1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Zamonaviy jamiyat turlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə14/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
manaviy begonalashuv

Zamonaviy jamiyat turlari.
1. Farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati. G‘arb sotsiologiyasida hozirgi kapitalnstik davlatlarning qiyofasi ifodalab, “umumiy rohat-farog‘at” va “iste’mol qilish jamiyati” degan nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariyaga ko‘ra iqtisodiyotning o‘sishi va yangi texnologiyaning ishlab chiqarishga tadbiq natijasida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy farovonligi ortib boradi, mo‘l-ko‘lchilik natijasida iste’mol mahsulotlarining ko‘plab realizatsiya qilinishi natijasida jamiyatdagi har bir kishining baxtli va nizolarsiz hayot kechirishi ta’minlanadi. Hozirgi kunda shunday davlatlar fikrimizcha rivojlangan kapitalistik davlatlarda, ayniqsa Skandinaviya davlatlari hayotida asta-sekin namoyon bo‘lib bormoqda.
2. Istemol qilish jamiyati. Unchalik nazariy, empirik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan tushuncha. Amerika sotsiologlari tomonidan XX asr 40-50 yillarida jamiyatning har bir a’zosining hayot darajasini yaxshilash maqsadida paydo bo‘layotgan tasavvurlarning keng yoyilishi natijasida vujudga kelgan nazariya.
3. Ochiq va yopiq jamiyati. Sotsiologiyaga K.Popper tomonidan kiritilgan bo‘lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat- demokratik jamiyat bo‘lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat, yopiq, jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. Ochiq jamiyat olamni ratsional anglash, krititsizm va individualizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. K.Popper yopiq jamiyatlarga o‘zining siyosiy va ijtimoiy kelib chiqishidan turlicha bo‘lgan davlatlarni kiritadi, bularga Spartak, Prussiya, chor Rossiyasi,natsistlar Germaniyasi, Sovet Ittifoqini kiritadi. Ochiq jamiyatga qadimgi Afina va g‘arb rivojlangan davlatlarini kiritadi. Ochiq va yopiq jamiyat konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining ideologik siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan o‘rganish uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi.
4. Industrial (sanoat) jamiyati. An’anaviy jamiyat kategoriyasidan ajratib turuvchi, g‘arb sotsiologiyasida rivojlangan jamiyatning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risidagi ikki asosiy kategoriyaning biri. Ushbu terminni birinchi bo‘lib Sen-Simon ishlatgan, uni O. Kont, T. Spenser, Dyurkgeym va boshqalar rivojlantirganlar, qaysi jamiyatda sanoat ishlab chiqarish iqtisodiy tashkilotni boshqaruvchi shakli bo‘lsa, bu tashkilot xususiy shaxslar qo‘lida bo‘lsa, bu tadbirkor xususiy boshqaruvchi bo‘ladi, u mehnat jarayoni va ishchilarni boshqarib boradi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarini, menedjer-administratorlar nazorat qiladilar.
5. Postindustrial jamiyat. Amerikalik sotsiolog D. Bell tomonidan ishlab chiqishgan konsepsiya. Postindustrial jamiyat konsepsiyasining nazariyasiga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchta bosqichda ko‘riladi:
J) industrial jamiyatgacha bo‘lgan davr; 2) industrial sanoat jamiyat davri; 3) postindustrial jamiyati davri. Industrial jamiyatgacha bo‘lgan davrda asosiy omil qishloq xo‘jaligi munosabatlari, cherkov va armiya jamiyatning asosiy sotsial instituti hisoblanardi, bu davrdan industrial-sanoat jamiyatiga o‘tilgach, sanoat korporatsiyalar va firmalar jamiyatning asosiy omili bo‘lib qoldi, postindustrial jamiyat davrida esa universitetlar asosiy joyi bo‘lgan nazariy-bilimlar sanoat va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planib. qolishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu jamiyatda D. Bellning fikricha, kapitalistlar hukmronligi yo‘qolib, uning o‘rniga yuqori bilimga ega bo‘lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyatning asosiy mezoni sifatida o‘zining ma’nosini yo‘qotadi, uning o‘rnini ta’lim va bilimniig yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamyatda asosiy nizo mehnat kapitali orasida bo‘lsa, postiidustrial jamiyatda asosiy nizo bilim va chuqur bilimga ega emaslik o‘rtasida boradi.
Jamiyat tuzilishiga ko‘ra quyidagiga bo‘linadi:
1.Totalitar jamiyat:- (lotincha butun, umumiy, jamiki). Avtoritar shakllaridan biri. Jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan yalpi nazorat o‘rnatiladi.
2.Avtoritar jamiyat:- (lotincha ijodkor, asoschi,boshlovchi, avtor).Demokratik bo‘lagan siyosiy rejimga asoslangan yoki siyosiy ongning avtoritar shakli. Bu siyosiy xukmronlik qilishning o‘ta reaksion shakli. Shaxsning diktatorlik elementlari bilan uyg‘unlashib ketadi.
3.Demokratik jamiyat:- (yunon.xalq hokimiyati)-xalqning hokimiyat manbai ekanligi, davlat ishlarini hal qilishda qatnashishini bildiradi.
Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari o‘sha davr allomalari ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o‘zlarining ijtimoiy qarashlarini o‘z asarlarida yozib qoldirganlar. Zardushtiylikning asosi bo‘lgan “Avesto” miloddan avvalgi VII asrda qadimgi Xorazmda yaratilgan bo‘lib, uning ma’nosi qonun – qoidalar demakdir. Unda asosan yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashlar aks ettirilgan. Bu kuchlar o’rtasidagi kurash, ijtimoiy jarayonlarni yondashuv orqali hal etish uchun turli oqimlar vujudga kelgan. Xususan: mitraizm oqimidir. “Mitraizm – Xudo Mitraga sajda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan din”2
Bu oqim Yevropa va Rim imperiyasidan tortib axamoniylar, kushoniylar amal qilgan davrlarda xam o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelgan.
Sharq sotsiologiyasida Xitoy mutafakkirlarining qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoyda bizga ma’lumki kuchli imperiyalar tarkib topgan. Diniy mutaasiblik va kosmologiya g‘oyalari Xitoy hukmdorlarini azaldan osmoniy hukmdor mavqesiga yuksalish orzulari yo’lida xizmat qilib kelgan. Kosmologik g‘oyalar asta sekinlik bilan imperiyaning har bir jabhasida ma’lum bir ramziy belgilar tarzida ifodalangan. Masalan, tamg‘alarda uch gorizantal chiziq, ya’ni osmon, yer va insondan iborat bo’lgan chiziqlardir. Uning asarlarida ko’proq kosmologiya masalalari urin olgan. U kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini besh ko‘rinishga ajratadi:
1.Ota va farzand.
2.Er va xotin.
3.Aka – ukalar.
4.Turli oilalar.
5. Hukmdor va fuqarolararo munosabatlar.
Nima hayoliga kelsa shuni qilishga emas, balki jamiyat tomonidan belgilab qo‘yilgan, ijtimoiy tabaqa mohiyatidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishga mas’uldir. U juda ko‘p davlat boshqaruvi yuzasidan nazariyalar yaratgan. Afsuski, o‘sha davrda hech bir hukmdor uning xizmatidan foydalanmagan.
Ma’lumki, sotsiologiya fani rasman G‘arbiy Yevropada yuzaga kelgan bo‘lsa-da, uning ildizlari sharqqa borib taqaladi. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi mazmunini xalqimizning tarixiy, ma’-naviy qadriyatlari sanalmish Qur’oni Karim, Hadisi sharif sharqning ulug‘ allomalari Farobiy, Ibn Sino, Hazrati Bahouddin Naqshbandiy, At-Termiziy, Imom Al-Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy va boshqa ulug‘ mutafakkirlar asarlarida ilgari surilgan fikrlar tashkil etadi.
Markaziy Osiyoning mutafakkirlari bo‘lmish Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo kabi ulug‘ allomalar o‘z davri ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o‘zlarinig ijtimoiy qarashlarini asarlarida yozib qoldirganlar.
Abu Nasr Farobiy o‘zining “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al – madaniya” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. U o‘zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan.
Davlat va jamiyat masalalarida davlatni ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko‘p jihatdan davlat boshlig‘i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog‘liq deb bilgan. “Fozil shahrining birinchi boshlig‘i”, deb ta’kidlaydi Farobiy, - shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo‘lib, u tabiatan o‘n ikkita hislat fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur:
1.Hokimning 4 muchali sog‘lom bo‘lib, o‘ziga yuklangan vazifalarni oson bajarilishi lozim;
2.Nozik farosatli, xotirasi yaxshi, zehnli, fikrini ravshan tushuntira oladigan bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi shart;
3.Taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat bo‘lmasligi, o‘zini tiya oladigan bo‘lishi va haqiqatni sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan, oliyhimmat bo‘lishi, oliy ishlarga intilishi zarur;
4.Mol – dunyo ketidan quvmaydigan;
5.Tabiatan adolatparvar, iste’dod va jabr-zulmni yomon ko‘ruvchi, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va xadiksirashlarga yo‘l qo‘ymasligi kabi xislatlar kiradi.
“Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, hammaga baravar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi ozod bo‘ladilar” - kabi fikrlari Farobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Minerologiya”, “Hindiston” asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan.
“Mineralogiya” asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy o‘z davrining etnosotsiologi ham edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian molikiylar va xristian nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Zahriddin Muhammad Bobur ham “Boburnoma” asarida o‘z davri ijtimoiy hayoti voqeligini, inson shaxsi xususiyatlarini, yaxshi va yomon tomonlarini, Andijondan – Hindistonga qadar bo‘lgan ulkan hududida yashagan xalqlarning ijtimoiy jihatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy tadqiqotlari asosida o‘rgangan va yozib qoldirgan.
Sharq xalqlarining hayotga bo‘lgan ijtimoiy qarashlari mohiyat e’tiboriga ko‘ra g‘arb sotsiologlarining ijtimoiy yondashuvlaridan farq qiladi. Qadimgi sharq kishisi uchun o‘zlikni anglash, ma’naviy komillikka erishish, ozodlik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo tashvishlarini inkor etish, o‘zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan iboratdir. Qadim Sharq falsafasi, uning teologik asoslari qadimgi Movarounnahr hududida yashovchi xalqlarning ijtimoiy jarayonlarga munosabatlari va fikrlash tarziga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Xususan, o‘zbek xalqi va uning boy ma’naviyatining shakllanishida islom dinining kirib kelishi va uning xalq tomonidan qabul qilinishi o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. O‘zbek xalqi ham Islom diniga o‘z milliy xususiyatlari urf-odatlari, turmush tarzi, an’analari bilan kirib keldi. Bu esa qabul qilingan islom teologiyasi nazariyasiga tegishli aniqliklar va tadrijiy o‘zgartirishlar kiritilishini taqozo eta boshladi.
Movarounnahr jamoatchilik fikri tarixini o‘rganishda Abu Mansur al-Moturudiyning o‘rni beqiyosdir. Uning asarlariga nafaqat dinshunoslik, balki jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan, shaxs haqidagi ta’limot sifatida yondashish, ularni Movarounnahr xalqlari hayoti tarzi mentalitetiga muvofiq keluvchi, g‘oyaviy, e’tiqodiy yakdillikka undovchi yaxlit ilmiy sotsiologik konsepsiya sifatida baholash va har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiq.
Al-Moturidiy qarashlari oqilona me’yor, inson sha’ni, mavqeyiga mos keluvchi nazariyadir. Inson shaxsi va mavqeyi masalasi, uni turli ijtimoiy-siyosiy, kerak bo‘lsa, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi Al-Moturidiyning murosaviy muvozanat konsepsiyasini, islomni anglash jarayon-laridagi ijobiy jihatlar yig‘indisiga emas, balki Movarounnahrdagi real ijtimoiy-siyosiy muhit, xalq turmush tarzi, mentaliteti, boy madaniy tarixiy tajribasi bilan boyitilgan insoniy yondashuvlar sintezi, deb baholash maqsadga muvofiqdir. Al-Moturidiy jamoa va jamiyatning voqelik mohiyatini ramzlarda talqin etishga diqqatini qaratadi.
Movarounnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik aglash va o‘rganish ulug‘ mutafakkir Abu Nasr Forobiy tomonidan kengaytirildi. U o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida insondagi insoniylik mohiyati o‘zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va hodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag‘ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko‘mak berishini asoslab berdi.
Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilining juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikricha, inson barcha haqiqatlarni anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o‘zidan oldingi ajdodlari tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘zlashtirish, ilm-ma’rifat bobida yetuk donishmandlar fikriga ergashishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Forobiy jamiyatning boobro‘ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Forobiy o‘sha paytdayoq ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiologiyada ko‘p qo‘llanuvchi ekspertlar, ya’ni o‘z davrining yetuk donish-mandlari fikriga tayanib, ish tutish zarurligiga urg‘u beradi.
Ulug‘ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ham sotsiologiya nazariyasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shdi. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” deb nomlangan qomusiy kitobini insoniyat tarixining o‘tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag‘ishlangan mumtoz etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. Ushbu kitobda ulug‘ mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan sotsiologik tadqiqotlari, qo‘llagan usullari xususida so‘z yuritib, shunday yozgan:
“Mazkur asarni yozish asnosida o‘zimga ishonch hosil qildimki, aqliy narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo‘li bilan haqiqiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin emas. Bunga faqat “kitob ahllari” va turli din arboblariga, shu (e’tiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini asos tutish bilan belgilanadi. So‘ngra ularning isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi”.3
Abu Rayhon Beruniy dunyoning sotsiologik manzarasi evolutsion jarayon natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi.
Ayni chog‘da, Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyatlar emas, balki turli ijtimoiy darajadagi murosa va konsensus ekan-ligini uqtiradi. “Qarama-qarshiligi ravshan, ayon bo‘lgan narsaga qanday ishonib bo‘ladi”,2 deb qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan jarayonlarda o‘zgarish ehtiyojini kuchayishiga ishora qiladi.
Beruniy sotsiologiyadagi ijtimoiy tabaqalanish haqida ham fikr yuritib, shunday deydi: “Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli xohishlarni ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilishidir. Uzoq zamonlar o‘tishi bilan haligi iboralar ko‘payib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan”.
Ulug‘ mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning ijtimoiy qarashlari o‘zining ilmiy teranligi, voqelikka hushyor baho berish xususiyati bilan ajralib tu-radi. Ibn Sino olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning o‘z-o‘zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb hisoblaydi. Hamma narsaning yuz berishida taqdiri azalning roli, ilohiy hukmning mutlaqlashuvi g‘oyasiga qarshi chiqib, Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat a’zolarining erkin faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi.
Yusuf Xos Hojibning XI asrda yaratilgan “Qutadg‘u bilig” asari ham ijtimoiy qarashlarga boy. Bu kitob axloq-odob ta’lim va tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mujassamlashtirib, o‘zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir.
Yusuf Xos Hojib jamiyat va tabiat borasidagi barcha bahslarni ta’lim atrofida olib borar ekan, o‘z davri, mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, ma’naviy-moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma’lumotlar beradi. U o‘sha davrning turli ijtimoiy tabaqalari, toifalari va guruhlari, ularning turmush tarzi, rasm-rusumlari, qonun-qoidalari, hunar va kasb-korlari, jamiyatda tutgan mavqelari, davlat tuzumining qanday asoslarda qurilganligi, har bir tabaqaning dunyoqarashi xususida atroflicha sotsiologik asoslangan ma’lumotlarni o‘rtaga tashlaydi.
Yusuf Xos Hojib jamiyatning tom ma’nodagi kamoloti faqat ta’lim vositasida amalga oshadi, deb hisoblaydi. Dunyodagi barcha boyliklar muvaqqatdir, o‘tkinchidir, bilim boyligi qancha sarf etilsa, shuncha ko‘payaveradi, deydi.
Forobiyning shogirdi Ibn Sino (980-1037) ham ijtimoiy hayotni o‘rganish va tadqiq qilishga harakat qilgan. Uning aksariyat asarlari ahloqiy qarashlardan iborat bo‘lgan. U o‘z asarlarida bir qancha ahloqiy fazilatlarga ta’rif beradi. chunonchi, iffat, himmat, adolat, saxiylik, qanoat, sadoqat va boshqalar shular jumlasidandir. Alloma tasavvuf falsafasi va tasavvufiy axloqshunoslikka doir asarlar ham yozgan. U shuning uchun ham “Shayx-ur-Rais” ya’ni shayxlarning raisi degan nom olgani bejiz emas. Ibn Sino tabiat va jamiyat haqida fikr yurita turib, o‘z-o‘zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi deb ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining erkin yashashlari uchun o‘sha jamiyat, davlat va odamlar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi shartligini asoslaydi. Yanada oddiyroq qilib aytganda, dunyo kamoloti uchun jamiyatdagi yashaydigan odamlar erkin faoliyat qilishlari lozim. Ana shundagina ijtimoiy hayot o‘z o‘rniga tushishi mumkin. Jamiyat hodisalarini o‘rganish, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy guruhlar muammolari ham Ibn Sinoning diqqat markazida turgan. “Ibn Sino dunyoning abadiyligi har bir yuz beruvchi narsaning albatta bir kun kelib yaratilishi mumkinligi bilan izohlanishini, dunyoda gayritabiiy narsalarning yo‘qligini ham ta’kidlaydi”.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Ibn Sino sotsiologiya tegrasida ancha samarali ishlar olib borgan. Buyuk vatandoshimiz savob va jazo masalasida ham mohiyatan tasavvufiy yo‘nalishda fikr yuritadi. U yana inson taqdiri masalasi bilan ham qiziqqan.
Temuriylar davri ilm – fan va madaniyat taraqqiyotining oltin davri sifatida hanuzgacha jahonni hayratga solib kelmoqda. Bu davrda ko‘plab qomusiy olimlar, shoirlar va san’atkorlar etishib chiqdi. Ular orasida ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy (1441-1501) alohida ajralib turadi. Uning asarlaridagi badiat bilan birgalikda falsafiy-ijtimoiy qarashlar xanuzgacha o‘z ahamiyatini yuqotgan emas. Navoiy o‘z asarlarida inson qadr-qimmati, nomus oriyat va insoniy g‘urur tushunchalari, inson erki, tafakkur tarzi kabilarga ahamiyat berib o‘tadi. Shuningdek, jamiyatdagi ziyolilarga juda ko’p narsalar bog‘liq ekanligi, uning “Agar mamlakat xarob bo‘lsa, shohdan xafa bo‘lma, bu ziyolilarning, ilm-ahlining gunohidir”.4 degan fikri ahamiyatlidir. U asarlarida adolat, ijtimoiy adolat prinsiplari haqida to‘xtalib adolat mezonlarini buzilishi, jamiyat ijtimoiy hayotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatishini o‘qtirib o‘tadi. Alisher Navoiy ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligini bayon etadi. Ulug‘ mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimdagi o‘rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab beradi. Bu sotsiologik tavsiflashdan maqsad, ularning ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligini sezib olish qiyin emas. Navoiy jamiyatning miqdor va sifat jihatidan bo‘linganligini ijobiy hodisa ekanligini asoslab beradi.
Musulmon sharqi mintaqasida turkiy tilda ijod qilgan Yusuf Xos Hojib ham inson, inson erki, tafakkuri, yashash tarzi, siyosatga oid ko‘plab qimmatli fikrlar bildirgan. “Qo‘tadg’u bilig” asarida axloq, siyosatshunoslikka doir ma’lumotlar bor. Bu asarni turkiy xalqlarning axloqiy, ijtimoiy qomusi deb atashimiz mumkin. Kitobda ezgulik va yovuzlik, halollik va haromlik singari tushunchalar obrazli qilib, misralarda, maqollarda ochib berilgan.
U jamiyatning ezgu odami haqida fikr bildirdi. “Uning barcha qilmish va yo‘riqlari xalqqa foyda va manfaat beradi. Ezgu odam o‘z manfaatini ko‘zlamaydi, boshqalar manfaatini o‘ylaydi”.5 Haqiqatdan ham ezgu maqsadlarni ko‘zlagan insonlar jamiyat, davlat rivojlanishiga ijobiy turtki beradi. Yusuf Xos Hojib til va dil birligini xam talqin etadi. Jamiyat – aql – zakovot orqali rivojlanadi deb ta’kidlaydi. U ham jamiyat va tabiat to‘g‘risidagi bahslarni kuzatib boradi. U ko‘proq jamiyatning rivojlanishi fan, ta’lim sohalariga bog‘liq ekanligini bildirib, fan va ta’lim sotsiologiyasini asoslab yaratib beradi. U sotsiologiyani falsafa fani kabi donishmandlik fani deb e’tirof etadi. U ijtimoiy tabaqalarni xususiyatlarini, mavjud ijtimoiy tuzum, ma’naviy-moddiy hayot jarayonlarini keng tadqiq qiladi. Davlat tuzumi qurilishi haqida ham batafsil ma’lumotlar beradi.
Xulosa qilib aytganimizda “Sharq sotsiologiya maktabi rang-barang ta’limotlar guldastasidan iborat bo‘lib, bugungi kunda hayotimizga tobora mustahkam o‘rin olayotgan milliy istiqlol g‘oyasi uchun falsafiy, diniy va dunyoviy poydevorlar vazifasini o‘taydi. Milliy istiqlol g‘oyasi uchun xam mazkur ta’limotlar nazariy asos sifatida xizmat qiladi”.6
Sotsiologiyaning vujudga kelishiga doir bosqichlarini o‘rganish bizni sotsiologik tafakkur qilish madaniyatiga o‘rgatadi.

Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan Markaziy Osiyo mutafakkirlari yaratgan, ming yillar avval qo‘llanilgan ijtimoiy hayot jarayonlarini o‘rganish usullaridan voqif bo‘ldik. Sharq va G‘arb mutafakkirlari qarashlaridagi asosiy farq shundaki, yangi davr Yevropa fani ijtimoiy tadqiqot shakli. O‘rta asr Sharqi ijtimoiy hayotidan tubdan farq qiluvchi, yangi ijtimoiy munosabatlar mazmuniga, o‘ziga xos tomonlariga ega bo‘lgan jamiyat tuzumini o‘rganishga qaratilgan.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə