1-mavzu: kirish. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar fanining o‘rganish obyekti, kategoriyalar mazmuni va mohiyati, maqsad va vazifalari, ahamiyati



Yüklə 231,97 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü231,97 Kb.
#183292
  1   2
1-Mavzu. Kirish docx


1-MAVZU: KIRISH. MUHOFAZA QILINADIGAN TABIIY HUDUDLAR FANINING O‘RGANISH OBYEKTI, KATEGORIYALAR MAZMUNI VA MOHIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI, AHAMIYATI
Reja:

  1. Qo’ riqxonalar haqida tushuncha.

  2. Muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil etishning amaliy ahamiyati.

  3. Maxsus qo’riqlanadigan hududlarning insonlar xayotidagi ahamiyati

  4. O‘zbekistondagi davlat qo‘riqxonalari, milliy parklar, davlat zakazniklaring tashkil etilishi


Tayanch so’zlar: qo’riqxona, ekomarkaz, Qizil kitob, bionazorat, fauna, flora, qo ’riqxona, yodgorlik, buyurtmaxona, milliy parklar

Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, tog va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.


Qo’riqxona nima? Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar-tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u yerda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi.
O'zbekistonda, birinchi Qo’riqxona - 1929 yilda Turkistonning g’arb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirgoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona - yilda Toshkent oblastining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi.
1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qo’riqxonasi deyiladi.
1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan.

  1. yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda).

  2. yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi, 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy, 1978 yilda Fargonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payg’


  3. ambar Qo’riqxonasi qo’shildi. Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy bogkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi. Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham o’z hissangizni qo’shing!

O’zbekistonda so’nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab kolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish-kamyob va yo’q bo’lib ketayotgan turlar muhofazasini kuchaytirishga hamda sonini tiklashga xizmat qiladi. Respublikada tashkil qilingan oltita tog’ (Xisor, kitob, Nurota, Surxon, Chotqol, Zomin) uchta chul-to’qay (Qizilqum, Boday-To’qay, Zarafshon) qo’riqxonalari, ikkita milliy bog’ (Zomin, Ugom-Chotqol), to’qqizta buyurtmaxona (Arnasoy, Dengizko’l, Qoraqir, Qorako’l, Qarnabcho’l, Qo’shrabot, Sayg’oqli, Sarmish, Sudochi) va ikkita tabiiy yodgorliklardan (Vardonze, Yozyovon) iborat ekologik tarmoq hayvonot olamining majmui muhofazasiga va uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda. Nafaqat Respublikamizda, balki butun dunyoda yagona kamyob va reproduktsiya qilish bilan shug’ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi xam alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega.
Respublika qo’riqxonalarida Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug’usi, morxo’r, Qizilqum arxari, Ko’k sug’ur, Turkiston silovsini kabi hayvonlar, yirik yirtqich qushlar va hasharotlar muhofaza ostiga olingan. Kamyob tur va yo’q bo’lib ketayotgan hayvonlarni yarim tutqunlik sharoitida ko’paytirish, ularni saqlab qolish va sonini tiklash-istikbolli yo’nalish hisoblanadi. Bu sohadagi muhim amaliy odimlardan biri - «Kamyob hayvonlar turlarini ko’paytirish respublika markazi» (Buxoro viloyatida) tashkiloti olib borayotgan yo’nalishlardir. Bu yerda Respublika Qizil kitobiga kiritilgan qulon, jayron, yo’rg’a tuvaloq, Prejevalskiy oti kabi turlarni ko’paytirish va qo’riqlash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi huzuridagi Davlat bionazorati bosh boshqarmasi va O’zFA Zoologiya instituti tomonidan yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi qushlarni (itolg’i, yo’rg’a, tuvaloq) sun’iy sharoitda ko’paytirish va tabiatga qo’yib yuborish ishlari olib borilmoqda.
O’zbekistonning birinchi «Qizil kitob» i 1983 yilda nashr qilingan bo’lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi, kiritilgan edi. «Qizil kitob» davriy nashrdir va Nizomga muvofiq har besh yilda yangilanib qayta nashr qilinishi lozim. Ushbu muddat ichida «Qizil kitob» ga kiritilgan turlarning maqomi o’zgarishi, olib borilgan maxsus muhofaza choralari tufayli ba’zi turlarning soni tiklanishi, yashash sharoitining o’zgarishi tufayli kamayishi hamda boshqa ta’sir etuvchi omillar hisobiga qisqarishda davom etishi va hattoki boshqa toifaga o’tish mumkin.
Hozirgi paytda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya institute va O’zbekiston Zoologiya jamiyatining harakatlari bilan yurtimiz faunasining shu kundagi ahvolini va ko’pgina hayvonlar turlarini maqomini baholashga imkon beruvchi juda boy ma’lumotlar to’plangan. Yangi «Qizil kitob» ga sut emizuvchilarning 23 turi, (kenja turlar bilan 24), qushlarning 48 turi (kenja sinflar bilan 51), sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi (kenja turlar bilan 18), xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 14 turi, (kenja turlar bilan 15), va bo’g’imoyoqlilarning 61 turi (kenja turlar bilan 62) kiritiladi.
Shu bilan birgalikda 1983 yilda nashr etilgan ««Qizil kitob» da keltirilgan sut emizuvchilar va qushlarning ba’zi turlari ushbu nashrga kiritilmadi. Ulardan ba’zilarining soni hozirda respublika hududida barqarorlashgan bo’lsa (olakuzan, kum chumchugi), ba’zilari esa tasodifiy muhojir (kichik oqqush, katta shomshapalak, qizil bo’ri) yoki O’zbekiston faunasida mavjudligi yetarlicha asoslanmagan tur (manul, tyonshon tog’ qo’yi) deb hisoblanadi. Bundan tashqari kitobda TMXI Qizil ro’yxatiga (2000) kiritilgan, ammo O’zbekiston Respublikasida yo’q bo’lib ketish xavfi ostida bo’lmagan hayvonlar ro’yxati xam keltirilgan.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  1. davlat qo‘riqxonalari;

  2. majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;

  3. tabiat bog‘lari;

  4. davlat tabiat yodgorliklari;

  5. ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;

  6. muhofaza etiladigan landshaftlar;

Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning tobora keskinlashib borishi, antropogen ta’sirning kuchayishi ta’sirida tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar tabiatni muhofaza qilishni ongli va rejali tashkil etishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish muhim ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Ular bir necha tiplarni o‘z ichiga oladi: qo‘riqxonalar, milliy tabiiy parklar, zakazniklar, tabiiy yodgorliklar, tabiiy yodgorli parklar, tabiatdagi muzeylar, ta’qiqlangan va muhofaza zonalari, rekreasiya hududlari. Ular u yoki boshqa darajada intensiv xo‘jalik faoliyatidan chiqarilgan hududlar bo‘lib, ular turli darajada tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanadi.
O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish, sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona, xalq parklari, zakazniklarning ahamiyati kattadir. Dunyoda muhofaza qilinadigan hududlarning soni 20 mingdan ko‘proqdir. BMTning tavsiyasiga ko‘ra, har bir mamlakatning kamida 10% hududi muhofaza qilinadigan hududlar bo‘lishi kerak.
Tabiat yodgorliklarini kichik maydonni egallaydigan qimmatli tabiat ob’ektlari: sharsharalar, geologik ochilma qatlamlar, noyob va tarixiy qimmatga ega daraxtlar, g‘orlar va boshqa muhofaza qilinadigan ob’ektlar qatoriga kiradi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini barpo etishni loyihalashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish maqsadga muvofiq:

  1. Ular tizimini tabiiy majmualarning asosiy birligi daryo havzalariga keladigan yo‘nalishda barpo etish.

  2. Tabiat muhofazasi tizimini tabiatning xilma-xilligini aks ettiruvchi to‘liq spektrda barpo etish.

  3. Tabiat ekologik yo‘laklarini barpo etish.

  4. Milliy tabiiy parklar maydonini kengaytirish va ularning sonini ko‘paytirish.

  5. Keng maydonni egallaydigan uzoq muddatli zakazniklarni barpo

etish.

  1. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda rekreasiya imkoniyatlaridan foydalanish va rekrasiya rolini oshirish hamda turli rejimda faoliyat ko‘rsatadigan hududiy rekreasiya tizimlarini barpo etish.

  2. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning kadastirini tuzish asosida loyihalashtirishni amalga oshirish.

O‘zbekistonda maxsus qo‘riqxonalarning vujudga kelishi
O‘zbekistonda turli darajada muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20,6 ming km2

Yüklə 231,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə