1-mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari reja


Suyakning kimyoviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə21/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#86464
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Yosh fiziologiyasi8

Suyakning kimyoviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi

Suyak asosan suyak to‘qimasidan tuzilgan. Suyakning sirti suyak ust pardasi bilan qoplangan bo‘ladi, bu parda bolalarda juda pishiq, xatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak ustiga parda bilan suyakning faqatgina bo‘g‘in yuzalari qoplanmaydi xolos. Suyak parda ko‘p miqdordagi qon tomirlar bilan, nervlar bilan ta’minlangan, bular suyak ust pardadagi teshiklar orqali suyakning ichki qismiga o‘tadi. Suyak shikaslanganda va kasallanganda suyak usti parda hujayralarining hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardagi bog‘lamalar va muskullar birikadi. Suyak usti pardaning tagiga suyakning kompakt qavati yoki zich qabati bo‘ladi. Kompakt qavatining tagiga g‘ovak qabat bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan va ko‘krak yoshidagi bolalarning uzun naysimon suyagining bo‘shliq qismida qizil ilik bo‘lib, o‘sish protsessida qizil ilikning o‘rnini sariq ilik egallaydi. Naysimon suyaklarning ikki uchida, ba’zida yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil ilik saqlanadi.

Suyaklar shakli va tuzulishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga bo‘linadi. Naysimon suyaklar qo‘l-oyoq skeletining tarkibiga kiradi. Naysimon suyuqlar orasida uzun (elka suyagi, bilak, tirsak suyaklari, son suyagi, boldir suyaklari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafizi) va ikki uchi (epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bo‘ladi. Ularga kallaning qoplovchi suyaklari, kurak va chanoq suyaklari kiradi.

Aralash suyaklar turli shaklga ega bo‘ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi. Suyak qo’shuvchi to‘qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organic va anorganik moddalardan iborat. Suyaklarning yuzasida g‘adir-budir dumboq, qirra, teshiklar, egatlar bo‘ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi. Suyak qo‘shuvchi to‘qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik va anorganik moddalardan iborat. Suyakning organik moddasiga osseyn deyiladi, suyak tarkibining 1F3 qismini organik, 2F3 qismini anorganik modda tashkil etadi. Agarda suyakning bir qismini xlorid yoki nitrat kislotaga solib qo‘yilsa, bir necha vaqtdan so‘ng yumshoq va elastik bo‘lib qolganini ko‘ramiz.

Suyak olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib ketishi tufayli mo‘rt bo‘lib qoladi. Suyakning elastikligi osseyn borligiga qattiqligi esa anorganik moddalarga bog‘liqdir. Suyakda organik va anorganik moddalar borligidan elastik va qattiqdir. Yosh ulg‘ayishi bilan suyakning osseyn va anorganik moddalar miqdori o‘zgarib boradi. Bolalarda organik moddalari ko‘proq. Shuning uchun ularning suyagi elastik bo‘ladi.

Yosh ulg‘aygan sari anorganik moddalar miqdori ortib boradi, shuning uchun ularning suyagi mo‘rt bo‘lib qoladi. Yosh ulg‘ashi bilan suyakda kaltsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbatan o‘zgaradi. Kichik bolalar suyagining tarkibida ko‘proq kaltsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagini tarkibida fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaklarning tuzilishi katta odamlarnikiga o‘xshaydi. Lekin 10-12 yoshda suyakning g‘ovak moddasi intevsiv o‘zgaradi. Bolalarning yoshi qancha kichik bo‘lsa, suyak ustidagi po‘stlog‘i zich qavatga yopishgan bo‘ladi. Bolaning 7 yoshida suyak ustligi zich qavatdan ajralib turadi. 7-10 yoshgacha naysimon suyaklarning ilik qismini o‘sishi sekinlashadi. 11-12 yoshlardan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to‘liq shakllanib bo‘ladi. Suyaklar oraliqli, tog‘ayli to‘qima, suyakli to‘qima, biriktiruvchi to‘qima yordamida birikadi. Biriktiruvchi to‘qima yordamida birikish – bog‘lamlar, pardalar, kalla choklari. Tog‘ayli to‘qima yordamida birikish – umirtqalari va dumg‘aza suyagini hosil qilishga kiradi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə