1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/99
tarix29.11.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#140414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

V.Fedorov
. Biroq, 
bunday tushunishda globallashtirish xо‘jalik hayotining internatsionallashtirish jarayonlari bilan 
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bо‘lib qoladi. 
Bizning fikrimizcha
, jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu xо‘jalik hayotini zamonaviy 
butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xо‘jaligi sifat jihatdan 
yangi, rivojlanishning avval notanish bо‘lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shunday 
tavsiflar sifatida jahon xо‘jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli 
jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan о‘zaro bog‘liqligi, 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bо‘lgan mamlakatlarning jalb etilishi, global 
tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish jarayonlarini keltirish mumkin.
Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifi
ga kо‘ra, jahon xо‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy 


tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, kо‘pincha butunjahon, ishlab 
chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog‘i bilan 
biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotiga aylana boshladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari
jahon xо‘jaligining globallashtirishini “tovarlar, 
xizmatlar va jahon kapital oqimi bо‘yicha xalqaro bitimlarning turi va hajmining ortishi, 
shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha 
mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy о‘zaro bog‘liqligi” sifatida ta’riflaydilar.
XVFning sо‘nggi ma’ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: 
“Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, 
xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. 
Ba’zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli 
kо‘rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi. 
Professor 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə