1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə9/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
manaviy begonalashuv

Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar. Amaliy tadqiqotlar tarmoq yo‘nalishlarini shakllantiradi. Bu yo‘nalishlarning orasida deviant xulq-atvor sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyalar ko‘proq taraqqiy etgan. Inson o‘limi muammosini o‘rganadigan—nekrosotsiologiya, sotsialdiagnostikalar tarmoq yo‘nalishlari orasida eng yangilari hisoblanadi. Maxsus nazariyalar sotsiologiyaning obyektni muhim tomonlarini o‘rganadi. sotsial struktura nazariyasi, o‘zaro tasir nazariyasi, institutlar nazariyasi va hokozolar maxsus sohalar sifatida shakllandilar. Maxsus nazariya yoki o‘rta daraja nazariyasi tushunchasini fanga R. Merton joriy etgan. O‘rta daraja nazariyasi sotsial tizimlarning umumiy nazariyasini sotsial hatti-xarakatning tashkil etilishning umumiyligiga maxsus kuzatilayotgan turlari bilan bog‘lashi kerak. Bu nazariyalar mavhum tushunchalardan foydalanadilar, lekin ular ko‘pincha faktlar bilan bog‘liqdirlar va bitirish tadqiqotlar asosida shakllanadilar. Shuningdek, xususiy nazariyalarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin va ular sotsial jarayonlar quyidagi empirik ma’lumotlar bilan ko‘proq bog‘langanlar. Bunday nazariyalar deb ko‘yidagilarni aytamiz: referent guruhlar nazariyasi, kichik guruhlar nazariyasi va boshqalar. Bu nazariyalar inson fe’l-atvorining mustahkam mexanizmlarini har xil sharoit va holatlarda ko‘rinishni aniqlashga harakat qiladilar. Nafaqat axloqli nazariyalar balki faoliyatning turli hil turlari nazariyalari: mehnat munosabatlari, qadriyatli moslashni shakllantirish, tashkil qilish va boshqarish.
Sotsiologiyaning rivojlanish jarayonida sekin-asta maxsus va tarmoq yo‘nalishlar vujudga kela boshladilar.
Xo‘sh, maxsus va tarmoq yo‘nalishlarning o‘zi nima ma’noga ega? Maxsus deb institutsional sotsiologiyani, shaxs sotsiologiyasini guruh, jamiyat, sotsial harakat va sotsial munosabatlar sotsiologiyasini e’tirof etamiz. Bundan tashqari yana shakllanib bo‘lgan deb taraqqiyot sotsiologiyasi, o‘zaro harakat, sotsial struktura va boshqalarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Institutsional sotsiologiya o‘zaro harakatning mustahkam shakllarini tadqiq qiladi. Taraqqiyot sotsiologiyasi jamiyat taraqqiyotining manbasi shakli, yo‘nalishlari va uning tarkibiy qismlarini o‘rganadi. Sotsial harakat nazariyasi esa insonning sotsial faoliyatini sabablari, turlari va ahamiyatini aniqlashga harakat qiladi. Nima uchun bularni bir maxsus yo‘nalishlar deb ataymiz, vaholanki sotsial institutlar, shaxs va guruhlar, sotsial munosabatlar va jarayonlar boshqa fanlar tomonidan ham o‘rganiladiki gap shundaki, sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura element sifatida tadqiq qiladi, binobarin xuddi shu vaqtda boshqa ijtimoiy fanlar institutlarni, munosabatlarni va guruhlarni o‘zlarining predmetidan kelib chiqib, o‘z sohalari doirasida o‘rganadilar, masalan, siyosatshunoslik siyosatda, psixologiya sevgi-emotsional sohada, yuridik fanlar huquq sohasida va hokozo. Ushbu fanlardan o‘laroq sotsiologiyaning vazifasi — bu sotsial munosabatlar, sotsial institutlar, sotsial harakatlarning umumiy nazariyasini yaratishdir. O‘z navbatida bu masalalarni o‘rganish uchun sotsiologiya boshqa fanlarning tadqiqotlariga ham tayanishi kerak. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli ushbu muammolarni yechish masalasi ko‘ndalang qo‘yilar ekan, sotsiologiya tomonidan boshqa ijtimoiy fanlar uchun metodologik ahamiyatga eta bo‘lgan nazariya yaratiladi. Haqiqatdan ham ijtimoiy hodisalarning qaysi biri o‘rganilmagan, ular institutsional, sotsial munosabatlar va harakatlar shakllari, shaxs, guruh xarakteri va tafakkur tarzi nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi. Maxsus yo‘nalishlar fanining markaziy qismini tashkil qiladi, chunki u o‘zini tadqiqotning boshqa barcha yo‘nalishlar: fundamental, tarmog‘i empirik yo‘nalishlarni mujassamlashtirgan bo‘ladi. Maxsus yo‘nalishlardan tashqari sotsiologiyada yana tarmoq yo‘nalishlari quyidagilar; shahar sotsiologiyasi, sanoat sotsiologiyasi, oila sotsiologiyasi, deviant hulq-atvor sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri sotsiologiyani shakllangan. Keng rivojlangan ushbu yo‘nalishlar ijtimoiy hayotni ma’lum bir tomonlari, har xil tizimchalar, tafakkurning ma’lum bir elementini o‘rganish natijasida vujudga keldilar. eng rivojlangan yo‘nalishlar bu—deviant hulq-atvor sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri-sotsiologiyasi. Bu yo‘nalishlar XIX asr oxiri, XX asr boshlarida vujudga keldi. Masalan, deviant hulq-atvor sotsiologiyasining asoschisi E. Dyurkgeym hisoblanadi. Ilk bor u deviant hulq-atvorning turi bo‘lmish o‘z-o‘zini o‘ldirish muammosini tahlil qildi, bunda o‘z-o‘zini o‘ldirishni psixologik patalogiya emas, balki sotsial hodisa deb e’tirof etdi. Lekin ko‘pgina tarmoq yo‘nalishlar XX asrning birinchi choragida, Amerikada empirik tadqiqotlar negizida shakllana boshlandi. Bu vaqtda jamoatchilik fikri, sanoat sotsiologiyalarining markazlari vujudga kela boshladi. Tarmoq yo‘nalishlar empirik tadqiqotlarning keng qamrovli amaliyotining negizida shakllana boshladi, lekin ular sotsiologiyaning boshqa yo‘nalishlari bilan ham bog‘liqdir.
Tarmoq sotsiologiyasining taraqqiyoti jamiyatning turli xil tizimchalarining rivoji, ularning tarixiy sharoitlarining turli davrlaridagi ahamiyatining kuchayishi, yangi strukturalarning paydo bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sotsiologiyaning makro va mikro sohalari bo‘lib, makrosotsiologiya - (yunon. makros - uzun, katta sotsiologaya) - katta ijtimoiy guruhlar va tizimlarni (masalan, jamiyat, sivilizatsiya va hokazo.) jarayonlarni harakatlarni va hodisalarni, shuningdek guruhlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqot yo‘nalishi. Mikrosotsiologiya - (yunon. micros - kichkina va sotsiologiya) - sotsiologiyada nisbatan katta bo‘lmagan ijtimoiy tizimlardagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishga qaratilgan, alohida olingan hodisalarning mikrodarajadagi jarayonlar bilan aloqasini empirik tasvirlash bilan chegaralanadigan yo‘nalish, inson xulq-atvorini yuzma-yuz o‘zaro ta’sir kontekstida o‘rganish.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə