo‘ladi, u boshqalar uchun ishlaganda, aksincha, o‘zi uchun ham ishlaydi” deydi. Shuning uchun aynan shu tizimda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, bazis va ustqurma, ijtimoiy ong kabi falsafiy kategoriyalar ishlatiladi.
Sotsiologik nuqtai-nazardan jamiyat – bu kishilarning, birlikda yashash va o‘zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi uyushmasidir.
Jamiyat tashkil topishi uchun eng kamida ikki kishi bo‘lishi kerak, bu jamiyatning oddiy ko‘rinishi bo‘lib, uning murakkab shakllarini shakllantirib boradi, ya’ni oilaning qurilishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A.Smit ta’rifi bo‘yicha jamiyat a’zosi ham o‘zi uchun, ham o‘zga bir kishilar uchun ishlaydi, murakkab jamiyatning shakllanishiga o‘z hissasini o‘z oilasi bilan birga qo‘shadi. Bu misollarni yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy guruhlarning paydo bo‘lishida ko‘rib borishimiz mumkin, qaysidir bir dinning rivojlanishi natijasida dindorlar jamiyati oddiylikdan murakkablik sari boradi, partiya tashkilotlari va guruhlar tuzilishida ham aynan shunday sotsietal tizim munosabatlarini ko‘rib borishimiz mumkin.
Jamiyatning “ijtimoiylik” tizimi unsurlar sifatli munosabatlarini hodisalar ham jarayonlarda aks ettiradi. “Ijtimoiylik” tizimining asosiy unsurlarini ijtimoiy jamoalar tashkil etadi, ya’ni bular sinflar, millatlar, professional, demografik, hududiy va siyosiy guruhlardir. “Ijtimoiylik” tizimining elementini kishilar tashkil etadi. Bunda har xil ijtimoiy jamoalarga birlashgan kishilar bir-birlari bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar. Ushbu aloqadorlik jarayonida kishilar ma’lum bir individga va ma’lum bir mehnatga ta’sir o‘tkazadilar.
Jamiyatni tushunish va jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar O.Kontning sotsiologik nazariyasida ham aks ettirilgan. O.Kont, D.Yum, A,Smit, Russo, Sen-Simonlarning jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarini rivojlantirdi. O.Kont sotsiologiyada psixologiya, siyosiy iqtisod, etika, falsafa tarixi fanlarining tushuncha va metodologiyasi sintezlashtiriladi.
Jamiyat – o‘zaro munosabatda bo‘lgan “zarrachalar”, “elementlar”, “atomlar”ning /avtomatik/ harakatda bo‘gan mexanizmi deb qaraladi.
Individ xatti-harakatlari va qiziqishlarini O.Kont abstraksiya deb hisoblaydi.
Ijtimoiylikning ajralmas unsuri sifatida inson emas, oilani olib, oila jamiyatning ijtimoiy organizmining birligini tashkil etadi.
Bu yerda kishilarning o‘zaro aloqadorligi /“assotsiatsiya” emas, balki ajralmas birligi hukmronlik qiladi, deb Kont o‘z fikrlarini davom ettiradi./
Jamiyat va uning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina sotsiologlar o‘z ta’limotlarini yaratganlar, jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarni boyitib, o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shganlar. Bular Zimmel, Parsons, Lumi, Chikago maktabi namoyandalari va boshqalar.
Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud: 1/ mexanitsistik. 2/ organitsistik. 3/ kulturologik.
1. Jamiyatning mexanik yo‘nalishi (XIX asrda vujudga keldi,sotsial harakatni biologik harakat shaklida tushunadi, olamni mexanik talqin qiladi.).
2. Jamiyatning organik konsepsiyasi (XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga kelgan, jamiyatni organizmga tenglashtirgan va ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlar bilan tushuntirishga urinadi.)
3.Kulturologik yo‘nalish:- qadriyatlar madaniyatni vujudga keltiradi, deb talqin qiladi.)
Ijtimoiy hayot nisbatan mustaqil, barqaror, funksional va rivojlanish qonuniyatlariga ega bo‘lgan ijtimoiy tizimlar birligidan iboratdir.
Ijtimoiy tizim – murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun, o‘ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy tizim o‘zining tarkibiy tuzilishiga ega. Jamiyatning ayrim tarkibiy tizimlari, masalan: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy turmush, fan va boshqa shu kabi sohalarida, to alohida olingan insongacha bo‘lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy-tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimning tarkibiga kiradi. O‘zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o‘z takribiga oladi. Jamiyat hayotida biron bir ijtimoiy tizim alohida ravishda boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajragan holda yashay olmaydi.
Har bir ijtimoiy tizim o‘zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyoti davomida doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi funksional va ziddiyatli munosabatda bo‘ladi. Har qanday ijtimoiy tizim o‘zining tarkib topish, rivojlanish, gullab-yashnash va tanazzuliga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo‘lib, tarkibidagi element va mayda tizimlarning o‘zaro aloqadorligi, ziddiyatliligi – ularning rivojlanishi mohiyatini belgilaydi. Tashqi o‘zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi.
Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ierarxik tuzilishga egadir. O‘zaro ierarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini beradi.
Ijtimoiy tizimlar maqsadga yo‘nalganligi, moslashuvchi, ochiq, o‘zini qayta tiklash, funksional va rivojlanish kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo‘ladi. Kishilar, ijtimoiy voqelik, jarayonlar va g‘oyalar ijtimoiy muhit elementlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi yangi ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi jarayonida ijtimoiy muhit sotsiologik jihatdan tahlil qilish masalasi muhim ilmiy ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy tizimlar o‘zlarining ijtimoiy vazifalari, funksiyalari bilan o‘zaro farq qiladi. Ular muayyan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar.

Parsons fikricha, ijtimoiy tizim, eng avvalo, faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod, siyosat, huquq kabi o‘zaro ta’sirida bo‘luvchi ijtimoiy tizimlar ahloqqa, ma’naviyatga faol ta’sir ko‘rsatadilar.


Har qanday ijtimoiy tizimlarda ikki tipdagi funksional vazifa va rivojlanish qonuniyatlari amal qiladi. Ularning funksional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil – ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Ichki omillarga birinchi navbatda tizim va uning komponentlari, komponentlarning o‘zaro munosabati kiradi. Tashqi omillarga ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi kiradi.
Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va yashash sharti hisoblanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini saqlashi va o‘zgarishini hisobga olish bu ijtimoiy tizimlarning funksional vazifa o‘zgarishi va rivojlanishini sotsiologik tadqiq qilishda birinchi darajali ahamiyatga ega.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə